Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish
Ishning sinovdan oʼtishi (aprobatsiyasi)
Download 159.32 Kb.
|
ilmiy ish oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalarning eʼlon qilinganligi.
- I-BOB. KOUCHINGDAN PEDAGOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY MUAMMOLARI
Ishning sinovdan oʼtishi (aprobatsiyasi): Dissertatsiya mavzusi bo’yicha “Ilm – marifatli yoshlar – yangi O’zbekiston bunyodkorlari” nomli ilmiy – nazariy konfrensiyada 1 ta maqola hamda “Zamonaviy boshlang’ich ta’lim: innovatsiyalar muammolar va rivojlanish istiqbollari” nomli xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada 1 ta maqola bilan ishtirok etilgan.
Natijalarning eʼlon qilinganligi. Muallif tomonidan bugungi kunda tadqiqot yoʼnalishi boʼyicha 5 ta maqola jumladan 4 tasi xorijiy jurnallar va 1 ta konferensiyada chop etilgan. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat. Tadqiqot ishining hajmi 97 betni tashkil etadi. I-BOB. KOUCHINGDAN PEDAGOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY MUAMMOLARI Kouching asosida darsliklarni takomillashtirishda metodik nazariyalar va yondashuvlarning didaktik masalalari Maʼlumki, har bir jamiyat tarixiy taraqqiyot pog‘onalarida o‘z hayotiy tajribasini o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rgatish orqali ularni mustaqil hayotga tayyorlab borgan. Insonlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘z hayotiy tajribalarini turli xil sanʼat namunalariga, toshbosma va qo‘lyozma asarlarga, buyumlarga, keyinchalik qog‘oz paydo bo‘lgach esa, turli kitoblarga yozib, kelajak avlodlarga boy tarixiy meros qoldirganlar. Ana shunday manbalardan baʼzilari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan, ko‘pchiligi esa, ko‘hna tarixning suronli davrlarida yo‘qolib ketgan. Masalan, qadimgi Misr madaniyatida, bunday tarixiy manbalar papirus o‘simligi barglariga bitilgan bo‘lsa, Sharq xalqlarining (asosan, zardushtiylar dinining) muqaddas kitoblaridan hisoblangan «Avesto” qoidalari 1200 ho‘kiz (qoramol) terisiga bitilganligi maʼlum. Tarixiy manbalardan O‘rxun -Yenisey bitiklari, Qarluq-Xitoy namunalari ham diqqatga sazovordir. Masalan, otashparastlar – zardushtiylar dinining asosiy aqidalari qayd qilingan «Avesto”ning qoldiqlari 1615 yilda parfiya yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, 1771 yilda fransuz olimi Annetil Dyunperon tomonidan nashr etildi. Bu kitob taraqqiyot va hayotning barcha yo‘nalishlari to‘g‘risida mukammal maʼlumot beradigan eng ko‘hna manbalardan hisoblanadi. Grek faylasufi Pliniy fikrlariga ko‘ra (eramizdan avvalgi III asr), «Avesto” 2 mln. baytdan iborat bo‘lgan turli qoidalar, rivoyatlar, hikoyatlar, qo‘shiqlar, oyatlar, duolar, dostonlar, ertaklar, mif va afsonalar hamda pand-nasihatlar ko‘rinishida yozilgan. Shu o‘rinda ijtimoiy-gumanitar fan turkumlari bo‘yicha buyuk qomusiy olim Abu Mansur as-Saolibiy ijodiga to‘xtalib o‘tish joizdir. 961 yilda Nishopurda tug‘ilib, shu yerda boshlang‘ich taʼlim olgan. Abu Mansur as-Saolibiy «Arab tilidan foydalanishda odob quyoshi” risolasi o‘z nomi bilan odob-axloq mavzulari doirasida yaratilgan asardir. U o‘zining Xorazmshoh Maʼmun ibn Maʼmunga bag‘ishlangan «Metonimiyalar va imo-ishoralar” kitobida ayollar va oila, xizmatkorlar va boshqalarga ishlatiladigan, taomlarning ayrim turlariga ishlatiladigan metonimiyalar, pastkashlik va qabihlikka taalluqli, vaqt va ichimliklarga ishlatiladigan metonimiyalar, metonimiya va imo-ishoralar bilan bog‘liq sanʼat turlari haqida fikr yuritadi. «Notiqlik xislatlari va mukammal nutq sirlari” asarining mazmuni haqida Saolibiy kirish qismida «Kitobning ayrim qismlarida dunyodagi eng yorug‘ yulduzlar, eng yuksak fazilatlar sohiblari bo‘lgan asrimiz notiqlarining nasriy (iboralarini) yig‘dim, ularning ayrim qismlarini, sheʼrlarini «Yatimat ad-dahr” asarimda joylashtirgan amir-shoirlar asarlaridan namunalar, mashqlar keltirdim”, deydi. 3 Tarixiy manbalardan maʼlumki, Sharq mamlakatlarida dastlabki Uyg‘onish davri IX-X asrlarda yuz berib, ilm-fan va madaniy taraqqiyot sohasida yirik o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. O‘sha davrning yirik allomalari Muso al-Xorazmiy (780-850), Imom at-Termiziy (824-892), Imom al-Buxoriy (809-869), Ahmad Farg‘oniy (IX asr) va boshqalar nazariy ilmlarni rivojlantirisha borib, mazkur yo‘nalishda tilning tutgan o‘rni haqida qator ibratli, ijobiy fikrlarini bildirganlar. Sharq Renessansida salmoqli o‘rin tutgan, turkiy adabiy tilning asoschisi, davlat arbobi Alisher Navoiy hazratlarining yoshlarga taʼlim-tarbiya berish to‘g‘risidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub” asari boshdan oxirigacha kishining jamiyatda tutgan o‘rni, fazilatlari, xislatlari to‘g‘risidagi pandnomadir. Ushbu asarda kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida so‘zlashishning mohiyatiga, odobiga, mazmuniga eʼtibor berish, so‘zlashuv madaniyatini shakllantirish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 4 Tarixiy manbalarni o‘rganar ekanmiz, “kouching asosida taʼlim berish” tushunchasining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishiga amin bo‘lamiz. Forobiy, Zamaxshariy, Marg‘inoniy kabi buyuk mutafakkirlar o‘z asarlarida ushbu tushunchaning mazmun-mohiyatini ochib berishga intilganlar va uning falsafiy-ijtimoiy va tarbiyaviy jihatlari to‘g‘risida mushohada yuritganlar. O‘rta Osiyo va Volga daryosi bo‘ylarida XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya taʼlim vaziri D.A.Tolstovning ko‘rsatmasi bilan N.I.Ilminskiy (1821-1891) usulidagi rus va turkiy xalqlar maktablari tashkil qilina boshlandi. Missioner N.I.Ilminskiy Qozon universitetida turk tili va ilohiyotdan dars berish bilan birga, millatlarni ruslashtirish uchun tatar, qirg‘iz, o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlarga moslashtirib, rus alifbosi asosida yozuv qoidalarini ishlab chiqqan edi. N.I.Ilminskiy usulidagi bu maktablarda rus murabbiysi boshchiligida rus tili va adabiyoti hamda madaniyati o‘rgatilib, tarjimonlar bilan mayda amaldorlarni tayyorlagan va xalqni ruslarga yaxshi munosabatda bo‘lish, ular bilan hamjihatlikda yashashga undagan. Rossiya taʼlim vazirligining 1872 yilgi o‘quv dasturi bo‘yicha bu rus-tuzem maktablarining o‘quv rejasida ruscha o‘qish va yozishni o‘rganishga urg‘u berildi. Bu ishda jadid maktablari uchun I.Gasprinskiyning arab alfavitini turkiy xalqlar fonetikasiga moslashtirganligi ayni muddao edi. Masalan, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoq tilshunos mutafakkiri S.Majidov maktablar uchun darsliklar yaratganda, yuqorida taʼkidlanganidek, o‘sha davrdagi rus va turkiy xalqlarning nashr etilgan maktab o‘quv adabiyotlarining eng mukammallarini mohirlik bilan o‘rganib, o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning xohish, ehtiyojini qondirish, darsliklar yordamida ularning nafaqat savodxonligini oshirish, balki ayni paytda, ongi va siyosiy bilimdonligini xalqning taʼlim-tarbiya xususidagi talab, istaklariga muvofiq holda shakllantirishga intilgan edi. Muallif darsliklarni tuzganda yoshlarda taʼlim-tarbiya va bilimning mohiyatini anglash hamda uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish, insonparvarlik, adolat, totuvlik, vatanni sevish va xalqlar do‘stligi, mehnatsevarlik, jismoniy madaniyatlilik, estetik jihatdan go‘zal bo‘lishga intilish va boshqa tarbiya elementlarini shakllantirishni nazarda tutganligi alohida ko‘zga tashlanadi. 5 Bizningcha, bu borada O‘zbekistonning o‘ziga xos tarixiy-ijtimoiy rivojlanishiga, serqirra madaniyatiga, xalq qadriyatlariga yoshlar eʼtiborini jalb qilishga erishish lozim. Buning natijasida yoshlarda maʼnaviy boyliklarga qiziqish, vatanga sadoqat, vatanparvarlik tuyg‘ulari, tarixiy mansublikni anglash hissi qaror topadi va, shu asnoda, ularda ijtimoiy faollik shakllanadi. Shu tariqa yoshlarning o‘z o‘lkasi taraqqiyotiga ko‘maklashish va hissa qo‘shish uchun safarbar bo‘lishlariga erishiladi. Vatan tarixi va madaniyati hamda ularning o‘zaro aloqadorligini tushunish, jumladan, o‘z vatani madaniyatining dunyo madaniyati bilan uyg‘un jihatlarini ilg‘ab olish uchun zamin yaratiladi. Yoshlar o‘zlarining ijodiy faoliyatlari va shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qilishga intiladilar. Buning uchun esa, ularga vatanning tarixi, o‘tmishi va bugungi kuni, ajdodlar va zamondoshlarning bunyodkorlik faoliyati ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rinadiki, hech bir jamiyat o‘z taraqqiyoti davomida muayyan xalqning maʼnaviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan ona tilini va milliy g‘ururini yangidan yaratmaydi, balki ajdodlardan qolgan maʼnaviy boyliklarni qabul qilib, ularni ijobiy tarzda to‘ldirib boraveradi. Yangi qadriyatlarni takomillashtirish uchun esa ajdodlarning ilmiy va madaniy merosini tahlil etish zarur bo‘ladi. Yoshlarni tillarga o‘rgatish ishlari – bu xalqning ijtimoiy-falsafiy bilimlari, orttirgan hayotiy tajriba hamda ezgu g‘oyalarini o‘zida shakllantirgan anʼanalarining yanada rivojlangan bosqichda tashkil etilishi muhim bo‘lgan jarayondir. Tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, u kishilarning ongini, uning o‘z-o‘zini anglashini, go‘zallik bilan xunuklikni ajrata bilish qobiliyatini shakllantiradi, shuningdek, yuksak maqsad va g‘oyalarni ko‘ra bilish hamda ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyati haqidagi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur va qarashlarni, hayotiy taʼlimotlarni o‘z ichiga oladi. Millatlar madaniyati, tili va turmush tarzini tushunib yetgan insonda jamiyat, mamlakat, xalq, millat g‘ururi, obro‘-eʼtibori, teran aql-zakovat, sog‘lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvor bo‘ladi. Shuning uchun ham qaysi millat tilini o‘rganishni boshlar va bilimlarni mustahkamlar ekanmiz, avvalo, o‘sha millatning paydo bo‘lishi, rivojlanish va millat bo‘lib shakllanish tarixi, urf-odatlari, anʼanalari, adabiyoti, sanʼati, madaniyatini mukammalroq o‘zlashtirish zarur bo‘ladi. Ushbu jarayonda millatning asrlar davomida shakllangan va bugungi kunda amalga oshirilayotgan tinchlik, farovonlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, komillik g‘oyalarini manbalardan bilish, o‘rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davri nafaqat o‘zbek milliy istiqlol maʼnaviyatini tiklash va rivojlantirish, balki O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning, turmush tarzini va maʼnaviy hayotini taraqqiy ettirishga katta turtki bo‘ldi. Bugungi kunda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining gumanitar fanlar o‘qituvchilariga o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘shimcha taʼlimning har bir turiga ajratiladigan vaqt va unga qo‘yiladigan talablarni hisobga olish muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda dars va darsdan tashqari taʼlim jarayonlari o‘rtasida mustahkam aloqaning yo‘lga qo‘yilishi ham bu boradagi ishlar muvaffaqiyatini taʼminlaydi. Bunda o‘qituvchilarning soha mutaxassislari, uzluksiz taʼlim muassasalari bilan hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash ham alohida ahamiyatga egadir. Masalan, bir tomondan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning til o‘rganish borasidagi barcha tashabbuslarini nazariy hamda amaliy jihatdan boyitishga harakat qilish, ikinchi tomondan, esa, chet tillarini o‘rgatish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish zarurati vujudga kelmoqda. Kouchingni o‘rganish jarayonida yoshlarning boshqa ijtimoiy fanlarni ham o‘zlashtirishlari uchun taʼlimni uyg‘un holda olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-uslubiy muammolar ham o‘z yechimini kutmoqda. Muhim muammolardan yana biri pedagoglarning malakaviy tayyorgarligini oshirishdan iboratdir. Ularni yangi metodika va texnologiyalar bilan qurollantirish o‘quvchilarga kouching asosida taʼlim berishda keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Buning uchun, masalan, kouching asosida taʼlim berish markazlari, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari bilan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi orasida hamkorlik o‘rnatilishi, ularning hamkorlik dasturlari yuqori turuvchi tashkilotlar yoki Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida darslik, yangi va qo‘shimcha adabiyotlar, turli taʼlimiy materiallar va vositalar taʼminotini yo‘lga qo‘yishda yaqindan yordam berish ham o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogika fani taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga taʼlim-tarbiya berish va ularni kamol toptirishda yangidan-yangi imkoniyatlarni izlamoqda. Umumiy o‘rta taʼlim tizimida o‘quvchi o‘zining shaxsiy taʼlim olish yo‘nalishiga ham ega bo‘lishi kerak va bu holat uning o‘z individual ehtiyojlari va imkoniyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashadi. Buning uchun esa turli tipdagi taʼlim muassasalari faoliyatini uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi. Binobarin, ushbu vazifani amalga oshirish uchun metodik va moddiy-texnikaviy imkoniyatlarning shaxsni rivojlantirish manfaatlariga mos kelishini taʼminlash lozim. Shunga ko‘ra, Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim muassasalari va darsdan tashqari fan to‘garaklari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va ularning metodik hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Masalan, “O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi” konsepsiyasi, “Maktabdan tashqari taʼlimga qo‘yilgan davlat talablari”, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi”, “Ustoz-shogird” va “O‘rgan-o‘rgat” anʼanaviy taʼlim majmualari amaliyotga joriy etilib, “Barkamol avlod” nomli yoshlar ijodiyoti markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Darsliklarni takomillashtirishda uslubiy jihatlarga eʼtibor qilish bilan bir qatorda, umumiy o‘rta taʼlim mazmunining milliylik asosida tuzilishini hisobga olish zarur. Shu bilan birga, quyidagi muhim vazifalar darsliklarda hal etilishi muhimdir: o‘quvchilarning umummilliy madaniy-maʼnaviy saviyasini rivojlantirish; o‘quvchilarning psixologik-pedagogik tayyorgarligini hisobga olish; o‘quvchilarni kasblarga qiziqtirish; o‘quvchilar shaxsini kamol toptirishda, ularning mehnat anʼanalariga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishda muallif qo‘llaniladigan metodlarning ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi metodlar - meʼyoriy hujjatlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, taʼlim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish, ekspertiza va mutaxassislardan o‘tkazish, tahliliy baholash, umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik va matematik tahlil va boshqa ko‘pgina usullarni o‘z ichiga oladi. Mazkur vazifalarni hal etish uchun o‘quv-tarbiya jarayoni tizimini umumnazariy (taʼlim-tarbiya nazariyasi va uslubiyati), amaliy (mamlakat va mintaqada taʼlim uzviyligini taʼminlash maqsadida barcha turdagi taʼlim muassasalari uchun namunaviy dastur, o‘quv rejasi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash), tashkiliy boshqaruv, yaʼni (xalq taʼlimini boshqaruv) xalq taʼlimini boshqaruvchi davlat tizimi tuzilmasini ishlab chiqish, maʼmuriy to‘siqlarni bartaraf etish, barcha turdagi taʼlim muassasalarining o‘zaro hamda ilmiy ishlab chiqarish jamoalarining maktab bilan hamkorlik qilishi, taʼlim muassasalarining masʼulligi va mustaqilligini oshirish hamda erkinlashtirish va demokratlashtirish nuqtai nazaridan tadqiq etish lozim. Milliy dasturda belgilanishicha maktab o‘quvchisining dunyoqarashini shakllantirish, milliy g‘ururini tarbiyalash, yuksak milliy g‘ururli inson bo‘lib yetishishi uchun barcha tarbiyaviy tadbirlarning pedagogik taʼsiridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish zarur bo‘ladi. Aqlan yetuk, axloqan barkamol, dunyoqarashi keng, jismonan sog‘lom yoshlarni tarbiyalash jamiyatning moddiy va maʼnaviy taʼsiri orqali amalga oshiriladi. Inson muayyan bir jamiyatda yashar ekan, shu jamiyatdan tashqariga chiqib keta olmaydi. Shuning uchun uzluksiz taʼlim-tarbiya tizimini isloh qilish, buning natijasida, ko‘p millionli yoshlarning mustaqil hayotga yo‘llanma olishlarida, qolaversa, yoshlar taqdirini hal qilish orqali davlat rivojlanish taraqqiyotini belgilashda, avvalo, o‘qituvchilarning o‘zlarini milliy g‘urur mohiyatini anglab yetadigan insonlar etib tarbiyalash zarur. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining Yangi avlodini takomillashtirish konsepsiyasida taʼkidlanishicha, davlat taʼlim standartlarining aniq o‘quv fani bo‘yicha emas, balki taʼlim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilishi o‘quv fanlarini variativ tanlash asosida o‘quv-metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darsliklar)ni takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‘quv fanlariaro bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlariaro uzviylikni taʼminlashga xizmat qiladi. 6 Jamiyat tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda yoshlar, jumladan, maktab o‘quvchilarida qardosh xalqlar tiliga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, yosh avlodda vatanga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida ularni o‘zga xalqlar tili va madaniyatiga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash usullarini takomillashtirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Masalan, taʼlim fidoiysi S.Majidov Qoraqalpog‘istonda tovush usulida birinchi marta darslik yaratgan muallifdir. Uning fikricha, bu usulda o‘qish, asosan tovushlarni amaliy o‘rgatishdan boshlanadi. Yangi o‘rganilayotgan harf (tovush) boshqa tovushlardan alohida ajratilib, harfning yozib ko‘rsatilishi, bo‘g‘in, so‘z yozishning o‘ziga xosligi va boshqa xususiyatlari uqtiriladi. Harf, uning elementlari, yozish yo‘llari ko‘rsatiladi, bo‘g‘in va so‘zga biriktirilgan holda o‘zlashtirilgan tovushning to‘g‘ri talaffuz qilinishi va yozilishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Mazkur jarayondan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarga kouching asosida taʼlim berishda taʼlim-tarbiyaviy jihatlarni mutanosiblikda olib borish bo‘lgan. «Alifbe” darsligida ushbu talab va shartlarga muallif tomonidan qatʼiy amal qilingan. Bu haqda: ««Alifbe” tafakkur olamida maʼqul ko‘rilgan tovush usuli bilan yozildi. Bu uslub so‘z uslubiga nisbatan dastlab murakkabdek ko‘rinsa ham, amalda foydali ekanligi sinalgan. Tovushlar, tovushlarning qog‘ozga tushirilgan shakli-harflar alohida, birma-bir o‘rgatilib hamda ularni qo‘shib, biriktirilganda hosil bo‘lgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish kerak”, – deb yozgan edi muallif. 7 Maʼlumki, shaxsning imkoniyatlariga tayangan holda yo‘lga qo‘yiluvchi kasbiy faoliyat mutaxassisdan aqlan barkamol bo‘lishni talab etadi. Shuningdek, barqaror diqqat, uzoq muddatli eʼtibor, umumiy jarayonni birdek nazorat qila olish, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘ta aniqlik bilan bajarish, yuzaga kelgan vaziyatga to‘g‘ri baho bera olish, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish yuzasidan oqilona qaror qabul qilish, shaxsiy xatti-harakat mohiyatini tanqidiy baholash kabi layoqatlarning mavjud bo‘lishi mutaxassisga mazkur jarayonda vaqtni tejash, yutuqlarga erishish, shuningdek, olib borayotgan faoliyatidan moddiy va maʼnaviy manfaat ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Negaki, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bevosita insonning shaxsiy bilimlari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maʼrifiy-madaniy, adolatli va insonparvar jamiyatda yosh avlodni, xususan, o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, axloqli, odobli insonlar sifatida kamol toptirish ularda quyidagi xususiyatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Zero, mustaqillik davri milliy istiqlol maʼnaviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy his-tuyg‘ularni, g‘ururni, vatanparvarlikni o‘stirish va mustahkamlash bilan bog‘liqdir. Milliy maʼnaviyat tarbiyasi, milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishni darslarda yuqori saviyada tashkil etish, o‘quvchilar til bilimini mazmunan boy, ilmiy saviyada uyushtirish zarurati darsliklar materialining pedagogik va uslubiy jihatdan pishiq bo‘lishiga muallif tomonidan eʼtiborni kuchaytirishni taqozo qiladi. Respublikamiz taraqqiyotida o‘qituvchining tutgan o‘rni, hozirgi sharoitda uning bajaradigan vazifasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, raqamlarga murojaat qilaylik. Respublikamizda 18 yoshgacha bo‘lgan aholi taxminan 15,8 mln. kishini tashkil etadi. Bu esa respublikamizdagi 36 mln. aholining sal kam yarmi taʼlim muassasalarida bevosita o‘qituvchi faoliyatiga murojaat qiladi, demakdir. Faqatgina umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 5,5 mln. dan ortiq o‘quvchisida bolaning kelajagini belgilash bilan fan o‘qituvchilari shug‘ullanadilar. Ushbu fikrlardan kelib chiqib, biz tadqiqot jarayonida kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish, pedagogik vaziyatlar va imkoniyatlarni takomillashtirish ishlarini tahlil etish maqsadida tadqiqotimiz modelini ishlab chiqdik. Kouchningdan taʼlim jarayonida foydalanishning ilmiy-nazariy va uslubiy xususiyatlari: Pedagogik jarayonlar, tarbiya, taʼlim, til va adabiyotni o‘rganishga qaratilgan metodik asos va manbalarni tahlil qilish hamda tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganib chiqish Kouching asosida o‘rganishga qaratilgan xalqaro tahlillar va manbalarni ajratish; Kouchingning pedagogik va uslubiy jihatlarini tahlil etish, dars va mashg‘ulotlarda tajribalar o‘tkazish hamda xulosa tayyorlash; Kouching asosida o‘qitish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida mazkur jarayonni takomil-lashtirishni tahlil etish; Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish; Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish jarayonini takomillashtirish ishlarini tashkil etish modeli. Maktablarda kouching asosida darslarida bolalarning so‘z boyligini oshirish usullari bugungi kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti sifatida ko‘p olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan. Lekin, amaliy kuzatishlarimiz o‘quvchilarning nutqi va so‘z boyligi talab darajasida shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Bu o‘z o‘rnida fikrni aniq, to‘g‘ri, mazmunli, tushunarli qilib bayon qilishda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, o‘qish o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning ingliz (va boshqa chet) tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ularning so‘z boyligini oshirish metodlari olimlarimiz F.Aminova, Sh.Ashirov, J.Jalolov, L.Iliyeva, M.Inoyatova, O‘.Yo‘ldoshev, T.Madrahimov, G.Muxamedjanova, M.Rajapova, T.Sattorov, E.Erkayevlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarning diqqat markazida bo‘lgan. O‘quvchilar nutqini predmet belgisini bildirgan so‘zlar, yaʼni sifatlar bilan boyitish usullari qo‘shimcha ravishda mazkur olimlarning uslubiy qo‘llanmalari va maqolalarida yoritilgan bo‘lsa, darsliklardan foydalanishning uslubiy masalalari ularning dissertatsiyalarida batafsil tahlilga olingan. Gap shundaki, predmet belgisini bildirgan so‘zlarning darsliklarda takroriy qo‘llanishi soni haqidagi, shuningdek, darsliklarga kiritilishi lozim bo‘lgan sifatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlardan, bunday so‘zlarni o‘rgatish usullari va mashqlar tizimidan foydalanish ona tili darslarining samaradorligini oshirishga hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin. Mazkur ishlarni rivojlantirishga professor J.Jalolovning darsligini misol tariqasida keltirish mumkin: – u o‘z tahlillarida maktab o‘quvchilari nutqini predmet belgisini bildirgan so‘zlar bilan tadrijiy boyitish mazmunini ishlab chiqadi va maktablar hayotiga joriy etish rejalarini tuzadi. Shuningdek, o‘quvchilar nutqining talab darajasida emasligining sabablarini amaliy hamda nazariy jihatdan asoslaydi va shu bilan bir qatorda, o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llarini belgilab beradi, ilmiy asoslangan, amaliyotda tekshirilgan mashqlar tizimining ilmiy va uslubiy jihatlarini tahlilga oladi. Kouching asosidada “nutqni shakllantirish” tushunchasi doimo bir xil maʼnoda taʼriflanmaydi, ko‘p hollarda u “nutq” tushunchasi sifatida ko‘rib chiqiladi, “nutqni boyitish va rivojlantirish” tushunchasi esa yangilik takomillashtirish va ularni o‘zlashtirish hamda taʼlim muassasasi amaliyotida samarali qo‘llashni ifodalaydi. Nutqni shakllantirish jarayonini tashkil etish hamda ko‘zlangan natijalarga erishishda, eng avvalo, taʼlim muassasasidagi mavjud muammolarni o‘rganish va tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etishda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarni, maqsadni aniqlash, shuningdek, muassasaning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu jarayonning mazmun va mohiyatini belgilashning sifati va bajarilish samaradorligi subyektlarning faoliyatiga qay darajada bog‘liq bo‘lsa, taʼlim muassasasi faoliyatida belgilangan maqsadlarga ko‘ra yuqori natijalarga erishish ularning kouchingni o‘zlashtirishdagi faoliyatlari hamda o‘quv jarayonlarni tashkil etish qobiliyatlariga shu darajada bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan ham, yuqorida keltirilgan dalillarga tayanib, umumiy o‘rta taʼlim jarayonidagi taʼlim tizimiga mazmunan o‘zgartirish kiritish orqali, uning sifatini zamon talablari darajasida yaxshilash va kouching o‘rgatish bilan bog‘liq fan asoslarining psixologik hamda pedagogik bosqichlari yo‘nalishlarini ilmiy asoslash kerak bo‘ladi. Mazkur tadqiqot ishimizda mavzuga aloqador bo‘lgan dissertatsiyalar va ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, falsafiy, psixologik, pedagogik tomondan esa – uslublarni ishlab chiqish, taʼlim muassasalarida yangi avlod darsliklaridan foydalanish, kouching asosida o‘rgatish uslublarini takomillashtirish ishlarini tashkil etishda darsliklarning qiyosiy tahlilini o‘tkazish mavzulari muhim o‘rin tutdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat aʼzolari, ayniqsa, bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalash borasidagi yangidan-yangi pedagogik imkoniyatlarni izlash zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, malakali mutaxassislarni yetishtirish zarurati bilan bog‘liqdir. Chunki, kouching asosida fani bo‘yicha o‘quv dasturlari, DTS, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar tahlil qilinganda, shu narsa aniqlandiki, o‘qitishda metodik jihatlarning takomillashgan turlari hamda ularni qo‘llash haqidagi maʼlumotlar va manbalar - dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tarkibiga kiritilmagan. Kouching asosidani darslik orqali o‘rgatish jarayoni ilmiy asoslangan dastur va darslik mazmunida tizimli ifodalanishi kerak. Bunda kouching va chet davlatining anʼanalari haqidagi tushunchalar o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga qarab quyidagicha moslanishi talabga yaqinroq bo‘lar edi: – chet tillarga o‘rgatish darslari ko‘rgazmali qurollar asosida tashkil etilsa; – o‘quvchilarda chet tillariga o‘rgatishning psixologik va pedagogik qiziqishlari shakllantirilsa, o‘quvchilarda chet el xalqlari anʼanalariga moyillik va qiziqishni shakllantirishning pedagogik asoslari amaliy jihatdan o‘z isbotini topgan bo‘ladi. Kouchingga o‘rgatishning mazmuni Davlat taʼlim standartlariga mos kelishi kerak. Shundagina o‘quvchilarda kouching asosida darslarida turli xil rolli o‘yinlar orqali mazkur tilga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish mumkin. Mazkur farazlarni tahlil qilar ekanmiz, bizningcha, kouching asosida fanini o‘qitishda quyidagi vazifalarni hal qilish kerak bo‘aldi: 1. Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching asosida mashg‘ulotlarida o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish. 2. Kouching asosida darslarida o‘quvchilarda (ijodiy) matn tuzish malakasini shakllantirish omillarini aniqlash. 3. O‘qitish usullarini qo‘llashda o‘qitishning ko‘rgazmali va texnik vositalaridan foydalanishning xususiy mexanizmlarini ishlab chiqish. 4. Kouching asosida darslarida o‘quvchilarning so‘z boyligidan foydalanish mahorati hamda matn tuzish jarayonlarining uzviyligini taʼminlash maqsadida aniq yo‘naltirilgan uslubiy modellarni ishlab chiqish va tavsiya qilish. 5. Kouching asosida darslarida o‘quvchilarning lug‘at bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan vositalardan foydalanish amaliyotini davom ettirish va yangi manbalarni izlashga oid takliflar ishlab chiqish. 6. Kouching asosida darslarida o‘quvchilarning yozma ishlarni berilgan topshiriqlarga ko‘ra puxta bajarishlari yuzasidan malakaviy ko‘rsatmalar zarurligini tanqidiy jihatdan tahlil qilib borish. Ushbu vazifalarning nazariy jihatlarini hal etishda, masalan, T.Priesack, T.Tomscha ning “One World. The Cassel secondary English course”, Willard Woodruffning “Working Words in Spelling”, J.Jalolovning “Problemы soderjaniya obucheniya inostrannomu yazыku”, T.Sattorovning “Formirovanie professionalnыx umeniy buduщeo uchitelya inostranno yazыka na prakticheskix zanyatiyax po spetsialnosti (na materiali angliskoo yazыka)” va M.Bloxning “Teoreticheskaya grammatika anliskogo yazыka” nomli asarlari va ilmiy ishlari foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, taʼlim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni o‘qitishda uslubiy yondashuvlarni joriy etish asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ko‘tarish, o‘quvchilar o‘rtasida xorijiy tillarni biladigan, bilimli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va taʼlim tizimidagi islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan yangiliklarga kouching asosida o‘qituvchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borishda ularning joriy rejalari bilan cheklanib qolmay, o‘z ishlari kelajagi va rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda uzoq muddatlarga mo‘ljallangan “istiqbol” (ikki, uch, besh va undan ko‘proq) rejalarini tuzishi hamda ular asosida faoliyat olib borishlari zarur. So‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi, maktab tuzilishi va taʼlim jarayonini qayta qurish shunga olib keldiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga, yozishga va nutqqa o‘rgatish asosiy mashg‘ulotlardan biri deb qaraladi. Afsuski, ko‘p yillar mobaynida bolalarni o‘qishga, yozishga, mehnatga, nutqqa o‘rgatish va ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini shakllantirish kabi muhim omillarga unchalik eʼtibor berilmadi. Natijada, bolalar yuqori sinflarga o‘tganlarida o‘quv faoliyatlari nihoyatda susayib ketishining sabablaridan biri ham ana shunga bog‘liq bo‘lib qolganligi namoyon bo‘ldi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinflarni tugatgan ko‘pchilik o‘quvchilarda taʼlim jarayonida o‘qish, yozish, nutq va milliy anʼanalarga nisbatan munosabat, qiziqish, ko‘nikma va malakaning yo‘qligi, o‘z xatti-harakatlarini baholay olmaslik, o‘quv topshiriqlariga jiddiy munosabatda bo‘lmaslik hollarini uchratish mumkin. Bu esa yuqori sinflarda taʼlim jarayonining keskin o‘zgarishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, taʼlimda sifat va samaradorlikning pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda, eng avvalo, bolalar uchun o‘ziga xos shart-sharoit takomillashtirish orqali ularda o‘qish, yozish va nutqni o‘rganish, bilishga havas uyg‘otish va boshqa sifatlarni rivojlantirish, shuningdek, kichik maktab yoshidagi bolalarga bularni mukammal tushuntirish keyinchalik o‘zga xalqlar tilini o‘rganishda yaxshi samara berishi aniqlangan. Buning uchun taʼlim muassasalarida, ota-onalarning o‘z farzandlarini yakka holda tayyorlash orqali bolalar maktabga maʼlum amaliy ko‘nikma va malakalarga ega holda kelishlari, ularda his-tuyg‘ular, tafakkur-iroda sifatlari ozmi-ko‘pmi shakllangan bo‘lishi, shuningdek, milliy anʼanalarga nisbatan qiziquvchan bo‘lishi maktabda bola shaxsining kamol topishi uchun asosiy zamin hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda taʼlim-tarbiya ishlarining maqsadga muvofiq ravishda rivojlanishi va yaxshi natija berishi ko‘p jihatdan bola shaxsini tarkib toptirish, undagi qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash, o‘quvchining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, ko‘nikma va malakasi kabi holatlarning o‘ziga xos jihatlari borki, unga yondashish juda ko‘p sifatlarga bog‘liq. Boshlang‘ich taʼlim jarayoni uzluksiz taʼlimning dastlabki bosqichi bo‘lib, bunda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va usullari o‘ziga xos xususiyatga egadir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv bosqichida ularning o‘qishi, nutqi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi asta-sekin shakllanib boradi. Shunday ekan, ularga kouchingni ertaroq o‘rgatish masalalari ham anchadan beri mutaxassislarni qiziqtirib kelayotgan edi. Ushbu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ241-sonli qarori maqsadga muvofiq bo’ldi. Mazkur qarorda kouching asosidani boshlang‘ich sinfdanoq o‘rgatish masalalari yuzasidan taʼlim sohasi xodimlari oldiga qator vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish yoshlarimiz kelajagiga bo‘lgan yana bir muhim eʼtiborning yorqin namunasidir. Kouching asosida darslarini tashkil etish shunday murakkab jarayonki, unga hamma vaqt ham bir qolipda, bir xil yo‘nalishda yondashib bo‘lmaydi. Bu esa o‘quvchini ijodiy fikrlashga o‘rgatish uchun mashg‘ulotlarda o‘rni bilan induktiv va aralash metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Bunday yondashuv orqali alohida, xususiy holatlar asosida umumiy xulosalar chiqara olishga; umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat munosabatlarini farqlash natijasida ijodiy fikr ifodalashga imkon yaratiladi. Mazkur yo‘nalishda kouching asosida o‘qituvchilariga metodik jihatdan yordam beruvchi tavsiyalar, qo‘llanmalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar namunalarining yaratilishi bugungi kunda juda zarurligi Prezidentimiz qarori bilan o‘z vaqtida asoslandi. Prezidentimizning qaroridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgan bo‘lib, mazkur kengash bugungi kunda tegishli ishlarni olib bormoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘quv faoliyati bevosita boshqaruv ahamiyatiga ega. Lekin ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi shaxsining tarkib topishi uchun bu yetarli emas. Bu borada ahamiyatga molik ikkinchi fazilatga kelsak, bunda bolalarning asosiy ehtiyojini hisobga olib, o‘quv faoliyatini doimo o‘yin bilan boshlash va keng ko‘lamda amaliyotga joriy etish lozimligi aniqlangan. Albatta, bunday o‘yinlarda ko‘pincha harakat, jismoniy tarbiya va badiiy faoliyatni uyg‘unlashtirish orqali oz vaqt ichida ko‘p ishlarni bajarish ko‘zda tutiladi. Keyingi fazilatlardan biri shuki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar hisoblash, mehnat qilish, oddiy shakllar chizish, konstruksiyalarni plastilin, karton qog‘ozlar yordamida yasash yo‘llari orqali tushuntiriladi va bunday yondashuvning mohiyati kouching asosida taʼlim berish jarayoni bilan bog‘langan holda olib boriladi. Ushbu fikrlar ham davlatimiz rahbarining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z ifodasini yaqqol topdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Izohlanishi zarur bo‘lgan I-II sinflarda o‘quv yilining birinchi yarmida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalaridagi miqdoriy baholashdan, iloji bo‘lsa, voz kechish nazarda tutiladi. Bu davrda bolalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z faoliyatini baholash singari o‘qitishning muhim jihatlarini shakllantirib, puxta yo‘naltirilgan sifatiy baholar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich taʼlim umumiy o‘rta taʼlimning dastlabki bo‘g‘ini ekanligini hisobga olib, o‘quvchilarga kouching asosida o‘qitish jarayonida beriladigan bilimlar bosqich hamda ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi va ular quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchi shaxsi tarbiyasidagi barcha vazifalarning sinflarda qo‘llanilishiga alohida eʼtibor qilinadi. 2. O‘quvchilarda hosil bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar ketma-ket, izchil shakllantiriladi. 3. O‘quvchilarning dastlabki o‘qish, yozish va nutqqa oid nazariy bilimlarni egallashiga ko‘maklashiladi. 4. O‘quvchilarga kundalik sharoitda oddiy, murakkab bo‘lmagan so‘zlarni tushunishlari (baʼzan kichik lug‘atlardan foydalangan holda) va ularni qo‘llash usulidan xabardor bo‘lishlari lozimligi tushuntiriladi. 5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini kuzatib borish, shuningdek, tilni o‘rganishga odi bo‘lgan zarur bo‘lgan tadbirlarni o‘tkazish esa ilmiy-nazariy holatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Download 159.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling