Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish
Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning metodik va texnologik asoslari
Download 159.32 Kb.
|
ilmiy ish oxirgi
2.2. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning metodik va texnologik asoslari
Maktablarda taʼlim mazmunini modernizatsiyalashda, mavzu jihatidan qisman yangilashda va tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishda xalq taʼlimi tizimida keyingi vaqtlarda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2022 – 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dastur (keyingi o’rinlarda – Rivojlantirish dasturi) 1 – ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Mazkur dasturda maktab ta’limiga ilg’or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o’quv dasturini to’laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish; o’qituvchining yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish; o’quchining bo’sh vaqtlarini mazmuunli tashkil etish, ularni kasblarga yo’naltirish tizimini takomillashtirish; Davlat umumiy o’rta taʼlim muassasalariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda o’qv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan, davlat ta’lim standartlari doirasida o’quv dasturlariga o’zgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga ruxsat etildi. Dasturdagi tashkiliy-meʼyoriy masalalar uzviylashgan davlat taʼlim standartlari asosida o‘quv rejasidagi fanlar (yo‘nalishlar)ni integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalarini optimallashtirish vazifasi yuklatildi. Ushbu vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi “Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish loyiha”sini amalga oshirish guruhi aʼzolari tomonidan umumtaʼlim maktablarining integratsiyalashgan o‘quv reja, dastur va davlat taʼlim standartlari ishlab chiqildi. Darslik takomillashtirishga doir talab va mezonlar ishlab chiqildi. Ko‘p maktablarda o‘quv-tarbiya ishining turli-tuman uslublari qo‘llanila boshlandi. O‘quvchilarning bilimlarni egallashga faolligi va qiziqishi oshdi, jamoa va guruh bo‘lib, yakka tartibda darslarni tayyorlash shakllari borgan sari ko‘payib, takomillashib boryapti. O‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari keng o‘rin ola boshladi. Kouching asosida so‘z boyligini o‘zida mujassamlagan lug‘atlar, jumladan, imlo lug‘ati, izohli lug‘at, so‘zlarning turli maʼno munosabatlarini aks ettirgan lingvistik lug‘atlar bilan darslarda, shuningdek, uy vazifalarini bajarish jarayonida keng foydalanishni taqozo qiluvchi topshiriqlar berishga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu orqali o‘quvchining nutqiy savodxonligini yaxshilash, tafakkuri va dunyoqarashini o‘stirish, ijodiy fikrlash va izlanishga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarining til bilish bilan bog‘liq bilimlarini, qolaversa, so‘z boyligini oshirishda o‘qituvchi tomonidan yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish quyidagi natijalarga erishishni taʼminlaydi: – o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishlari, dunyoqarashlarini boyitish va maʼnaviy-axloqiy sifatlarini yanada rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lishlariga erishiladi; – o‘quvchilarda o‘zga xalqlar tili va madaniyatiga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi, hayotlari va faoliyatlari uchun qadrli bo‘lgan ijtimoiy subʼektlar yoki moddiy narsalarni yoqtirish, eʼzozlash va ularni ko‘paytirish istagi uyg‘onadi. Shu bilan birga, o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida ko‘rgazmali, tarqatma, texnik va kompyuter vositalaridan o‘z o‘rnida, unumli foydalana olishi, turli xil mavzularning mazmunini to‘g‘ri tushuntira bilishi kerak. Kouching asosidadagi ko‘makchili birikmalarni o‘rgatish mazmunini belgilashda va o‘rgatish metodi hamda usullarini tanlashda quyidagi uslubiy yondashuvlarni hisobga olish zarur: – taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda kouching asosida darslarida ko‘makchili birikmalarni o‘rganishning tahlil va xulosalari; – o‘zbek tilidagi ko‘makchili birikmalarning kouching asosidada ifodalanishi, bundagi mos kelish va farqlanish holatlari, kouching asosidada ifodalanishiga ko‘ra o‘rganishni osonlashtiradigan usullar, shuningdek, anglash va nutqda qo‘llashni qiyinlashtiradigan ifodalanish xususiyatlari haqidagi xulosalar; – boshlang’ich sinflar kouching asosida darslarida ko‘makchili birikmalarni o‘rganishning ilmiy asoslangan, umumdidaktik va xususiy metodik tamoyillari hisobga olingan uslubiy mazmun; – kouching asosida leksik-grammatik asoslarida foydalaniladigan samarali usul va uslublar, tegishli namunadagi test va mashqlar to‘plami. Mazkur ishlar o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra, kouching asosida taʼlim berishning didaktik asoslariga yaqin bo‘lgan pedagogik xususiyatlarni o‘rganishda taʼlimning izchillik jarayonlarini taʼminlovchi muhim jihat sifatida maʼlum ahamiyatga egadir. O‘qituvchi kouching asosida darslarida o‘tmish olimlarining boy pedagogik merosidan uslubiy manba sifatida foydalanishi lozim. Shuningdek, ular asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar va seminarlar o‘tkazish ham mumkin. Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida dars taʼlimning asosiy shakli hisoblanib, har bir darsda o‘quvchilarga tayyor axborotlar beriladi va ular zarur nazariy bilimlar tizimi bilan qurollantiriladi, shu bilan birgalikda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishi ham orttiriladi. Biroq o‘qituvchining bilimlari qanchalik keng va chuqur, pedagogik mahorati qanchalik yuksak bo‘lmasin, u qaysi texnik axborot va kommunikativ vositalardan foydalanmasin, o‘quvchi bilan baʼzida yakka tartibda shug‘ullanish uchun imkon yaratmas ekan, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni muvafaqqiyatli hal eta olmaydi. O‘quvchilarda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishga o‘quv-tarbiyaviy jarayondan tashqari ishlar ham katta sharoit yaratadi. Masalan, bunday ishlarning ommaviy turlaridan quyidagilari yurtimizdagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida keng qo‘llanilmoqda: – o‘quvchilar kuchi bilan kompyuterlarda zamonaviy media-filmlar namoyish qilish; kitobxonlar konferensiyalari o‘tkazish; kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etish; muassasaning xususiy nashrlari yoki devoriy gazetalar chiqarish; – muassasada fan oyliklarini tashkil etish; – ijodiy kechalar, tanlovlar, bilimlar sinovi va fan olimpiadalari o‘tkazish. O‘quvchilarda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishning yana bir tomoni o‘qituvchining o‘z ishiga bo‘lgan masʼuliyatida namoyon bo‘ladi. Masʼuliyat tushunchasi muallimning faoliyati va taʼlim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi zimmasiga o‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun birinchi navbatda taʼlim samaradorligini oshirish masʼuliyati yuklanganligi hech kimga sir emas. Muallim o‘quvchiga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, muloqotga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, u o‘quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni rivojlantirishi, undagi ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o‘stirishi darkor. O‘qituvchi yoki pedagog yoshlarga tillarni o‘rganishda yordam qilar ekan, avvalambor so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlardan uslubiy jarayonda to‘g‘ri foydalana olishi darkor. Bunda, til o‘rganish uslublarini yevropaliklarga xos talqin qilishning tipologik xususiyatlariga binoan, ularni bir nechta shartli guruhga ajratish mumkin. Til o‘zlashtirish darajasi qiyin yoshlar birinchi guruhni tashkil etadi. Mazkur guruh asosan shaxsiy sifatlari bo‘sh, asosan xotiralari yaxshi rivojlanmaganlardan tarkib topadi. Ko‘pincha, ular o‘quv maskanidagi kamchiliklarni tanqid qiladilar. Yutuqlarni eʼtirof etishni xohlamaydilar. Shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga maʼqullashni va o‘z talablarini o‘zgalar so‘zsiz bajarishini juda yoqtiradilar. Ikkinchi guruh o‘quvchilari til o‘zlashtirishga qiziqadilar. Ularning xatti-harakatlari tasodifiy voqelikka, taʼsir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog‘liqdir. Ular yangilikka tez beriladilar. Uchinchi guruhga tillarni oson o‘zlashtiradigan o‘quvchilar kiradi. Ular shaxsiy talablari va ehtiyojlarini qondirish uchun xatti-harakatdan qaytmaydilar, hamisha yangilikka intiladilar. Eng muhimi, til o‘rganish jarayonidagi xatolarini tezda anglab, shaxsan tuzatish payida bo‘ladilar. To‘rtinchi guruhga til o‘zlashtirishi yengil, ortiqcha qiyinchiliklarsiz kechadigan o‘quvchilardan tarkib topadi. Tillarni o‘zlashtirishga ular miyasining psixik jihatdan rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ular nafaqat til, balki ko‘p sohada yutuqlarga erishadilar. Mazkur guruhlarga kiritilgan o‘quvchilarning psixik holatini tahlil qilish va undan kouching asosida taʼlim berish jarayonida foydalanish o‘qituvchiga yangi usullarni ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin. Tadqiqot jarayonida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-maktabda o‘tkazilgan dars jarayonida o‘quvchilarga taklif etilgan inglizcha qo‘shiq matnini 51 o‘quvchidan 29 nafari (57%) tushungan. 17 nafar (33%) o‘quvchi qisman anglagan, 5 nafar (10%) o‘quvchi esa umuman tushunmagan. Shu bilan bir qatorda, 2-mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning mazkur tarkibiga (51 nafar) qo‘shiq matnidan tushirib qoldirilgan so‘zlarni eslab yodga olish taklif qilinganda, 23 nafari (45%) eslay olgan, 18 nafari (35%) qisman eslay olgan, 10 nafari (20%) umuman eslay olmaganlar. Mazkur jarayonda takrorlash mashqlari o‘tkazilib bo‘lgach, 12 nafar (23,5%) o‘quvchi qo‘shiq matnini unchalik tushunmaganliklarini tan oldilar. Qo‘shiqni to‘liq yoki qisman tushunib, tahlil qila olish darajasiga esa 39 nafar (76,5%) o‘quvchi muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu hisoblarimizda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarimiz, qolaversa, uslubiy ishlarimiz ijobiy samara berdi, deyishimiz mumkin. Ushbu tahlillarimiz kouching asosida o‘qitishda asosiy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni integratsiyalashtirish, o‘quvchilarning bilish ehtiyojlari bilan intellektual xislatlarini uyg‘unlashtirish va shular asosida mustaqil fikrlash va izlanuvchanlik qobiliyatlarini o‘stirish haqidagi ilmiy va uslubiy qarashlarni, shuningdek, til taʼlimining mazmuni va metodlarini takomillashtirishni qisman bo‘lsa-da, to‘ldirib boradi, degan umiddamiz. Bugungi kunda pedagogika va psixologiya fanlariga oid adabiyotlar tahlili “kouching asosida taʼlim berish va o‘rganish jarayonlari” tushunchasi bobida turli-tuman taʼriflar, tarixiy fikrlar va qarashlar, zamonaviy usullar mavjudligini ko‘rsatadi. Mazkur taʼriflar obʼektiv mavjud bo‘lgan murakkab bir nazariy hodisani mushohada va idrok qilish, uning eng muhim pedagogik hamda psixologik xususiyatlarini his qilish mavzusiga qaratilgan qator ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish natijasida yuzaga kelgani maʼlum. Bizning tadqiqotimiz muammosi nuqtai nazaridan eng asosiysi kouching darslari jarayonida turli pedagogik-psixologik usullar hamda darsliklardan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlarini takomillashtirishdir. Taʼlim jarayonida foydali bilimlarni o‘rgatishdan maqsad, avvalo, o‘quvchida o‘ziga va jamiyatga naf keltirish hissini tarbiyalashdir. Shunday ekan, kouching darslarida kishilar bilan muloqotga kirishish, nutq asoslarini shakllantirish, qisqasi, o‘quvchini muloqot madaniyatiga tayyorlash bugunning eng dolzarb va muhim mavzusidir. Darslarda har doim o‘quvchilardan so‘rash va ularning javobi, mashg‘ulotlarda doimo o‘qituvchi-o‘quvchi muloqotining takrorlanaverishi yoshlarni zeriktirishi va toliqtirishi mumkin. Shunda o‘quvchi yonidagi tengdoshlari bilan gaplashishni, turli shakllarda muloqot qilishni istay boshlaydi. O‘quvchining ana shu istagidan kelib chiqib, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda dialoglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Dialoglar mazmunan o‘quvchilarni qurshab turgan, kundalik turmushda duch kelishi muqarrar bo‘lgan voqelikdan olinishi zarur. Dialoglar mavzusi va matnini 2-sinfda o‘qituvchi tayyor holda o‘quvchilarga bersa, 3-sinfdan boshlab mavzu va matnlar o‘quvchilar bilan birgalikda tuzib chiqilgani maʼqul bo‘lar edi. Sinfda o‘quvchilar birdaniga dialog tuzishda qiynalishlari mumkin. Shuning uchun avval dialogni tuzdirib, so‘ng kouching asosidaga o‘girish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonni ham o‘qituvchi qiziqarli va jonli tarzda tashkil qilishi kerak. Sababi, bu jarayonda qatnashish istagini bildirmagan o‘quvchilar uchun ham mazkur holat o‘ziga xos ijobiy tarzda taʼsir qilishi muhim. Ikkinchi tilni o‘rganishda, talaffuz meʼyorlarini shakllantirishda til muhitining o‘rni va ahamiyati g‘oyat beqiyosdir. Til muhitining birlamchi omili shu tilda so‘zlashuvchi aholi bilan muloqot qilish bo‘lsa, ikkilamchi omil dars, mashg‘ulot, matbuot, radio va televideniye, turli zamonaviy elektron aloqa vositalaridir. O‘quvchilarning til o‘rganish faoliyati - jamiyatga, kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy moslashishning muhim shakli bo‘lib, ularga keng qamrovli taʼlim-tarbiya berish, aql-zakovatini rivojlantirish va erkinligini taʼminlash uchun sharoit yaratadi. Bunda til o‘rganish markazlari faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishi va ilmiy-metodik jihatdan taʼminlanishiga ehtiyoj sezilmoqda. Kouchingni o‘rgatish jarayoni – keng maʼnoda u yoki bu ijtimoiy guruhning ijtimoiy xususiyatini, shuningdek, davlatlar ijtimoiy-tarixiy tajribasini yosh avlodlarga uzatish vositasidir. Kouching asosida taʼlim berishning tor mazmundagi maʼnosi – ijtimoiy institutlar doirasida va taʼsirida ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli muloqotga yo‘naltirish jarayonidir. Kouching darslarida tasviriy sanʼat asarlari, taʼlimiy videofilmlar asosida turli yozma ishlar o‘tkazish jarayonida mavzuning ijodiyligiga, o‘quvchilarning yoshi va dunyoqarashiga muvofiqligini nazarda tutish tavsiya etiladi. Bunday ijodiy ishlar audiovizual vositalar bilan ishlash metodikasini o‘zlashtirish, tegishli vaqt taqsimotiga amal qilishni taqozo etadi. Shunday ekan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching fanlarining o‘qitilishiga jiddiy eʼtibor bilan qarashimiz kerak bo‘ladi. Taʼlim muassasalarida, masalan: Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 56-maktablardagi baʼzi sinflarning o‘quvchilarida kouching asosidadagi og‘zaki nutq ko‘nikmalari boshlang‘ich darajada bo‘lib, o‘quvchilar 5-6 ta gapni to‘g‘ri tuza oladilar. Shunda ham qator talaffuz, leksik va grammatik, imlo xatolariga ko‘p yo‘l qo‘yadilar. Lekin, taʼkidlash kerakki, ayrim taʼlim o‘choqlarida 11-12 tadan ortiq gapni stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzadigan o‘quvchilar ham bor. Bugungi kunda, fikrimizcha, umumtaʼlim maktablarida kouching asosida darslariga bo‘lgan uslubiy munosabatni tubdan o‘zgartirish kerak. Masalan, ishni o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib tashkil qilish yaxshi samara berishi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlaridan yaxshi maʼlum. Bir necha o‘n yillar oldin uzluksiz taʼlimning ko‘p turlari bo‘yicha o‘quvchilarda nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilish odat tusiga aylangan edi. Lekin bu yo‘nalishda bajarilgan ishlar kutilgan natijaga olib kelmadi. Chunki barcha taʼlim-tarbiya ishlari, faqat maktab zimmasiga yuklatildi. Ota-ona, jamoatchilik esa bu vazifadan uzoqlashdi. Bunday holat, o‘z navbatida, keyingi paytlarda maktab taʼlimini inqirozga olib keldi. Aslida esa, o‘quvchilar umumiy dunyoqarashini shakllantirish zarurligini bugungi kunda hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Ana shunday ishlarni tillarga o‘rgatish faoliyati orqali ham hosil qilish mumkin. Ushbu tahlilimiz doirasida ijtimoiy-falsafiy, tarixiy va pedagogik adabiyotlar bilan tanishish hamda taʼlim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini har taraflama o‘rganish, shuningdek, pedagogik jamoa va o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazish ularda kouching o‘rganishga qiziqish uyg‘otish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda quyidagi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi: • Birinchidan, taʼlim muassasalari faoliyatida kouchingni o‘rgatish jarayonida o‘sha xalqning boy maʼnaviyati, tarixi va madaniyati masalalari yetakchi o‘rin egallamagan. • Ikkinchidan, o‘quvchilar chet xalqlarning tilini o‘rganar ekan, o‘sha tilning milliy xususiyatlari to‘g‘risida aniq tushunchaga ega emas. • Uchinchidan, kouching o‘rgatish darslarida o‘rganilayotgan tilni yanada yaxshiroq tushunish maqsadida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan. • To‘rtinchidan, chet tillarini o‘rganishga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yetarli darajada tashkil qilinmagan. Mamlakatimiz o‘quvchi-yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalashda butun uzluksiz taʼlim tizimining barcha bosqichlari kabi umumiy o‘rta taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni ham muhim o‘rin egallaydi. Download 159.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling