Koʻz gavhari haqida Katarakta sabablari Katarakta klassifikatsiyasi


Download 21.93 Kb.
bet2/6
Sana21.02.2023
Hajmi21.93 Kb.
#1219393
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Katarakta

Katarakta sabablari
Katarakta etiologiyasi va uning rivojlanish mexanizmida bir necha nazariyalar mavjud boʻlsada, ularning hech biri kasallik rivojlanishining aniq sababini isbotlab bera olmaydi. Oftalmologiya sohasida keng tarqalgan nazariyalardan biri bu – erkin radikallar oksidlanishi, organizmda hosil boʻlgan erkin radikallar – nostabil jufti yoʻq elektronga ega boʻlgan molekulalar hosil boʻlishi va toʻplanishi kuchli oksidlanishga sabab boʻladi.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Astigmatizm kasalligi

Lipidlarning peroksidli parchalanishi va toʻyinmagan yogʻ kislotalarning koʻpayishi qarilik va diabetik katarakta, glaukoma, jigar sirrozi, gepatit, bosh miyada qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Organizmda erkin radikallar hosil boʻlishi esa zararli odatlar va ultrabinafsha nurlar bilan zaharlanish natijasida roʻy beradi.


Katarakta rivojlanish mexanizmida katta ahamiyatga ega boʻlgan omillardan yana biri organizmning yosh oʻtishi bilan antioksidant xususiyatining pasayishi, vitaminlar yetishmovchiligi (vitamin A, E va boshqalar). Bundan tashqari koʻz gavhari oqsilining fizik-kimyoviy tarkibi oʻzgarishi ham katta yoshli insonlarda kuzatiladi. 
Koʻzning yalligʻlanishli kasalliklari natijasida koʻz ichi suyuqligi tarkibining oʻzgarishi, gavharga yetarlicha ozuqaviy moddalar oʻtmasligi, siliar tana disfunksiyasi (Fuks sindromi), terminal glaukoma, pigmentativ degeneratsiya va toʻr parda koʻchishi ham katarakta rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Qarilik omilidan tashqari katarakta rivojlanishida surunkali ogʻir kechuvchi infeksion kasalliklarning ham roli katta, masalan tif, malyariya, suvchechak va boshqalar, och qolish, anemiya holatlari, kuchli nurlanish (insolyatsiya), radiatsiya taʼsiri, toksik zaharlanish (simob, talliy, naftalin) ham katarakta kasalligiga olib kelishi mumkin.
Katarakta rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillariga endokrin tizimidagi patologiyalar (qandli diabet, tetaniya, mushaklar distrofiyasi, adipozogenital sindrom), Daun kasalligi, teri kasalliklari (sklerodermiya, ekzema, neyrodermit, Yakob poykilodermiyasi) kabilar kiradi.
Asoratlar natijasida rivojlanuvchi katarakta koʻpincha koʻz olmasi travmasi, kuyishi, koʻzda oʻtqazilgan jarrohlik amaliyotlari, oilada katarakta bilan kasallangan insonlar boʻlishi, miopiyaning oʻgir darajasiuveit oqibatida yuzaga keladi.
Tugʻma katarakta koʻp holatlarda embrion koʻruv tizimi shakllanayotgan davrda toksik taʼsirlar natijasida kelib chiqadi. Tugʻma kataraktaga sabab boʻluvchi holatlarga homiladorlik vaqtida oʻtkazilgan infeksion kasalliklar (gripp, qizilcha, qizamiqtoksoplazmoz), kortikosteroidlar qabul qilish va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling