Kreativ fikrlash
-rasm. Ta’riflashning ikki turi
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Kreativ fikrlash
7.1-rasm. Ta’riflashning ikki turi
24 Real ta’rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Ta’riflashning quyidagi qoidalari mavjud: a) ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta’rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha ; 24 Mualliflar tomonidan tayyorlangan 110 b) ta’rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama- qarshi bo’lgan falsafiy ta’limot” – ta’rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta’rifga muhtoj; c) ta’rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta’rif aylanma shaklda ; d) ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta’rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta’riflashga bu qoida ta’luqli emas. Masalan, “E’tiqodsiz – ma’lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling