2-bosqich tuman (shahar) bosqichi
Bu bosqichda hududlar kesimida g‘olib bo‘lgan 8 maktab ishtrok etadi.
Bu bosqich 3 shart asosida baholanib, g‘olib maktab aniqlanadi.
1-shart. “Kitobxon o‘quvchi”
Bu shartda hudud bosqichida g‘olib maktablariga berilgan jahon va o‘zbek adabiyotiga doir 2 kitob yuzasidan savollar beriladi. Maxsus konvertda tayyorlangan savollar 10 tani tashlik etadi. Har bir savolga 10 baldan beriladi. Jami ball 100 baldan iborat. O‘ylash uchun 2daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.
2-shart. “Ajdodlarga ehtriom”
Berilgan bu shartda baholash mezonlariga asosan buyuk mutaffakkir allomalarimiz tarixini bilish va ular haqida ma’lumot berish orqali ajdodlarimizga chuqur ehtiromni ko‘rsatishdan iborat.
Maxsus konvertda berilgan alloma haqida va uning ijodi, hayoti borasida o‘quvchilar bilimi 100 ballik tizimda baholanadi. O‘quvchiga o‘ylash uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.
3-shart. “Kitob va teatr”
Hudud kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktablarga berilgan badiiy hikoyalar yuzasidan o‘quvchilar tomonidan 7 daqiqadan iborat sahnalashtirilgan hikoya spektakli namoyish etiladi. Jami ball 100 balni tashkil qiladi.
Eng yuqori ball olgan maktab o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.
V. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
Hudud kesimida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilari tuman bosqichiga yo‘llanma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
Tuman (shahar) boqichida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilari diplom, esdalik sovg‘alari va ularning rasmlari “Iqtidorli kitobxon maktab” nomi ostida RMMM Kosonsoy tuman bo‘linmasi va Kosonsoy XTB kirish qismiga joylashtiriladi.
Ishtrokchilarning iqtidori va qobiliyatini inobatga olgan holda 3 nominatsiya bo‘yicha o‘quvchilar orasidan ham g‘oliblar aniqlanib, statuetka va diplom bilan taqdirlanadi.
Barcha g‘olib o‘quvchilar haqida “Kosonsoy.uz” rasmiy kanalida ma’lumot beriladi va iqtidorli yoshlar sifatida ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |