Davlat uchun - Buxgalteriya hisobining “kulrang” sxemalarini yuritishda davlat byudjetiga soliq to‘lovlarining kamayishi.
Internet to'lov tizimi - Internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotib olish/sotish jarayonida moliyaviy tashkilotlar, tadbirkorlik tashkilotlari va Internet foydalanuvchilari o'rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi. Bu buyurtmani qayta ishlash xizmatini yoki elektron vitrinani barcha standart atributlarga ega to'laqonli do'konga aylantirish imkonini beruvchi to'lov tizimi: xaridor sotuvchining veb-saytidagi mahsulot yoki xizmatni tanlab uydan chiqmasdan kompyuterda to'lovni amalga oshirishi mumkin. INTERNET TO'LOV TIZIMLARI Elektron tijorat tizimida to'lovlar bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi: Konfidensialikga(maxfiylik) rioya qilish. Internet orqali to'lovlarni amalga oshirayotganda, xaridor o'z ma'lumotlarini (masalan, kredit karta raqami) faqat qonuniy huquqqa ega bo'lgan tashkilotlarga ma'lum bo'lishini xohlaydi. Axborotning yaxlitligini saqlash. Xarid ma'lumotlarihech kim o'zgartira olmaydi. INTERNET TO'LOV TIZIMLARI Autentifikatsiya. Kelishuvda ishtirok etayotgan xaridorlar va sotuvchilar, barcha tomonlar o'zini kim deb tanitayotgan bo'lsa, aynan o'sha tomon ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak. To'lov vositalari. Xaridor uchun mavjud bo'lgan har qanday to'lov usuli bilan to'lash imkoniyati. Avtorizatsiya. Tranzaksiya soʻrovi toʻlov tizimi tomonidan maʼqullangan yoki rad etilgan jarayon. Ushbu protsedura xaridordan mablag'lar mavjudligini aniqlash imkonini beradi. INTERNET TO'LOV TIZIMLARI Sotuvchi xavf-xatar kafolatlari. Internetda savdo qilishda sotuvchi tovarlarni rad etilishi va xaridorning insofsizligi bilan bog'liq ko'plab xavf-xatarlarga duchor bo'ladi. Xatarlarning kattaligi to'lov tizimining provayderi va savdo zanjirlariga kiritilgan boshqa tashkilotlar bilan maxsus kelishuvlar orqali kelishilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |