Kosonsoy xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablar o‘rtasida o‘tkazilinadigan “Kitob va teatr” nomli ko‘rik- tanlovi nizomi


-bosqich – hududiy bosqich(8 hudud bo‘yicha) 2023-yil 10-mayigacha


Download 22.36 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi22.36 Kb.
#1384255
1   2   3
Bog'liq
kitob va teatr yangi tanlov

1-bosqich – hududiy bosqich(8 hudud bo‘yicha) 2023-yil 10-mayigacha
2-bosqich- tuman bosqichi 2023-yil 20-may.
3.2. Tanlovda barcha Kosonsoy shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtrok etishi mumkin.
3.3. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish vazifasi mas’ul tashkilotlarning vakillaridan iborat tashkiliy qo‘mita zimmasiga yuklatiladi.
3.4.Таnlovda ishtrokchilar o‘zlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasi joylashgan hududdan ishtrok etadi.
3.5. Tanlovning adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilinishi va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni kashf etilishi uchun tanlov shartlariga muvofiq keluvchi va sohani yaxshi tushunadigan vakillardan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanishi nazorat qilinadi.
1-bosqich hudud bosqichi
Hudud bosqichi 2 shart asosida bo‘lib o‘tadi. Har bir maktabdan hududiy bosqich 6-10 ta o‘quvchi ishtrok etishi mumkin.
1-shart. “Kitobxon o‘quvchi”
“Kitobxon o‘quvchi” nomli bu shartda hududlar kesimida taqsimlangan o‘zbek va jahon adabiyoti yoki xalq og‘zaki ijodiga doir badiiy kitob bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi va xotirasini tekshirish, kitobxonlik ma’naviyatini baholash uchun berilgan badiiy kitob yuzasidan tayyorlangan 5 savolga javob berishadi. Har bir savol 20 baldan baholanib, jami 100 balni tashkil qiladi. O’ylash uchun 1 daqiqa va javob berish uchun 2daqiqa ajratilinadi.
2-shart. “Kitob va teatr”
“Kitob va teatr” nomli bu shart kitob voqeasi bayoniga mos tarzda sahnalashtirilgan kichik spektakl orqali o‘quvchilarning badiiyat olamidagi tasavvurlarini oshirish va ularning kitob qahramonlari holatini teranroq tushunishi, anglashi va uni ko‘rsatib berish qobiliyatini rivojlantirishni maqsadini ko‘zda tutadi. Maktablar kesimida taqsimlangan o‘zbek va jahon adabiyoti yoki xalq og‘zaki ijodiga doir badiiy kitob bo‘yicha o‘quvchilarning iqtidori, sahna nutqi va aktyorlik qobiliyati namoyon qilinadi. Sahna asarining vaqti 7 daqiqani tashkil qiladi.
Hakamlar tomonidan shart mezonlariga asosan 100 ballik baholash tartibi orqali baholaniladi.
Shartlar yakuniga ko‘ra hudud kesimida eng yuqori ball to‘plagan jamoa tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling