Korxona,tashkilot,muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, tarkibi va tashkil topish tarixi


Download 0.66 Mb.
bet6/27
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1632684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Dilshoda amaliyot (3)

Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining „Xususiy korxona to’g’risida"gi Qonuniga ko’ra: „Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona" deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-xuquqiy shakli xisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha bo’lishi mumkin

Xususiy korxona mulkdori korxonani raxbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
— nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
—xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
— reja va xisobotlarni tayyorlash xamda tasdiqlash;
— xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;
— xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
— xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga xissa tariqasida kiritish va xokazolar).


2.Korxona mulk shakllari,boshqaruv usuli va korxonalar to’g’risidagi qonunchilikning rivojlanishi va hozirgi holati

Korxona va toshkilotlarning qonun hujjatlari va boshqa xo’jalik huquqi normalarida ko’zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo’lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog’liq bo’lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko’rinishlari xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.


Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo’lib, ular o’zlariga biriktirib qo’yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko’ra ham tasniflanadi.
Xo’jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo’lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o’zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko’maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko’rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo’ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o’z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo’jalik o’rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo’lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik (kommandit o’rtoqligi) ko’rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo’ladi.
Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
SHuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko’rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o’zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YA’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo’lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan:

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling