Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari reja: Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi va uning obyektiv zaruriyati
Korxonalami boshqaruv xususiyatiari va tarkibiy qismi. Boshqaruv subyekti va obyekti
Download 274.74 Kb.
|
KORXONANING TASHKILIY HUQUQIY SHAKLLARI
Korxonalami boshqaruv xususiyatiari va tarkibiy qismi. Boshqaruv subyekti va obyekti .
Ishlab chiqarishning, jumladan, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning alohida elementlari va bo‘g‘in!ari o'rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim o‘rin egallaydi. Bu yerda boshqaruv organi (subyekti) yoki boshqaruvchi shaxs tomonidan boshqariluv organiga nisbatan ta’sir ko‘rsatishning o'zigina kamlik qiladi. Boshqarilayotgan obyektdan boshqaruv obyektiga javob tariqasida teskari aloqa ham bo‘lishi zarur. Agar bunda teskari aloqa bo‘lmasa yoki boshqaruv organi tomonidan qabul qilinmasa, boshqarilayotgan obyekt nazorat ostidan chiqishi hamda boshqarilmaydigan obyektga aylanishi mumkin. Bu vazifa amalda boshqaruvning har bir elementi yoki bo‘g‘ini tomonidan ma’lum bir vazifani bajarishni ko‘zda tutuvchi bir-biriga bo‘ysinuvchanlik tizimi yordamida bajariladi. Ya’ni gap korxona direktori, bosh muhandisi va boshqalardan, to sex boshliqlari va boshqa ishlab chiqarish bo‘linmaIarining boshliqlarigacha - korxonaning boshqaruvchilari yoki maxsus xizmatlariga yuklatiluvchi funksional vazifalar haqida bormoqda. Munosabatlaming bunday ko‘rinishdagi birbiriga bo‘ysinuvchanligi boshqaruv tizimining samarali tarzda faoliyat yuritishi uchun muhim shart hisoblanadi. Shu tariqa, boshqaruv tizimi ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va korxonaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir paytda ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish sur’ati, qabul qilingan yoki amalga oshirilayotgan boshqamv tizimi progressivligining o‘lchovi xizmatini ham o‘taydi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘yilgan maqsadga qisqa muddatda va ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalangan holda yaqinlashish darajasini korxonani boshqarish samaradorligining bevosita mezoni sifatida ko‘rsatish mumkin. Bugungi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimi birinchi o‘rinda korxonaning barqarorligini ta’minlashi, xo'jalik tavakkalchiligini kamaytirishi, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ko‘maklashishi zarur. Shuningdek, u xodimlaming o‘z mehnatlari natijasiga qiziqish darajasi ortishiga, ishlab chiqarish bilan bog‘Iiq boMmagan xarajatlar va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslikka hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim Korxona yopiq tizim bo‘Imaganligi sababli, boshqaruv tizimiga korxonada yuzaga keluvchi ichki muhitdan tashqari, tashqi muhit, awalo, aholining turmush tarzi, jamiyat qurilmasi, davlat siyosati va hokazolar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq har qanday holda ham boshqaruv tizimi, xo‘jalik hayotining zamonaviy talablari va korxonaning raqobatchilik muhitidagi barqarorligiga javob berishi lozim. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin korxona iqtisodiyotini boshqarishni tubdan o‘zgartirish asosiy muammolardan biriga aylandi. Hozirgi sharoitda respublika korxonalari va tashkilotlarida boshqaruv rolining oshib borishi quyidagi omillar bilan belgilanadi: - bozor iqtisodiyotining barpo qilinishi va u bilan bogMiq boMgan turli mulk shakllarining vujudga keiishi (davlat, xususiy, aksioner jamiyatlar, qo‘shma korxonalar, mahalla va hokazolar); - xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini vujudga keiishi (aksioner jamiyatlar, konsem, konsortsium, xususiy korxonalar va hokazo); - iqtisodiyotimiz hajmining o‘sishi, undagi sifatli o‘zga-rishlar, sanoatimiz ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulotlami ishlab chiqarishi, fan-texnika yutuqlarini amaliyotda qoMlashning keng avj olishi; - xo‘jalik yuritishni noiqtisodiy yo‘nalishlari rolining oshib borishi (ijtimoiy me’yorlar, iste’mol mezonlari, atrof-muhit muammolari va hokazo); - bilim hajmining oshishi va ularni tuzilishining o‘zgarishi, yangi fan sohalarining paydo boMishi va bu bilan bogMiq boMgan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini kuchaytirilishi; - mustaqillik natijasida ulkan darajada odamlami mehnat faoliyatlari doirasini kengaytirilishi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarini xilma-xilligini ko‘paytirishi; - bozor sharoitida boshqaruv tizimining o‘zidagi o‘zgarishlar, hamma sohalarda demokratik tamoyillaming kirib keiishi. Ma’lumki, yuqorida qayd qilingan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ixtiyoriy ravishda, o‘z-o‘zicha kechmaydi. Ulami tartibga solish, muvofiqlashtirish, yo‘naltirish uchun boshqaruv zamriyati tugMladi. 0 ‘z-o‘zidan ma’lumki iqtisodiyotni boshqaruv, jumladan korxonalarni boshqarish tushunchalari kundalik hayotda bizga tanish hodisa va voqealardir. Kundalik hayotimizda insonlar uni ko'radi, his qiladi. Ba’zi bir jarayonlar insonlaming xohishiga bogMiq boMmagan holda harakat qiladi. Ayniqsa, bu hoi tabiatda ko‘proq sodir boMib 110 turadi. Ushbu jarayonlar fizik va biologik qonunlar asosida amal qiladi. Shu bilan birga tabiat va jamiyatda inson ta’siri natijasida uning harakatini bir maqsadga qarab yo‘naltirish mumkin bo‘lgan jarayonlar kechadi. Masalan, odamlar daryo oqimini o‘zgartiradi, bulutlami tarqatadi, ishlab chiqarishni tashkil qiladi, yangi obyektlar barpo qiladi, o‘zi xohlagan tomonga qarab transport vositalari harakatini yo‘naltiradi, mehnat jamoalarini ishga unday di, mablag4 lami taqsimlaydi, insonlaming ma’naviy hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Bunday holatlarda insonlarning voqealar jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi. Boshqaruv tushunchasi aynan ana shu ma’nolardan kelib chiqadi. Shunday qilib boshqaruv biron bir maqsadga samarali erishish uchun insonlar harakatini tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iborat. Shuni qayd qilish joizki, insonni har qanday obyektga ta’sir ko‘rsatishi boshqarish bo‘lavermaydi. Boshqarish fanini avtomobilini boshqarish emas, balki uni boshqarayotgan inson qiziqtiradi. Shuning uchun ham xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa, Angliya va AQSHda avtomobilni boshqarishni menejment deb atasangiz, tushunmovchilik bo‘ladi. Chunki menejment tushunchasi bevosita xo‘jalik obyektlarini boshqaruv tushunchasi bilan hamoliangdir. Shunday qilib, boshqaruvni alohida bir faoliyatning turiga aylanishi iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu bosqich mehnat taqsimoti va uning ixtisoslashishi, ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarining murakkablashishi bilan xarakterlanadi. Xuddi shu vaziyatda ulami tartibga solish va muvofiqlashtirish zaruriyati ko‘ndalang bo‘lib turadi. Bunday sharoitda ulami boshqarib turadigan rahbar xodimlarga talab paydo bo‘ldi Download 274.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling