Ko’z Kasalliklari


Glaukomaning 2 turi mavjud. O‘TKIR GLAUKOMA


Download 0.88 Mb.
bet9/18
Sana28.04.2020
Hajmi0.88 Mb.
#101870
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
ko'z kasalliklari

Glaukomaning 2 turi mavjud. O‘TKIR GLAUKOMA.


Bu bosh yoki ko‘zda birdan qattiq og‘riq turishi bilan boshlanadi. Ko‘z qizarib, xiralashadi. Ko‘z soqqasiga tegilganda marmardek qattiq bo‘lib seziladi. Odam qayt qiladi. Og‘riyotgan ko‘zning qorachig‘i sog‘lom ko‘z qorachig‘iga nisbatan kattaroq bo‘ladi.

normal qorachiq


glaukoma qorachiq
Agar o‘tkir glaukomaga tez davo qilinmasa, u bir necha kun ichida ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Bu holatda ko‘pincha operatsiya qilinadi. Tez tibbiy yordamga murojaat qiling.


SURUNKALI GLAUKOMA

Ko‘z bosimi asta-sekin ko‘tariladi. Odatda hech qanday og‘riq sez- ilmaydi. Kasallik yon tarafni yaxshi ko‘ra olmaslikdan boshlanib, ko‘rish asta yomonlashib boradi, ko‘pincha bemor uning yomonlashayotganini sezmaydi. Yon atrofni ko‘rishni tekshirish yo‘li bilan kasallikni bilib olish mumkin.





GLAUKOMA (Ko’ksuv) BOR YO‘QLIGINI TEKSHIRISH

Kasal bir ko‘zini biror narsa bi- lan berkitsin va ochiq ko‘zi bilan

ro‘parasida turgan narsaga qarasin. Kasal boshi orqasidan ikkala taraf- dan ham kelayotgan qo‘llarni ko‘ra olishiga e’tiboringizni qarating.


Odatda qo‘llar birinchi bor mana bu joydan ko‘rina boshlaydi.
Glaukomada barmoqlar harakati birinchi bor deyarli bemor ro‘parasi- da ko‘rina boshlaydi.

Agar kasallik erta aniqlansa, maxsus ko‘z tomchilari (Pilokarpin kabi) yordamida ko‘rlikning oldini olish mumkin. Dorining miqdori ko‘z bosimini o‘lchashni biladigan shifokor tomonidan vaqti-vaqti bilan tekshi- rilishi kerak. Tomchilardan kasalning umri davomida foydalanish kerak. Iloji bo‘lsa, operatsiya bilan davolash eng ishonchli yo‘ldir.



Oldini olish:

Yoshi 40 dan oshgan va glaukomali qarindoshlari bor odamlar ko‘zlarining bosimini har yili tekshirtirib turishlari kerak.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling