Kosonsoy xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablar o‘rtasida o‘tkazilinadigan “Kitob va teatr” nomli ko‘rik- tanlovi nizomi


Download 22.36 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi22.36 Kb.
#1384255
  1   2   3
Bog'liq
kitob va teatr yangi tanlov


Kosonsoy xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablar o‘rtasida o‘tkazilinadigan “Kitob va teatr” nomli ko‘rik- tanlovi
NIZOMI
I.Umumiy qoidalar
1.1.Mazkur nizom Kosonsoy xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni rivojlantirish va o‘quvchilarning ma’naviy kamol topishida “Kitob va teatr” nomli tuman miqyosidagi tanlovning o‘tkazish tartibini belgilaydi
1.2. Tanlovda Kosonsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etadi.
1.3. Tanlovni nizom asosida o‘tkazish uchun Respublika ma;naviyat va ma’rifat markazi Kosonsoy tuman bo‘linmasi, Kosonsoy Xalq ta’limi bo‘linmasi mas’ul tashkilotlar sifatida belgilanadi.

  1. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5040-son qarorini ijrosini ta’minlash hamda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;
- maktab tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
- san’at yo‘nalishlari va kitobxonlik namunali yo‘lga qo‘yilgan umumta’lim maktablarining sa’y- harkatlarini va mehnatini munosib rag‘batlantirishdan iborat.
2.2. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazfilar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
-umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilarining kitobga qiziqishi, tasavvur olamining boyligi, ijodiy qobiliyatini sahnada namoyon etishiga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
-o‘quvchi-yoshlar ongida Vatanga sadoqat, ajdodlarga hurmat, milliy qadriyatlarga muhabbat kabi tuyg‘ularni singdirish kabi ma’naviy islohotlarni rivojlantirish.


  1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari

3.1. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi.

Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling