Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

topadi? 
Albatta, bu isteʼdodga bolalikdan ega odamlar bor. Odatda, bunday 
odamlar ochiqlik, tashabbuskorlik bilan ajralib turishadi. Eng kamida 
bunday insonlar – taniqli shaxs va ijodiy fe’l-atvorli kishilar bo’lishadi. 
Ingliz tilida ko’pchilikka tanish “thinking outside the box“ (so’zma-
so’z “korobka (qutidan) tashqarida fikrlash“) degan ibora mavjud bo’lib, u 
nostandart xatti-harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Buni o’zbek tiliga 
quyidagicha tarjima qilish mumkin: “doiradan tashqarida o’ylash 


36 
qobiliyati”. Barcha bolalar juda ijodiy bo’lishadi – buni ko’plab testlar 
tasdiqlangan. Lekin vaqt o’tishi bilan, odatiy fikrlash stereotipi ishlab 
chiqiladi va bu nostandart xatti-harakatlarga “yo’q“ deyilishiga olib keladi. 
Shu sababli, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vazifasi odatiy xatti-
harakatlardan qochishdir. 
Korobka (quti)ning ramkalari, inson fikrlari psixikaning cheksiz 
imkoniyatlaridan foydalanish o’rniga kundan kun odat tusiga kirgan tor, 
o’zi yaxshi biladigan yo’l bo’ylab yurganda kelib chiqadi. 
Misol uchun, agar biz ham uyga har kuni bitta yo’ldan yurib 
odatlangan bo’lsak, bir kun boshqa yo’lni topishimiz va har kuni yangi 
variantlarni o’zimiz uchun ixtiro qilishimiz orqali “korobka”dan 
chiqishimiz mumkin. Yangi joylarda bo’lish, bilmagan narsalarni 
o’rganish yoki bilgan narsamizmi tubdan farq qiluvchi biror boshqa yo’l 
orqali bajarishni o’rganish foydalidir. 
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yo’li – sanʼatga bo’lgan 
ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini o’ynash yoki chalish 
barmoqlarning mayda motorika ko’nikmalarini rivojlantiradi. Ulardan 
impulslar miyaga keladi. Shu sababli musiqachilar ko’pincha juda aqlli 
bo’lishadi. Sport bilan shug’ullanish, raqsga tushish, ko’proq toza havoda 
yurish ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo’shadi. 
Istalgan 
tasvirlarni 
chizing, 
jamoaviy 
o’yinlarni 
o’ynang, 
orzularingizni tasavvur qiling – bu faqat lazzat emas, balki orzularingiz 
ijrosini taʼminlashi va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklidagi foydali 
narsalarni keltirib chiqaradi 
 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling