Korxonaning moliyaviy kapitalini oshirish mexanizmlari


Download 32.43 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi32.43 Kb.
#1485309
1   2   3   4
Bog'liq
2 5379715763969992498

Moliya kapitali - pul kapitali, pul vositalari shaklidagi kapital; sanoat kapitalining bank kapitali bilan oʻzaro qoʻshilib ketishi natijasida yuzaga keladigan kapital. Moliya kapitali iqtisodiy kategoriya sifatida 19-asr oxiri — 20-asrboshlarida ishlab chiqarish va bank sohasida kapitalning yuqori darajada yiriklashishi asosida vujudga keldi. Bunga qadar sanoatchilar va bankirlar bir-biridan mustaqil holda ish koʻrar, banklar sanoatga xizmat kursatar, sanoatchilar sanoat foydasini olsa, banklar bank foydasiga ega boʻlar edi. Banklar qoʻlida kapital yirikla-sha boshlagandan keyin, ular uzlarining boʻsh turgan mablagʻlarini sanoatga faqat qisqa muddatga emas, balki uzok, muddatga qarz berib, korxonalarning faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan boʻldi, hatto ayrim hollarda ularning taqdiri banklarga bogʻliq boʻlib qoldi. Bank mablagʻlari har xil aksiyalar sotib olish va "ishtirok etish tizimi" asosida sanoatga koʻcha boshladi. Natijada yirik banklar ayni bir vaq-tda, sanoat magnatlariga, yirik sanoatchilar esa yirik bank magnatlariga aylandi. AQShdagi eng yirik 2 moliya monopolistik guruh —Morganlar va Rokfellerlar Moliya kapitalining shakllanishiga yaqqol misol boʻla oladi, chunki Morgan dastlab bankir, Rokfeller esa neft sanoatchisi edi. M.g. rivojlangan davlatlar iktisodiyotining barcha sohalari — sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, savdo, sugurta va boshqa mavjud boʻlib, kapitalning turli xil shakllari (tovar, pul, savdo, kredit)ni harakatga keltiradi va yukrri darajada foyda olishga erishadi. Moliya kapitali davlat siyosatida qam mu-him rol oʻynaydi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kapital bu sarmoya, yani o’z egasiga foyda keltirish uchun kiritilgan jami vositalar va mablag’lardir. Kapital bozori esa, bo’sh turgan mablag’larni to’plash va ularni sudda kapitaliga aylantirish, uni ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash munosabatlaridir. Kapitallar bajarish funksiyalariga qarab ikki turga bo’linadi, yani: sanoat kapitali va moliyaviy kapital. Moliyaviy kapital bu pul kapitali, yani pul mablag’lari kapitali hisoblanadi. Moliyaviy kapitalga ta’sischilar tomonidan shakllantirilgan ustav kapitali, sarmoyadorlardan to’lov shaklida jalb qilingan kapital, ochiq yoki yopiq muomilaga kiritilgan aksiyalar vaobligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ustav_kapitali sayti.




  1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Moliya_kapitali sayti.




  1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kapital sayti.




  1. http://el.tfi.uz/mahsulot/kapital-bozori/ sayti.

Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling