Kovul (capparis spinosa L.) O`Simligining kimyoviy xossasi, ozuqaviy qiymati va xalq tabobatidagi ahamiyati
Download 0,5 Mb.
|
KOVUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. (A)
FENOL VA YOG` KISLOTALAR
Fenollar — gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab F. 1 atomli, 2 atomli va kup atomli boʻladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1vakili — oksibenzol S6N5 ON odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va l krezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorining fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli F. odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezorsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Koʻp atomli F. pirogallol, floroglyutsin deyiladi. Fenolokislotalar fenol gidroksili hisobiga spirtlar bilan oddiy efirlar, kislotalar bilan esa murakkab efirlar bera oladi; fenolar singari fenolkislotalar ham temir(III)- xlorid bilan bo’yalish reaksiyasini beradi. Salisilat yoki o-oksibenzoy kislota (acidum salicylicum) “salisilat kislota” degan nom lotincha Salix-tol degan so’zdan kelib ciqqan. Tol po’stlog’ining tarkibida alisin glyukozidi mavjud bo’lib, u gidrolizlanganda, fenol spirit saligenin C6H4(OH)CH2OH vujudga keladi. Saligeninni oksidlab salisilat kislota olinadi. Tabiiy o`simlik moylaridagi to`yinmagan yog` kislotalari asosan tsis- izomer holida bo`lishi aniqlangan. Eleostearin kislotasi bundan mustasno. Hayvonlar yog`ida ham tsis- izomer holidagi kislotalar miqdori ko`p, ammo, trans- formadagi kislotalar ham uchraydi. Yog`larda qo`shbog`lari soni 1 tadan 6 tagacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar uchraydi. O`simlik va quruqlik hayvonlari yog`ida qo`shbog`lari soni 1 tadan 4 tagacha bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari aniqlangan. To`yinmaganlik darajasi bundan yuqori bo`lgan kislotalar asosan dengiz hayvonlari va baliklar yog`i tarkibida bo`lishi mumkin. 4-rasm. (A) Kovul tarkibida uchrovchi oltingugurtli organik birikmalar. (B) Kovuldan ajratib olingan furan va pirol analoglari. 23 = Glucobrassicin, 24 = Neoglucobrassicin, 25 = 4-Methoxyglucobrassicin, 26 = 4-Hydroxyglucobrassicin, 27 = 6-Methoxy-2-(methylthio)-1H-indole-3-carboxaldehyde, 28 = (3S)-(-)-6- Methoxy-2’-(methylthio)spiro[3H-indole-3,5′(4′H)-thiazol]-2(1H)-one, 29 = Glucocapparin, 30 = 5,5’-[Oxybis(methylene)]bis[2-furancarboxaldehyde], 31 = 5- (Hydroxymethyl)furfural, 32 = 4-Hydroxy-5-methyl-3-furancarboxylic acid, 33 = 5-(Methoxymethyl)-1H-pyrrole-2-carbaldehyde, 34 = 3,4,5-trihydroxypentanoic acid γ-lactone, 35 = Capparisine B, 36 = 2-(5-hydroxymethyl-2-formylpyrrol-1-yl) propionic acid lactone, 37 = Capparisine A, 38 = N-(30-maleimidy1)-5-hydroxymethyl2-pyrrole formaldehyde, 39 = Capparisine C Download 0,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling