Kovul (capparis spinosa L.) O`Simligining kimyoviy xossasi, ozuqaviy qiymati va xalq tabobatidagi ahamiyati


NUKLEOTIDLAR VA NUKLEIN KISLOTALAR


Download 0.5 Mb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1396195
1   2   3   4   5
Bog'liq
KOVUL

NUKLEOTIDLAR VA NUKLEIN KISLOTALAR
Nukleozidlar va nuklein kislotalar (2-rasm) hayvon hujayralari tarkibida uchraydi, chunki ular ATF energiyasi hosil bo'lish jarayonida ishtirok etadi. Uratsil va adenozin esa o'simlik mevalari tarkibida uchraydi. Nukleozidlar va nuklein kislotalar kovul o'simligi tarkibida mavjud bo'lib, undan umumiy alkaloidlarni ekstraksiya qilish usuli bilan ajratib olinadi.
ALKALOIDLAR
Kovul o'simligi tarkibida alkaloidlar eng katta guruhlardan biridir. Ular ildiz poʻstlogʻi va mevalarida mos ravishda taxminan 0,91 va 0,86 gramdan bo'ladi. Kovul o'simligi barglarida alkaloidlar qayd etilmagan. Alkaloidlarning ikkita asosiy sinfi farqlanadi: indollar va spermidinlar. Spermidinlar faqat ildizlar tarkibi uchraydi, indollar esa mevalarda ko'p bo'ladi.
FURANLAR
Furan tarkibida kislorod geteroatomi saqlagan besh a’zoli siklik birikma bo’lib, u ko‘p turli dori moddalarning molekula tuzilishida ishtirok etadi. Ayniqsa, furan halqasining beshinchi holatidagi uglerod atomida nitroguruh saqlagan hosilalari tibbiyotda turli yuqumli kasalliklarni davolashda antimikrob modda sifatida alohida o‘rinni egallaydi.
5-nitrofuranning bakteriyalarga qarshi bo’lgan yo’qori ta’sirga ega bo’lgan yangi dori vositalarini yaratishda Latviya fanlar akademiyasiga huzuridagi organik sintez ilmiy tekshiruv instituti xodimlari (S.A.Giller, R.Yu.Kalinberg, E.Yu.Gudriniets va boshq.) 1947-yildan boshlab olib borgan ilmiy izlanishlari katta ijobiy natijalar berdi. Ularning 5-nitrofuran asosida sintez qilib olgan ko‘p sonli moddalaridan furatsilin, furazolidon, furadonin, furazolin, furagin kabi preparatlari hozirgi vaqtda tibbiyotda keng qo‘lanilmoqda.
5-nitrofurfurol semikarbazon. Sariq yoki yashil-sarg'ish rangdagi kristall kukun korinishida bo’ladi.Bu dori vositasi Suvda juda kam; 95 %li spirtda kam; efirda deyarli erimaydi,ishqorlar eritmasida eriydi. Dori shakli: tabletka, surtma dori.Antibakterial vosita.
FLAVONOIDLAR
Flavonoidlar dеb bеnzo γ - piron (xromon) unumi va asosida С6 - С3 - С3 uglеrod atomlaridan tashkil topgan fеnil propan skilеti bo’lgan tabiiy birikmalarga aytiladi.
Eng birinchi o’simlikdan sof holda ajratib olingan flavonoid sariq rangda bo’lgani (lotincha flavrum-sariq) uchun ham bu gruppadagi birikmalarga flavonoidlar dеb nom bеrilgan.
1-1,5 g (aniq tortib olingan) quritib maydalangan mahsulotni 100 ml hajmli kolbaga solib, 30 ml xloroform quyib sovutgich ulab suv hammomida 5 minut qizdiriladi, kеyin xloroformga o’tgan ballast moddalari bilan filtrlab olinadi. Bu ishni 2 marta takrorlab, idishdagi mahsulotni xloroform hidi kеtguncha quritiladi, (50 - 600 C). Kеyin kolbaga 30 ml mеtil spirti (mеtanol) quyib 30 minut qaynatiladi, va spirtli flavonoidlar ajratmasi 50 ml li o’lchov kolbasiga solinadi, mahsulotni 1-2 marta chayib, yana o’lchov kolbasiga solib, bеlgisigacha еtkaziladi. Flavonoidlarni ekstraktdagi miqdorini fotokolorimеtr yordamida aniqlanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling