Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish
Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari
Download 159.32 Kb.
|
ilmiy ish oxirgi
3.2. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari
2021-2022 yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 56-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida, 48-son umumta’lim maktabidada pedagogik tajriba-sinov ishlari tashkil etildi va o‘tkazildi. Mazkur ishlarda asosiy e’tibor kouching asosida fanlarning o‘qitilishiga, pedagoglar tomonidan zamonaviy innovasion texnologiyalar asosida darslikdan foydalanish ishlarining amaliy holatiga, ta’lim jarayonining sifat va samaralariga, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini belgilovchi omillarga qaratildi. Ilmiy tadqiqot ishlarida xususiy (yordamchi) metodlarning ham ahamiyati kattadir. Savolnoma o‘tkazish boshqa metodlarga qo‘shimcha qilib qo‘llanilishi sababli, u yordamchi metod deyiladi. Savolnoma chet til o‘qitish metodikasiga sosiologiyadan o‘tgan. Tadqiqotchi kerakli savollarni yozma ravishda savolnomaga kiritib, olingan javoblarni umumlashtirish yo‘li bilan oldiga qo‘yilgan vazifani bajaradi. Savolnoma o‘tkazishning muhim shartlaridan biri savollarga javob qaytaruvchilarning ko‘p sonli bo‘lishidir. Keyingi yillarda chet til o‘qitishda testlar o‘tkazish ommaviy tus oldi. Qisqa davr mobaynida o‘quvchilar nutq ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishda test qulay bo‘lganligidan uning tez va keng tarqalish sababini payqab olish mumkin. Testlar eksperiment oldidan va undan keyin o‘tkazilishi amaliyotda sinab ko‘rilgan. Tajriba-sinovdagi ilmiy farazning tasdiqlanish-tasdiqlanmasligigida testning axamiyati behad kattadir. Test texnika vositalari bilan yoki bosma materialni oddiy qo‘llash bilan o‘tkaziladi. Navbatdagi tahliltalab yordamchi tadqiqot metodlaridan yana biri – xronometrajdir. Til o‘rganishga yoki ayrim nutq birliklarini o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt o‘lchami xronometraj sanaladi. Xronometraj tadqiqot dasturiga binoan turli usul bilan o‘tkaziladi. Mas., magnitofon tasmasiga yozish, tinglash va kuzatish chet til o‘rganishda qo‘llaniladigan tadbirlardir. Asoslovchi tajriba ishini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kouching asosidaga o‘rgatish jarayonida mavjud uslubiy ishlarining holatini umumiy ravishda tahlil qilish, o‘qituvchilar, pedagoglar, uslubchilar tomonidan yangi darsliklar takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlarning samarasini o‘rganish, bu boradagi qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash edi. Ushbu jarayonda quyidagi ishlarda o‘z yechimini topdi: – tajriba maydonlarida tajriba ishini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan o‘qituvchilar aniqlandi va o‘qituvchilarga zimmalariga yuklanayotgan vazifalar xususida tushunchalar berildi; – asoslovchi tajribani o‘tkazishda muhim rol o‘ynovchi ishtirokchilar soni aniqlab olindi, ular tajriba va nazorat guruhlariga biriktirildi; – dastlabki tajriba ishining mohiyatini ochib berishga yordam beruvchi omil sifatida muallif tomonidan maxsus so‘rovnoma (pedagogik yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni olib borishda foydalanib kelinayotgan ommaviy so‘rovnoma)lar ishlab chiqildi va bunda, kouching asosidani o‘rgatishning pedagogik xususiyatlarini, shuningdek, milliy maktablar uchun kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish masalalarining uslubiy muammolarini tahlil etuvchi topshiriqlar tizimidan foydalanildi; – ta’lim muassasasining kouching asosida fani o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, kouching asosida o‘rgatuvchi NTMlar, o‘quv markazlari bilan o‘zaro hamkorlikning ta’lim samaradorligiga ta’sir etish imkoniyatlari aniqlandi. Ishtirokchilar o‘rtasida bir necha turdagi anketa, so‘rovlar tarqatilib, suhbatlar tashkil etildi. Dastlab ommaviy ravishda qo‘llanib kelinayotgan so‘rovnoma mazmuni va uni o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazish natijalari xususida so‘z yuritaylik: 1. Sizni kouching asosida fanining qaysi jihatlari ko‘proq qiziqtiradi ? 2. Darsdan tashqari vaqtlarda kouching asosida fanini o‘rgatishda qaysi usullar (zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalarni sanash ham mumkin)dan foydalangan ma’qul ? 3. Sizningcha, dars o‘tuvchi pedagog kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining aynan qaysilaridan (maktabgacha yoshdagilar, maktab, maktabdan tashqari ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim jarayoni uchun) foydalanishi muhim deb o‘ylaysiz ? 4. O‘qituvchi sifatida kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini doimo tahlil qilish zamonaviy ta’lim uchun zarurmi, agar zarur bo‘lsa, qaysi omillarni sanagan bo‘lar edingiz ? 5. Fan o‘qituvchisi sifatida sizning fikringiz – kouching asosidani ta’lim muassasalarida o‘rganishga ajratilgan o‘quv soatlari yetarlimi yoki ularni ko‘paytirish zarur deb hisoblaysizmi ? 6. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishda, avvalambor, qanday pedagogik yoki uslubiy masalalarga birinchi navbatda e’tibor qilish zarur deb hisoblaysiz ? Shu bilan bir qatorda, kuzatishlar jarayonida mashg‘ulotlarda bir xil uslubni doimiy ravishda qo‘llayverish pedagogik-psixologik nuqtai nazardan o‘zini oqlamasligi ham namoyon bo‘ldi. Buning uchun, avvalo, kouching asosida ta’lim berish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan shaxsiy qiziqishlarini pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish darajalari tahlil qilindi. O‘quvchilarning o‘z faoliyatlari davomida til o‘zlashtirish va undan foydalanishga bo‘lgan munosabatlari, chet tilni o‘rganish jarayoniga bergan baholari o‘rganildi. Tajriba jarayonida “Kouchingni o‘rganishda darsliklarning roli”, “Til madaniyati va an’analar” va “Kouching asosidaning jahon sivilizasiyasidagi o‘rni” kabi mavzularda o‘qituvchilar ishtirokida (yordamida) o‘quvchilar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-son IDUM muassasasi o‘quvchilarida kouching asosida o‘rganish va o‘zlashtirish samaralarini aniqlash maqsadida respondentlarga quyidagi savollar tarqatildi va javoblar olindi:
Download 159.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling