Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalari. Reja
LIFTLARNING IKKI TEZLIKLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI
Download 45.52 Kb.
|
2-semestr sirtqi 1-mavzu
LIFTLARNING IKKI TEZLIKLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI.
Reja: Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi; Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi sxemasi va tavsiflari Avtomatik sikllarda ishlovchi andozaviy sanoat mexanizmlarining alohidagi guruhi bu ko’tarish mexanizmlari: liftlar, shaxtalardagi skip va klet ko’tarish moslamalari, mayatnik turidagi po’lat arqon yo’llari va boshqalar. Ushbu mexanizmlarning elektr yuritmalariga qo’yiladigan umumiy muhim shart – bu to’xtashning talab etilgan aniqligini ta'minlash. Sekin yuruvchi liftlarning tezligi kichik bo’lganligi tufayli (0,5 m/s gacha) ularning aniq to’xtashligi oddiy ta'minlanadi: motor elektr tarmoqdan uziladi va mexanik tormoz ishga tushiriladi. Ishga tushirish va tormozlashning o’tkinchi jarayonlarining vaqti siklning vaqtiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. Shuning uchun bunday mexanizmlarda oddiy va ishonchli bo’lgan rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorli yuritma ishlatiladi. Katta yuk ko’taruvchi sekin yurar yuk tashuvchi liftlarda hamda soatiga ko’p marotaba ishga tushiriladigan sekin yuruvchi liftlarda faza rotorli asinxron motorli yuritma ishlatiladi.
1- rasm. Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b). Motorning statorida(1,a- rasm) qutublar juftligining sonlari 1:3 yoki 1:4 ga teng bo’lgan ikkita o’zaro bog’lanmagan chulg’amlarga ega. Lift kabinasining ishchi tezligini katta tezlik chulg’ami (KaTCh) ta'minlaydi (7.1, b-rasmdagi B tavsif). Kabina kerakli tezlikka etganida KB kontaktor yordamida bu chulg’am tarmoqdan uziladi. Kontaktor KM esa kichik tezlik chulg’amini (KiTCh) tarmoqga ulaydi. Motor M tavsif (7.1, b-rasm) bo’yicha sekinlashgan tezlikka (0,3-0,5 m/s) o’tadi va aniq to’xtash qiymatiga yetganida aniq to’xtash datchik signali bo’yicha KiTCh tarmoqdan uziladi va mexanik tormoz ishga tushiriladi. Ayrim holatlarda sekinlashgan tezlikka o’tish paytida KiTCh bir fazasiga qo’shimcha qarshilik Rd tezlanishni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Tezlik qiymati to’xtash qiymatiga yetganidan so’ng bu qarshilik kontaktor KU kontakti bilan qisqa tutashtiriladi. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling