Kreativ fikrlash


 Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

7.2.
 Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar 
 
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning 
bog’lanish usuli, uning tuzilishidir. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish 
tafakkurning universal shakllari bo’lib, uning asosiy tarkibiy elementlari 
hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o’zaro aloqalarga 
kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar 
(masalan muammo, gipoteza, nazariya, g’oya, argumentatsiya)da amalga 
oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy 
shartlari qatoriga fikrning chin bo’lishi va formal jihatdan to’g’ri qurilishi 


111 
kiradi. Chin fikr o’zi ifoda qilayotgan predmet va ularning xossalari va 
munosabatlariga muvofiq kelishi bilan izohlanadi. Fikr chin bo’lishi bilan 
bir qatorda formal jihatdan to’g’ri qurilishi ham mantiqiy fikr yuritishning 
zaruriy sharti hisoblanadi. Fikrning to’g’ri qurilishi tafakkurda hosil 
bo’ladigan turli xil strukturalarda, har xil mantiqiy amallarda o’z aksini 
topadi. Fikrning to’g’ri qurilishi tafakkur qonunlariga rioya qilish orqali 
amalga oshadi. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, 
muhokamani to’g’ri qurish uchun zarur bo’lgan talablar fikrning aniq
ziddiyatsiz, izchil, yetarli asosga ega bo’lishidan iborat. Mazkur talablarga 
rioya qilmaslik muhokamaning noto’g’ri tuzilishiga sabab bo’lishi 
mumkin. 
Tushuncha – bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks 
ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida 
nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari 
(issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o’qimoq, 
yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar
balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar 
ham tushuniladi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling