Tadqiqot obyekti. Umumtaʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitishning mavjud jarayonlari, texnologiyalari, shakl va uslublari.
Tadqiqot predmeti. Umumtaʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitishda foydalaniladigan darsliklar, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, zamonaviy texnik vositalar.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot ishida kuzatish, turli manbalarni tahlil qilish, pedagogik tajribalarni oʼrganish va ommalashtirish, soʼrovnoma, suhbat, pedagogik tajriba-sinov mashgʼulotlari oʼtkazish, taqqoslash, olingan natijalarni hisobga olish, tahlil qilish, umumlashtirish, matematik-statistik usullar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida taʼlim berish tarixi va uslubiyati oʼrganildi;
kouching asosida taʼlim muassasalari darsligini zamonaviy taʼlim jarayoniga mosligi qiyoslandi;
maktablarda kouching asosida oʼqitishning shakl va metodlari baholandi; kouching asosida darsligining amaliy-uslubiy mazmuni va didaktik xususiyatlari tavsiflandi hamda pedagogik jihatlari yoritildi;
umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida umumiy jarayonlar va darslikdan foydalanish masalalarini takomillashtirishga oid pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tillarga oʼrgatish jarayonining nazariy-uslubiy jihatlari kouching asosida darslarida oʼquv darsliklari va yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning zaruriyati bilan izohlandi. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga uslubiy jihatdan kuchaytirish boʼyicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotimiz jarayonida kouching asosida darsligi chop etilishi va uning umumtaʼlim muassasalari faoliyatida qoʼllash uchun Maktabgacha va maktab ta’lim taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya etilishi; zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kouching asosida darslar jarayonini takomillashtirishga qaratilgan usullarning ishlab chiqilishi; dissertatsiya materiallaridan kouching asosida, ona tili va adabiyoti, chet tillari oʼqitilishida, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |