Kreativ fikrlash


Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

2.3. Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar 
Shaxsiy 
ijodkorlikni 
rivojlantirish 
uchun 
samarali, 
tahliliy 
fikrlashning olti quroli. Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishda tahliliy 
fikrlashga aloqador tafakkur qurollarining soni faqat oltita emas, aslida 
ancha ko’p. Lekin biz eng muhimlarini tanlab olib, quyida ularni 
e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. 
1-qurol: Talqin 
Talqin deganda sizga taqdim etilgan axborotni to’g’ri tushunib, uni 
boshqalarga to’g’ri yetkazib bera olish qobiliyati tushuniladi. 
Ishda yoki o’qishda siz turli holatlarda har xil ma’lumotlar bilan 
yuzlashasiz. Masalan, mijozlar uchun internet saytlarini yaratuvchi 
kompaniyada ishlasangiz, mijoz sizga qanday saytni xohlashi haqida o’z 
tushunchasi bilan ma’lumot beradi. Siz bu ma’lumotni to’g’ri tushunib, uni 
rahbariyatingizga yoki saytni yaratuvchi xodimlarga ular tushunadigan 
uslubda tushuntirib bera olishingiz kerak. 
2-qurol: Tahlil 
Tahlil deb turli qismlardan iborat axborotlarni jamlab, ularning 
xulosasini tushunishga aytiladi. Masalan, siz ishlovchi kompaniya keyingi 


30 
besh yillik ish rejasi haqida bayonot chiqardi. Unda kutilayotgan 
o’zgarishlar, kompaniya oldida turgan eng ustuvor vazifalar haqida 
umumiy ma’liumot berilgan. Siz bu bayonotni o’qib, uning siz egallab 
turgan lavozimga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilasiz. Sizning 
lavozimingiz yoki ishingiz haqida hech qanday aniq ma’lumot aytilmagan 
bo’lsa ham, kelgusi besh yillik reja va ustuvor vazifalarni tahlil qilib, bu 
o’zgarishlar ish o’rningizga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida xulosa 
chiqarasiz. 
3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash 
Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida to’g’ri 
xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim bo’lishini anglash 
qobiliyatidir. Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining 
sotilishi ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz 
juda muhim. Aniq sababi haqida to’g’ri xulosaga kelish uchun esa sizga 
yana qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’lishini tushunishingiz kerak. Ishlab 
chiqarish bilan bog’liq ichki muammolar, bozorda raqobatning kuchaygani 
yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning pasayishiga sabab 
bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz ana shu barcha omillarni o’rganib, 
dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani haqida so’nggi xulosaga 
kelasiz. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling