Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari reja: Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi va uning obyektiv zaruriyati
Download 274.74 Kb.
|
KORXONANING TASHKILIY HUQUQIY SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv faoliyati
Boshqaruv tizimi deganda nimani tushunish lozim? Agar Jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko‘plab kichik tizimlami - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolami ko‘rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtayi nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) 105 bo'linmasi, bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog‘Iiq bo‘lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi
Amaliyotda shu narsa isbot qilinganki, boshqaruvning juda ham yirik tashkiliy strukturasi bozor iqtisodiyotida maqsadga muvoflq bo‘lmaydi. U kutilgan natijalami bermaslikdan tashqari, boshqaruv qarorlarini bajarishda muammolarning yuzaga kelishiga, boshqaruvning yakuniy maqsadini oraliq vazifalar bilan almashib ketish xavfi kuchayishiga olib keladi. Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko‘rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Boshqaruv amallari ishlab chiqarish jarayenining yakunlanishi uchun moddiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. Aytish mumkinki, boshqaruv amallari boshqaruv faoliyati va natijalari o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo ‘ lib xizmat qiladi. Faoliyatning ushbu turi ahamiyati, aynan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida korxonaning joriy va istiqboldagi siyosati shakllanishida namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan kadrlami to‘g‘ri tanlash va joylashtirish, ularning malakasi, o‘zlariga yuklatilgan vazifalami to‘g‘ri tushunishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, hozirgi boshqaruvchilar uchun yaxshi muhandis, texnolog, konstruktor bo‘lishning o‘zigina kamlik qilib, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, biznes-strategiya, marketing, xo‘jalik huquqi va shu kabilami bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat ushbu bilimlar majmuasiga va boy mehnat tajribasiga ega bo‘lgan taqdirdagina boshqaruvchilar bozor iqtisodiyoti vazifalarini muvaffaqiyatli ravishda bajarishlari mumkin. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, boshqaruv faoliyati boshqaruv apparati (organi) tushunchasiga qaraganda keng talqin qilinadi. Boshqaruv faoliyati tarkibiga jamoatchilik tashkilotlaridagi faoliyat, ish joylarida ijodiy tashabbuskorlikning yuzaga keiishi hamda ishlab chiqarishda band boMgan xodimlaming taklif va maslahatlarini ham kiritish mumkin. Bu esa boshqaruv faoliyatini, bevosita boshqaruv (korxona boshqaruv apparatining faoliyati) va o‘zini-o‘zi boshqarish (boshqaruv faoliyatining jamoatchilik shakli) turlariga ajratilgan holda tasniflash imkonini yaratadi. Faoliyatning ikkala turi ham amalda birgalikda yuritilib, ularning o‘zaro aloqalari ishlab chiqarishni boshqarishning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 274.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling