Korxonaning operatsion faoliyati tahlili


Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat


Download 0.58 Mb.
bet2/2
Sana25.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1294922
1   2
Bog'liq
Презентация1 Esanov Fazliddin

2. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat.
  • Operatsiya – (lotincha “Operatsion” - so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga yerishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.
  • Faoliyat – maqsadga yerishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.
  • Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.
  • Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.

Xo‘jalik subyektining faoliyat turlari
Asosiy faoliyat
Moliyaviy faoliyat
Investitsion faoliyat
Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati
Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi
Investitsiya faoliyati - uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish
Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.
Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir
Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari
Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil yetilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi.
Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.
  • Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
  • -ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida;
  • -yerkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;
  • -reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;
  • -boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida;
  • -faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;
  • -joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida; 
  • -real yerishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida;

Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok yetadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.
Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga yega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
XULOSA
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling