Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish


II-BOB. KOUCHINGDAN PEDAGOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AMALIY JIHATLARI


Download 159.32 Kb.
bet10/19
Sana22.06.2023
Hajmi159.32 Kb.
#1647703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
ilmiy ish oxirgi

II-BOB. KOUCHINGDAN PEDAGOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AMALIY JIHATLARI

2.1. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik muammolari

Bugungi kunda jamiyatning madaniy va ilmiy yutuqlarini anglash darajasida muloqot qila oladigan, muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yoshlarga ehtiyoj kuchayib bormoqda. Insonning matn vositasida o‘zaro axborot almashinuvga bo‘lgan ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Bu ehtiyojni taʼlim jarayonida izchil tarzda muloqot matni takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirib borish natijasida qondirish mumkin. Buning uchun o‘quv-biluv jarayonida o‘quv topshiriqlari, mashqlar, didaktik jarayonlarning mazmunini o‘quvchining muloqot matni takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish muhimdir. Maʼlumki, uzoq yillar mobaynida o‘quvchining savodxonlik, matn takomillashtirish ko‘nikmalarini faqatgina ona tili, o‘qish, adabiyot darslarida shakllantirish mumkin, degan noto‘g‘ri yondashuv hukm surib keldi. Hozirgi o‘quvchilar muloqot matni takomillashtirish ko‘nikmalarini hech bo‘lmasa texnik vositalar yordamida o‘zlashtirishlari haqiqatdir. Shuning uchun bugungi o‘quvchi mikrosotsiumda o‘zining munosib o‘rnini topishi, jamiyat aʼzolari bilan o‘zaro teng saviyada muloqot qilishi, axborot almashishi, barcha sohalarda aniq fikr yuritadigan, uyg‘unlashgan bilimlar negizida shakllangan muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxs sifatida gavdalanishi lozim.


Kouching asosidada muloqot matnini takomillashtirishda ham baʼzi uslubiy mexanizm va vositalarni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir, bunda, masalan:
– birinchidan, o‘quvchilarning kouching asosidada muloqot matni takomillashtirishga oid ko‘nikmalarining didaktik asoslarini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish;
ikkinchidan, kouching asosidada muloqot matni takomillashtirishga oid ko‘nikmalarni shakllantiruvchi mazmun, vosita va usullardan foydalanishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maʼlum elementlarini ularga qo‘shish;
– uchinchidan, kouching asosidada muloqot matni takomillashtirish ishlarini uslubiy jihatdan rivojlantiruvchi ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi.
Respublikamizda xalq taʼlimi tizimida pedagog mutaxassislarning shaxsiy ko‘nikma va malakalari, kasbiy mahoratlari va shaxsiy fazilatlarini monitoring orqali kuzatib borish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, o‘qituvchilarning pedagogik mahorat darajalarini takomillashtirish borasida olib borilayotgan tadbirlar uchun kerakli bosqich bo‘lib sanaladi. Biz o‘z kuzatishlarimiz va tadqiqotlarimizni olib borishda, avvalo, o‘qituvchilarning o‘z kasbiy tayyorgarligi darajasiga tavsif berishga ham harakat qildik.
Shunga ko‘ra, respblikamiz umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishda fan o‘qituvchilari quyidagi uslubiy ko‘rsatmalarga eʼtibor qilishlari kerak bo‘ladi, deb hisoblaymiz:
– birinchidan, o‘quvchilarda muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining mazmunini tahlil qilishda o‘qitishning ochiq, innovatsion ahamiyat kasb etishini taʼminlashga xizmat qiladigan yangi omillarga tayanish;
– ikkinchidan, o‘quvchilarning muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim jarayoni natijasida hosil bo‘lgan ko‘nikmalarning sifatini aniq uslubiy talablar asosida baholash;
– uchinchidan, o‘quvchilarning muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini texnologik izchillikda tashkil etish;
– to‘rtinchidan, o‘quvchilarning muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishda ularning yosh xususiyati va taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda topshiriqlar mazmuni va hajmini aniq belgilab berish;
– beshinchidan, taʼlim mazmunining yangi modeli o‘quvchilarda keng maʼnodagi kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutgan holda belgilanishini hisobga olish;
– oltinchidan, o‘quv jarayonining o‘quvchilarda muloqot matnini takomillashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradigan uslubiy-didaktik asoslarni bilish o‘qituvchi pedagogik mahoratini boyitishga xizmat qilishini yodda tutish.
O‘quvchining shaxsiy fazilatlari nafaqat til o‘zlashtirish yoki muloqot matnini takomillashtirish jarayonida, balki, boshqa bir jarayonlarda, masalan, maʼnaviy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlar taʼsirida shakllanishini ham eʼtiborga olish kerak. O‘quvchining shaxs sifatida, maʼlum bir tilni o‘rganishga bo‘lgan intilishi va qiziqishi, o‘zga xalqning ijtimoiy tarixiga munosabati, oilasi va qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat-eʼtiborni baholay olish uslubi, tarbiya jarayoniga oid shaxsiy fikri hamda mulohazalari borligini ko‘rsatib turuvchi omillardir.
Bundan tashqari, o‘quvchilarda o‘z zamonasida yuz berayotgan turli o‘zgarishlar, xorijiy davlatlardagi jarayonlar, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan voqealar to‘g‘risida ham o‘z tasavvurlari mavjud bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchining, shaxs va fuqarolik sifatlariga pedagogik chizgilar qo‘yib, mazkur sifatlarni baholab (taxminan bo‘lsa-da), u taʼlim olayotgan muassasada ana shu fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etishi lozim.
Demak, maktablarda kouching asosida o‘qitilishida, so‘zlashuv uslubiga amal qilgan holda, sof adabiy tilni o‘zlashtirish va yozma savodxonlikka erishish uchun ikki o‘zbek va kouching asosidaning unli fonemalar tizimini solishtirish, o‘zbek tilidan farq qilgan holda kouching asosidadagi unli fonemalarning aytilishi va yozilishidagi farqlarni o‘rganishning dastlabki bosqichini mustahkam egallash maqsad yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lmog‘i zarur. Bu muammoning ilmiy jihatdan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi esa hududimiz maktablarining boshlang’ich sinflarida kouching asosida fonetikasini ona tili materiallariga qiyoslab o‘rgatishdagi dolzarb bo‘lgan uslubiy muammolari qatoriga kiradi.
Mazkur uslubiy masalarni hal etishda, birinchi navbatda, quyidagi vazifalarning yechimini izlash kerak bo‘ladi:
– umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida kouching asosida o‘qitish uchun chop etilayotgan darslik va dasturlarning hozirgi ahvolini tahlil qilish;
– yoshlarga kouching asosidani o‘rgatishning pedagogik hamda psixologik xususiyatlarini aniqlash va yoritish;
– kouching asosida o‘qitishda interfaol hamda innovatsion usullardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqishni tashkil qilish.
Bundan kelib chiqib, kouching darslarini takomillashtirishga qaratilgan manbalarni tahlil qilishga kirishar ekanmiz, avvalambor, uslubiy jarayonlarning dars va mashg‘ulotlarda tutgan o‘rnini o‘rganib chiqishimiz nihoyatda muhimdir.
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining hozirgi bosqichi o‘quv-tarbiya muassasalarida kouchingni o‘rganish ishlarini tubdan qayta qurish va ularning samaradorligini oshirishni talab qilmoqda. O‘quvchilarni kouchingni o‘rganish to‘garaklariga qatnashtirish ularning egallagan bilimlarini mustahkamlashi va amalda mustaqil ishlashiga ko‘maklashadi. Til o‘rganish jarayonida o‘quvchilar umumtaʼlim jarayonida egallagan bilimlarini mustahkamlashga erishadilar.
Til o‘rganish to‘garaklarida o‘quvchilar muayyan bir topshiriqni har tomonlama o‘rganadilar. Bunday o‘rganish obyekti sifatida o‘rganilayotgan tilning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, uning tarixiy, madaniy sharoitlari olinishi mumkin.
Til o‘rganuvchilar o‘z qidiruv ishlari davomida geografiya, tarix, etnografiya va boshqa fanlar bilan bog‘lanadilar, qo‘shimcha materiallardan foydalanadilar.
Maktab kouching asosida taʼlim berish jarayonining ijtimoiy hayot bilan aloqasini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda o‘quvchilar axloqiy, estetik va maʼnaviy jihatdan tarbiyalanadilar va barkamol shaxs sifatida shakllana boshlaydilar.
Maktabda kouching asosida taʼlim berish mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyati rivojlanadi. Ana shu nuqtai nazardan ham, o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda chet yoki qardosh xalqlar tilini o‘rgatish alohida ilmiy qiymatga ega, deyish mumkin.
Qo‘shimcha taʼlimning muhim jihatlaridan biri doimo yoshlar bilimini rivojlantirib borish orqali o‘quvchilarning tasavvurlari va dunyoqarashlarini shakllantirish, ularni dunyoning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish kabi ishlardan iboratdir.
Kouching o‘rgatishdagi uslubiy jarayonlarga yuqorida biz bergan taʼriflarning barchasida, uning asosiy xususiyatlari pedagogik nazariyani o‘zida mujassamlashtirishga harakat qiladi, deb fikrni umumlashtirgan edik. Vaholanki, eskirib qoladigan uslubiy jarayonlar ham mavjud. Chunonchi, taʼlim jarayonidagi reyting baholash, darslarni o‘zaro tahlil qilish, sifat va samara ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi uslubiy mexanizmlar bugungi kunda yangilikdir.
Uslubiy jarayonlar darslarda ko‘zlangan maqsadlarning manfaatlariga javob berishi kerak. Ular o‘z-o‘zidan joriy etilmaydi. Qanchadan-qancha tajribalar, aniqliklar kiritish asnosida tavsiya qilinadi.
O‘quv rejalarini tuzishda o‘quvchilarning samarali o‘zlashtirishlarini taʼminlash uchun sinf darslarini aniq tashkil etishni rejalashtirish bilan bir qatorda, sinfdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni ham yuqori saviyada o‘tkazish talab etiladi. Chunki tarbiyaviy tadbirlar o‘quv jarayonining takomillashishiga, to‘laqonli bo‘lishiga yordamlashadi.
O‘quv rejalari to‘liq amalga oshishini taʼminlashda o‘qituvchilar pedagogik mahoratining oshib borishi uslubiy omillarning yetakchi qismi bo‘lib hisoblanadi. Bu sohani taʼminlashga yordam qiladigan fanlar guruhini yanada takomillashtirib borishni o‘qituvchi o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi kerak. Chunki taʼlim-tarbiya jarayoni o‘zgaruvchan bo‘lib, hamisha yangi pedagogik, axborot, psixologik, metodik texnologiyalar bilan to‘lib boraveradi.
O‘quv rejalari va dasturlarida ko‘rsatilgan amaliy mashg‘ulotlar, ayniqsa, turli xil nomdagi tadbirlarni sifatli, xilma-xil ko‘rinishda tashkil etish – kouching asosida o‘rganish jarayoni bilan bog‘liq ishlar sifatini zamonaviy talablarga mos ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yangilanish jarayonida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ssenariy tanlanishidan boshlanib, tadbir texnologiyasi hamda ijro mahoratini baholashgacha bo‘lgan bosqichlar sifatli ravishda amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Yangilangan sharoitda taʼlim tizimining bu bosqichga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoji – davlat buyurtmasi o‘zgarib turishi sababli, taʼlimning maqsadi, vazifalari va tuzilishi, qisman bo‘lsa-da, o‘zgarishlarga to‘lib boraveradi. Taʼlim mazmunini taʼminlaydigan DTS, o‘quv rejalari va dasturlari yangidan ishlab chiqilishi uzviy davom etadigan jarayon bo‘lgani bois, o‘qituvchining shaxsiy kuzatuvi va shu yuzasidan fikri ham muhim o‘rin tutadi.



Download 159.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling