Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari reja: Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi va uning obyektiv zaruriyati


Zamonaviy fan va menejment amaliyoti korxonalami boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi


Download 274.74 Kb.
bet6/8
Sana28.01.2023
Hajmi274.74 Kb.
#1135121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KORXONANING TASHKILIY HUQUQIY SHAKLLARI

Zamonaviy fan va menejment amaliyoti korxonalami boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:
1) ilmiylik;
2) tizimlilik va komplekslik;
3) yakka boshqaruv va kollegiallik;
4) tartib va adolat;
5) xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
6) tejamkorlik va samaradorlik;
7) tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat;
8) vakolat va majburiyat.
Boshqaruvning ilmiylik tamoyili o‘zaklaming o‘zagidir. Amalda bu tamoyil, awalo jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari va fantexnika yutuqlaridan xabardor bo‘Iishni talab qiladi. Uning yordami bilan ishlab chiqarish va boshqaruvning zaruriy mutanosibligi ta’minlanadi, boshqaruv qarorlaridagi xatolar kamaytiriladi, og'irlik markazi eng katta sifat va miqdor yutuqlariga erishishga o‘tkaziladi. Ilmiylik tamoyili ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda iqtisodiymatematik usullardan keng foydalanish, boshqaruvning maqsadlidasturiy usullarini amalga kiritish, zamonaviy elektron hisoblash texnikasi va boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Tizimlilik va komplekslilik tamoyili ilmiylik tamoyilining davomi bo‘lish bilan birga, o‘zining mustaqil ahamiyatiga ham ega. U boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal yo‘nalishlari bo‘yicha barcha xususiyatlarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Tizimlilik va komplekslilik tamoyili boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo‘yiladi. U ishlab chiqarishning bir maromda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratadi.
Korxonani boshqarish apparati. Korxonani boshqarishda rahbarning xususiyatlari, o‘rni va roli.
Korxona taraqqiyotning hamma bosqichlarida iqtisodiyotning asosiy va birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Albatta, konkret korxonani boshqarish fanlarining tuzilmasi, uni bajarish shakli va uslublari, uning masshtabi va ixtisosligiga bog‘liq boMadi. Umumiy qilib aytganda, iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar bir-birovi bilan o‘xshashligi va farqlari mavjud. 0 ‘xshashligi shundaki, har qanday korxona mahsulot, tovar, xizmatlar ishlab chiqaradi, ma’lum faoliyatni amalga oshiradi. Aynan ana shunda uning bosh maqsadi va vazifasi o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham ulami shakl va turlaridan qat’i nazar, korxonalami boshqarish asosida texnologik jarayonlami boshqarish yotadi.
Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korxonalar mamlakatimiz va chet el ta’minlovchilar bilan ko‘plab aloqalarni amalga oshiradilar. Ushbu aloqalar xomashyo bilan ta’minlovchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladi. Ana shu o‘zaro aloqalarni saqlab turish va muvofiqlashtirish korxona boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Вiron bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalar ishlab chiqarishning turli omillaridan foydalanadi. Bularga ishchi kuchi, jihozlar, xomashyo, materiallar, axborot, pul mablagiari kiradi.

Download 274.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling