Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

4-qurol: Baholash
Sizga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash 
uchun shu axborotni sizga yetkazayotgan shaxsning tajribasi, fikri va 
qarorining qanchalik xolisligini to’g’ri baholay olishingiz kerak. 
Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining qanchalik sifatli yoki 
sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o’rtasida so’rov o’tkazasiz. 


31 
Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari ijobiy fikr 
bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani haqida so’nggi 
xulosaga kelishdan oldin fikr bildirgan mijozlarning aytganlari qanchalik 
to’g’ri yoki noto’g’riligini boshqa omillarni hisobga olgan holda tekshirib 
chiqishingiz kerak. Ya’ni, ularning gaplarini tekshirmasdan to’g’ridan-
to’g’ri qabul qilishingiz sizning baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat 
beradi. 
5-qurol: Tushuntirish 
Siz ma’lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo’shimcha ma’lumotlar 
orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan axborotni qabul 
qilayotgan odamda tug’iladigan qo’shimcha savollarga ham javob bera 
olishingiz kerak. Demak, biror masalani o’rganganda uni boshqalarga 
batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz kerak. Masalan, 
kompaniyada sizning qo’l ostingizda ishlaydigan xodim o’tgan oy amalga 
oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu hisobotni endi rahbaringizga 
topshirishingiz kerak. O’tgan oy qilingan ishlar haqida gapirganingizda 
qo’lingizdagi hisobotda mavjud bo’lmagan qo’shimcha ma’lumotlarga 
ham ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Chunki rahbaringiz hisobot bo’yicha 
qo’shimcha savollar berishi mumkin. Demak, siz mavzuni to’liq 
tushuntirib berishga tayyor turishingiz kerak. 
6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish 
Biror ishni amalga oshirishda o’z imkoniyatlaringiz chegarasini 
hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang. 
Masalan, siz bir kompaniyaga yangi xodim bo’lib ishga keldingiz va 
mijozlardan biri telefon qilib, ko’rsatilgan xizmat yuzasidan yordam 
so’ramoqda. Siz mijozga yordam berishni va unda yaxshi taassurot 


32 
qoldirishni xohlaysiz, ammo u so’rayotgan masalada hali sizda yetarli 
bilim yoki tajriba yo’q. Bunday holatda muammoning eng yaxshi yechimi 
telefonni tajribaliroq boshqa hamkasbingizga berishdir. Ishonchingiz 
komil bo’lmasa, o’zingiz bilmagan masalada gapirishdan yoki biror qaror 
qabul qilishdan ehtiyot bo’ling. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling