Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish
Taʼlim oluvchilar uchun mo‘ljallangan kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining tahlili
Download 159.32 Kb.
|
ilmiy ish oxirgi
1.2. Taʼlim oluvchilar uchun mo‘ljallangan kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining tahlili
Maʼlumki, bola shaxsiga kouching asosida taʼlim berishda rivojlantiruvchi omillardan biri tarbiya hisoblanadi. Bu boshlang‘ich taʼlimda kam, baʼzan esa o‘rta darajada eʼtiborga olinadi, lekin kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda kouching asosida taʼlim berish jarayoni alohida o‘rinni egallaydi. Ruhshunoslarning ilmiy izlanishlari natijalaridan maʼlumki, bolalarni tillar olamiga yetaklash uchun, eng avvalo, ularning ruhiy olamini yaxshi bilish, qobiliyati, tasavvuri va tafakkuri aniqlanib, so‘ngra ishga kirishiladi. Chunki o‘ylamasdan, faraz qilmasdan ijodiy fikrlash mumkin emasligi ilmiy tadqiqot ishlarida aniqlangan. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni taʼlim jarayonida shakllantirishda til va adabiyot darslarining roli va o‘rni beqiyosdir. Ammo bu jarayonni tashkil etishda bir qator nazariy muammolar mavjud. Jumladan, pedagog N.Alavutdinova o‘z nomzodlik dissertatsiyasida bu muammolarni hal qilishga qandaydir maʼnoda erishadi ham. Olimaning tadqiqotida: “ o‘quvchilarning ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda shaxs (o‘qituvchi – o‘quvchi), qurol – vosita (dastur, darslik) va metod munosabatlarining uyg‘unligi ilmiy asoslanadi; ― o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va ijodiy matn takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid tashkiliy ishlarning metodik asosi belgilanadi; ― o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda ijodiy yozma ishlarga bosqichli tayyorgarlik ko‘rishning muhimligi isbotlanib, bosqichlarning xususiyatlari ochib beriladi; ― o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish maqsadida lug‘at turlari, xususan, imlo lug‘ati, izohli, ikki tilli va lingvistik lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytirish zarurati hamda qo‘shimcha vositalar va fan yutuqlarini dars jarayonlariga tatbiq etish metodologiyasi ishlab chiqildi...”. Bunday samarali tadqiqotlar qatoriga F.Aminova, Sh.Ashirov va M.Rajapova tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarni ham kiritish mumkin. Inson faoliyatida har tomonlama xayol qilish, tafakkur yuritish muhim jihat hisoblanadi. Bu sifatlar esa nutqni va to‘g‘ri talaffuzni shakllantirib boradi. Shuning uchun ham, boshqa o‘quv fanlari singari, kouching asosida taʼlim berish jarayoni ham pedagogik va psixologik tayyorgarlikni taqozo etadi. Ikkinchi asosiy masala bu til va adabiyot (shuningdek, kouching va adabiyoti)ga qiziqtirish jarayonidir. Til va adabiyotga hozirgi vaqtda juda kam eʼtibor berilmoqda. O‘quvchi shaxsining o‘zi uchun maktab majburiyga o‘xshab tuyuladi, kouching asosida taʼlim berishda esa faqatgina yomon baho qo‘yish, ogohlantirish emas, balki uning boshqa intilishlaridan qoniqish hosil qilishga qaratilgan mustaqil ishlar: ko‘rgazmali vositalar, qurollar yasashlari, ko‘rik-tanlovlarga qatnashishlari alohida rag‘batlantirishlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Maktablarda chet yoki qardosh tillarga o‘rgatish ishini qo‘shimcha ravishda tashkil etishning asosiy sabablaridan biri mablag‘ masalasidir. Bu masala haligacha maktablarda eʼtibordan chetda qolib kelmoqda yoki aniq yechimiga ega emas. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tillar bilan darsdan keyin qo‘shimcha shug‘ullanishlarini tashkil etishning o‘zi muammoga aylanib bormoqda. Ushbu jarayonda, qolaversa, yosh bolalarda o‘zi bajarayotgan ishga qiziqish, ongli munosabat, ko‘nikma, malaka hosil qilishda masʼuliyatni his etish kabi sifatlar orqali kouching asosida taʼlim berishda uslubiy jihatlarni ham hisobga olish, tashkil etish hamda ilmiy talablarga tegishli eʼtibor bilan yondashish muhimdir. Hali borliqni to‘la anglab yetmagan, muayyan ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmagan yoshlarni kouching asosida taʼlim berish jarayonlariga to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. Shu sababli uslubiy ishlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan bir qatorda olib borish taqozo etiladi. Bu taʼlim jarayonining o‘zgarmas qoidasi bo‘lib, yoshlarimizning yashash, o‘qish va komil inson bo‘lib voyaga yetishida turli xil ilmiy-nazariy, shuningdek, uslubiy muammolarni ham paydo qilmoqda. Shu bois, mazkur muammolar ko‘plab tadqiqotchilar eʼtiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Insonning jamiyatda maʼnaviy muammolar bilan shug‘ullanishidan oldin uning moddiy qiziqishlari, ehtiyoji taʼminlangan bo‘lishi zarur. Insonni o‘rab turgan muhit, moddiy hayot uning ongida aks etadi. Maʼnaviy hayot, maʼnaviy boyliklar qay darajada taraqqiy etsa, jamiyatning moddiy rivojlanishi va taraqqiyot darajasi shu qadar kuchayadi, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlar yuzaga keladi va maʼrifiy savodxonlikka keng imkoniyatlar yaratiladi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, eski mafkuradan butunlay voz kechdi va natijada, milliy g‘oya, milliy mafkurani takomillashtirish zarurati davlatimiz kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi. Shu sababli, bugungi kunga kelib turli xalqlarning milliy madaniyatiga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, mazkur munosabatni yoshlar o‘rtasida yoki taʼlim muassasalarida tarkib toptirish ishi muhim ijtimoiy jarayonlar qatoridan o‘rin oldi. Kouching asosida o‘qituvchisi o‘zining kasbiy va ish vazifalarini bajarishi professional funksiyalarni belgilaydi va bunda kouching o‘qituvchisi professional-mutaxassis sifatida doimo o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun uning faoliyati ijtimoiy-psixologik funksiyalarni ham qamrab oladi. Bu funksiyalar maʼlum bir tizimda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayonida amalga oshirilib, bunday muloqotlar bevosita shaklda va bilvosita (topshiriqlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ko‘rsatmalar) shakllarda bo‘lishi mumkin. Kouching o‘qituvchisining ijtimoiy-psixologik funksiyalarini o‘rganar ekanmiz, biz uning faoliyatini to‘rt asosiy funksiyalarga ajratdik: axborotlar bilan ishlash; tashkilotchilik; ijtimoiylashtirish; qaror qabul qilish. Axborotlar bilan ishlash turli maʼlumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishdan iborat bo‘lib, sinflar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida qo‘llaniladi. Bu jarayonda o‘qituvchi rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatadi va uning uchun asosiy mehnat – o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxsiy va texnologik axborotlarning almashuvini tashkil etadi. Uning asosiy xususiyati o‘quvchilarning dars jarayonidan qoniqishlariga intilishlarning vujudga keltirishi bilan belgilanib, bu xususiyat o‘qituvchining boshqa funksiyalari va axborotlar bilan ishlash funksiyasining qolgan ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun yaratilgan kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni milliy g‘ururni anglashga xizmat qiladigan maʼlumotlar va bilimlar yetarlicha berilgan. Chunki ijtimoiy soha va madaniyat, jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy bir qismi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot esa o‘z navbatida iqtisodiyot, huquqshunoslik, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, bozor iqtisodi degan tushuncha, birinchi navbatda, uzoqni ko‘zlab ishlash, muloqot, madaniyat, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to‘g‘ri keladigan narxni, xulosani, kelishuvni topish deganidir. Shunday ekan, bu tushunchalar, o‘z navbatida, uslubiy jihati bilan til darslarida ham shakllantirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Bunga tadqiqotchi F.Aminovaning dissertatsiyasida keltirilgan fikrlar yorqin misol bo‘la oladi: “Muloqot ko‘nikmalarining rivojlangan darajasi o‘quvchida shakllangan notiqlik sanʼati elementlarida namoyon bo‘ladi. Notiqlik sanʼati, yaʼni ritorika – o‘quvchining badiiy darajada ifodalangan yozma hamda og‘zaki nutqi demakdir. Ritorika o‘z xususiyatiga ko‘ra nasriy nutq hisoblanadi. Uning tarkibiga shaxsning og‘zaki muloqoti bilan bir qatorda yozma nasriy muloqot matni ham kiradi. Ritorika, yaʼni yozma nasriy muloqot matni o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: fikr ifodalash uchun zarur bo‘lgan materialni izlab topish va to‘plash, ularni izchil tizimga solish va joylashtirish, o‘z fikrini dalillarga tayanib so‘z bilan ifodalash ― bunda so‘zlarni tanlash, ularni mantiqiy jihatdan biriktirish, uslubiy nuqtai nazardan ravonlikka erishish, og‘zaki muloqotda maʼlumotlarni yodlash, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish alohida ahamiyatga kasb etadi. O‘tmishda bolalarda yoshlikdan boshlab notiqlik sanʼati, yaʼni oliy darajadagi muloqot ko‘nikmalarini hosil qiluvchi ritorika maktablari mavjud bo‘lgan. Boshlang‘ich o‘rta va grammatik maktabdan so‘ng, Rimda bolalarga chiroyli so‘zlash sanʼati, yaʼni notiqlik mahoratini egallash o‘rgatilgan. Ularda notiqlik sanʼatidan tashqari yosh notiqlarning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradigan turli fanlar, xususan, ritorika, huquqshunoslik, tarix, adabiyot, falsafa o‘qitilishiga alohida eʼtibor qaratilgan”. Demak, bundan kelib chiqqan holda, qaysi tilda bo‘lmasin, muloqot matni takomillashtirish bilan bog‘liq ishlar olib borilar ekan, turli ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro uzviylik asosida taʼlim jarayoni tashkil etilishiga eʼtibor qilish zarur, degan, xulosaga kelamiz. Ushbu fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot jarayonida respublikamizda yoshlarni tarbiyalash jarayonida til o‘rganish bilan bog‘liq quyidagi asosiy omillarga eʼtibor qaratish lozimligi aniqlandi: 1. Sharq xalqlari tarixiy taraqqiyotida yoshlarga tarbiya berishda milliy va etnik tushunchalarga alohida ahamiyat berilgani va ushbu hodisa jarayon sifatida turli chet tillarni o‘rgatishda ijtimoiy-siyosiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy kuchga ega ekanligini yodda tutish. 2. Har bir jamiyatning tarixiy rivojlanishida til taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi va ayrim muammolarning asosiy yechimlari milliylik jarayoniga bog‘liqligini hisobga olish. 3. Kouchingni o‘rgatishda pedagog-murabbiylar, ustozlar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarning roli yetakchi omil ekanligini anglab yetish. 4. Chet tillarini o‘rgatishning metodologik ildizlari o‘zbek tilini tahlil etishning didaktik muammolariga borib taqalishi tabiiy ilmiy jarayon ekanligini eʼtirof etish. Shundan kelib chiqib taʼkidlash joizki, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida, xususan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilarga kouching o‘rgatishning roli alohida ahamiyatga ega bo‘lishini unutmaslik zarur. Shu bilan birga, kouching asosida darslari jarayonida o‘quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, mazkur jarayonda turli xil o‘quv-texnika vositalaridan, darsliklardan foydalanishning mexanizmlari, taʼlim subʼekti bilan uning obʼekti o‘rtasidagi faol munosabatlari ijobiy natijalarga olib kelishini eʼtirof etishimiz kerak bo‘ladi. Fikrimizcha, inson turmush tarzida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim bo‘lsa, til o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlar ham undan kam emas deb, manbalarda belgilanadi. Demak, insonning til bilishi jamiyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishiga katta taʼsir ko‘rsatadi, deyishimiz mumkin. Shu bois, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilariga chet tillarni o‘rgatishni ijtimoiy voqelik bilan birgalikda olib borish yoki mazkur sohada barcha ishlarni muvofiqlashtirgan holda tashkil etish jamiyatning maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilik faoliyatining dastlabki bosqichida ishni maktab o‘qituvchilarini tadqiqot ishlarining mazmuni bilan tanishtirish, dissertatsiyada ilgari surilgan g‘oyalarni amalda qiyoslash asosida ish ko‘rish maʼqul deb topildi. Taʼlimning globallashuvi sharoitida o‘quv va tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda respublikamiz umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching asosida darsini o‘tishda o‘z yechimini kutayotgan bir qator uslubiy vazifalar mavjud: – nutq o‘stirishga qaratilgan darsdan tashqari ish turlarini tashkil etishning mazmuni va uslubiy xususiyatlari, mezonlari, shakl va vositalari, nutq o‘stirish imkonini beradigan, maxsus tanlangan materiallar hamda tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish; – o‘quvchilar uchun kouching asosidada tashkil etiladigan darsdan tashqari ishlarning nutq o‘stirishga qaratilgan mazmuni va usullarining milliy xususiyatlarga bog‘lanishini taʼminlaydigan qaror, dastur va buyruqlar, qisqasi, meʼyoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarni taʼminlash usullarini tahlil qilish; – darsdan tashqari ishlarning bugungi holati, ularning o‘quvchilar nutqini o‘stirishdagi taʼsir doirasi, o‘qituvchilarning bu ishlardan foydalanishda erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari asosida ishlab chiqilgan uslubiy xulosalarni qayta ko‘rib chiqish. Bu vazifalar, albatta, amaliyotdagi uslubiy ahvolni to‘g‘ri talqin qilishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifatining Davlat taʼlim standartlariga mosligi monitoringi – bu o‘quvchilar tomonidan Davlat taʼlim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish dinamikasini tizimli kuzatish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini rejalashtirish imkonini beruvchi jarayondir. Sinov va nazorat sinflarida metodistlar tomonidan test shaklida tashqi nazorat ishi olindi, samaradorlik sinov sinfida 81% va nazorat sinfida 79% ni tashkil etdi. Shuningdek, eksperimentator-o‘qituvchiga kouching asosida o‘rganish usullari haqida kitoblar, nutqni rivojlantirishga oid plakat va bannerlar, rangli rasmli kartochkalar, so‘rovnomalar shaklida qo‘llanmalar va tarqatma materiallar taqdim etilgan. Tajriba-sinov ishlarining borishi metodika kengashi yig‘ilishida, pedagogika kengashi yig‘ilishida va metod birlashma yig‘ilishida muhokama etib borilgan. O‘qituvchining kundalik-kuzatuv daftari chorak yakunida tahlil qilinib, ushbu daftar asosida tajriba-sinovda o‘tayotgan DTS va o‘quv dasturi barcha jihatdan o‘quvchilarning yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos, mavzular ketma-ketligi va izchilligi talab darajasida deb topilib, 3-chorak davomida o‘zgartirish kiritish shart emas, degan xulosa berilgan. Mazkur tashkiliy jarayonlardan kelib chiqib, xalq taʼlimi boshqaruv tizimlari tomonidan quyidagi vazifalar rejalashtirildi: – har yili hududlarda kouching asosida fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimlarining davlat taʼlim standartlari talablariga mosligi monitoringini bosqichma-bosqich o‘rganish bo‘yicha istiqbol reja ishlab chiqish; – monitoring ishlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda tasdiqlash, bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratish; – o‘quvchilar bilimlarida kuzatilgan bo‘shliqlarning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, ularning tezkorlik bilan to‘ldirib borilishini qatʼiy nazoratga olish, tegishli dars ishlanmalari va metodik tavsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish; – pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan fanlar va ularning yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar asosida bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish, malaka oshirish kurslari jarayonida tinglovchilarga yetkazish va joylarda bu borada amaliy-uslubiy ishlarni amalga oshirish; – maʼqul deb topilgan Davlat taʼlim standartlari sharhlari va o‘quv dasturlari, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar, taqvim-mavzu reja namunalari, o‘quvchilarni baholashning yangi reyting tizimi, o‘qituvchilarning yillik ish yuklamalarini soddalashtirish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning mazmun-mohiyati pedagogik jamoalarda o‘rganilishini hamda o‘z vaqtida, sifatli joriy etilishini taʼminlash; – kurs samaradorligini joylarda o‘rganish davrida aynan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan fanlar va ularning yo‘nalishlariga oid amalga oshirilgan ishlarni hisobga olish va ularni muntazam tahlil qilib borish; – malaka oshirish kurslari uchun o‘quv-metodik majmualar (o‘quv-mavzu rejasi, o‘quv dasturi, maʼruza matnlari, test materiallari, bitiruv-malaka ishi uchun namunaviy mavzular) mazmuniga bo‘sh o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘qitish bo‘yicha materiallarni singdirish, ularni kursdan keyingi davrga mo‘ljallangan shaxsiy rejalarga kiritish. Muammoga doir manbalar va mavjud amaliy holatning tahlili umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilarni ingliz (yoki boshqa chet) tiliga o‘rgatish borasida tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish sohasida quyidagi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi: – o‘quvchilarning xususiy talablariga muvofiq keladigan tashkiliy-pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishning nazariy va amaliy asoslari talab darajasida ishlab chiqilmaganligi; – taʼlim muassasalarida o‘qituvchining o‘quvchilarni tillarga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyati ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilmaganligi; – o‘quvchilarni tillarga o‘rgatish masalasida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari keng ko‘lamda o‘rganilmayotganligi yoki ushbu tajribalarning amaliyotga tatbiq etilishidagi sustkashlik. Qayd etib o‘tilgan muammolarni bartaraf etishning ko‘p jihatlari taʼlim muassasalari o‘quvchilariga chet tillarni o‘rgatish bilan bog‘liq ishlarning pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi pedagogik faoliyat samaradorligini, shuningdek, muassasalardagi malakali mutaxassislarga bo‘lgan taʼlimiy ehtiyojning qondirilishini taʼminlaydi. O‘zbek maktablarida chet til o‘qitish metodikasini takomillashtirishga atalgan qator tadqiqotlarda tajriba-sinov qilish namunasini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Iqtidorli metodist – olim H.Soynazarov ilmiy ishlarida kouching asosida leksik birliklarini retseptiv planda (idrok etib tushunishda) til tajribasining ko‘chish meʼyori eksperimental va nazariy asoslab berilgan. Yetuk metodist prof. T.Sattorov chet til grammatikasini faol o‘zlashtirish eksperimental metodikasini ishlab chiqqan. Nemis tili sintaksisini o‘zbek auditoriyasida o‘rgatish bo‘yicha ham ibratli tajriba-sinov o‘tkazilgan. Bir nechta ilmiy ishlarda kouchingni o‘rgatish sohasidagi bajarilgan tajriba-sinovlar ibratomuz namunalar darajasiga ko‘tarilgan. Tajriba-sinov mavzusida metodistlardan Ye.Shtulman chuqur ilmiy tadqiqot olib borgan. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilarini chet tillarini o‘rganish sari yo‘naltirish ishlarining baʼzi bir tizimlari ishlab chiqilgan hamda mazkur tizimlar quyidagi omillar taʼsirida bo‘lishi belgilangan: – ijtimoiy omillar (o‘quvchilar kontingenti va ota-onalarning ijtimoiy tavsifnomasi); – demografik omillar (qishloq, oilalaridagi bolalar soni va hokazo); – pedagogik omillar (o‘qituvchi mahoratining uslubiy darajasi, o‘quvchilar qatnashadigan mashg‘ulot va darslar turlari) va shunga o‘xshash boshqa omillar taʼsirida bo‘lishi mumkin. Respublikamiz umumiy o‘rta taʼlim muassasalari kouching asosida o‘qituvchilarining ish tajribalaridagi eng katta uslubiy-tashkiliy kamchiliklaridan biri – bu darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish bosh maqsad qilib qo‘yilmasligidir. Bu holat, ayniqsa, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga eʼtibor va nazorat kamligida, nutq o‘stirish jarayoni rivojlantirilmasligi va rag‘batlantirilmasligida, lug‘at bilan ishlash ko‘nikmasi yetishmasligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, darsdan tashqari ishlar orqali maktablarda boshlang’ich sinf o‘quvchilarining chet tilida nutqini o‘stirish metodikalarini o‘rganib borish zarur. Bunda, o‘qituvchi tomonidan maktablar uchun kouching asosida fanidan darsdan tashqari ishlar ilk bor o‘quvchilarning passiv (retseptiv va reproduktiv) hamda faol (og‘zaki va yozma) nutqini o‘stirish imkoniyatlari nuqtai nazaridan tasnif etish; – har bir ish turining mazmuni, uni tashkil etish va o‘tkazish shakllari hamda usullari passiv va faol nutqqa bog‘lab yoritish; – leksik va grammatik materiallarni o‘zlashtirish saviyasiga ko‘ra nutq darajalarini ko‘rsatish; – tadbirlarda o‘quvchilarni erkin gapirtirish, mustaqil fikrlash asosidagi bog‘lanishli nutqini o‘stirish imkoniyatlarini yoritish jarayonlarini kuzatib borish muhim bo‘lib hisoblanadi. Bunday ilmiy natijalarga erishishda, xususan, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning nutqini o‘stirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan asarlar sirasiga respublikamiz olimlari J.Jalolov, T.Sattorovlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, ilmiy asarlardan foydalanish mumkin. Ijodiy matn tuzishning kouchingni o‘rganishdagi roli muhim bo‘lib, baʼzi uslubiy holatlarda tilning funksional-maqsadli rejalarini namoyon qiladi. Masalan, tadqiqotchi N.Alavutdinova o‘z dissertatsiyasida ona tili darslarida o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va ijodiy matn tuzish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi vositalar (darsliklar, qo‘llanmalar, lug‘atlar, turli ishlanmalar, o‘yin-darslar, tilimiz boyligini ochib berishga xizmat qiladigan maxsus asarlar)dan foydalanish metodikasini ishlab chiqadi. Bu dissertatsiya ishi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlarning tillarga o‘rgatishda turli xil usullardan foydalanish bilan bog‘liq jihatlariga ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi. Respublikamizda o‘quvchi-yoshlarga turli kasb sirlarini o‘rgatish, ularni hayotga tayyorlash hamda qiziqishlariga qarab, maktabda olgan bilimlarini boyitish va amaliyotda mustahkamlash maqsadida turli yo‘nalishlarda maktablarda fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kuzatishlarimiz davomida biz shunga guvoh bo‘ldikki, respublikamiz turli hududlarida joylashgan taʼlim muassasalarining fan (xususan, kouching asosida) to‘garaklari nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur texnik vositalar, ko‘rgazmali jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagan. O‘quv dasturlari, mashg‘ulot jadvallari ishlab chiqilmagan. Eng asosiysi, mazkur to‘garaklarning ish faoliyatini nazorat qilish masalalari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Ushbu jarayonni, kouching asosida fan to‘garaklari faoliyatini ham ijobiy tarzda yo‘lga qo‘yish, kouching asosida taʼlim berish sohasida olib borilayotgan ishlarni rivojlantirishga yanada xizmat qilishi mumkin. Bugungi kunda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching asosidaga o‘qitishning ayrim pedagogik yoki uslubiy-nazariy muammolari ham mavjud. Bu muammolarning yechimlarini izlab topishda, birinchi navbatda, o‘qituvchilar tomonidan quyidagi vazifalar hal qilinishi lozim: – til darslarida grammatik qoidalar bilan bog‘liq mavzularda lug‘at diktantlari vositasida o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish jarayonini kuzatish va zarur tavsiyalarni berish; – kouching asosida darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishda so‘z boyligidan foydalanish va so‘zlarni maʼno jihatidan farqlab qo‘llashning ahamiyatini aniqlash; – o‘quvchilar savodxonligini oshirish, yozma ish va testlarga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish masalalarini zamonaviy uslublar yordamida hal etish; – kouching asosida darslarida interfaol usullardan samarali foydalanish maqsadida mazkur yo‘nalishda respublikamizda olib borilayotgan taʼlim siyosatini keng maʼnoda tushunish, kundalik ishda yoki elektron muloqot vositalari yordamida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlarda faol ishtirok etishga harakat qilish va ishtirok etilgan tadbirdan olingan xulosalar hamda yangikliklarni jamoa, aniqrog‘i, o‘quvchilar jamoasi bilan o‘rtoqlashish; – o‘quvchilarga zamonaviy texnik vositalar yordamida kengaytirilgan elektron maʼlumotlarni, xususan, matnli, grafik va animatsiyaga asoslangan fayllarni taqdim qilishni yo‘lga qo‘yish zarur bo‘ladi. Download 159.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling