161
Muammoni hal qilish, samarali yechim
topish uchun dastavval
tadqiqot o’tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so’ngra asosiy
e’tiborni muayyan “og’riqli nuqtalar”ga
qaratish, g’oyalar ishlab chiqish
va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish,
prototip yaratish va
sinovdan o’tkazish zarur.
Fikrlash dizayni - usuli bu bosqichlar qanday o’tishini, nimalarga
e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan
foydalanishni tavsiflaydi.
10.2. Fikrlash dizayni bosqichlari
Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli -
biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan
birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi.
Ular fikrlash -
dizaynini o’ylab topgan deb bo’lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni
- bu sog’lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid
konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira
boshladi. Ijodiy jarayon bosqichlarini o’rganib, foydalanuvchini markazga
qo’yib, biznesni ijodiy jarayon sifatida ifodaladi. Ijodkor shaxslar esa
biznes vazifalarini yaxshiroq tushuna oladi.
Shu o’rinda mashhur pedagog, yozuvchi Deyl Kornegining bir fikrini
keltirib o’tish maqsadga muvofiq: “Qo’lingizga
limon tushsa undan
limonad yasang”.
32
Buning mazmuni aynan bugungi kunda juda dolzarb
bo’lib bormoqda. Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosiy farqi
tanqidiy tahlil emas, balki jarayonga ijodiy yondashuv bo’lib, kutilmagan
g’oyalar muammoni yechishning eng yaxshi yo’lini
namoyon etishi
mumkin.
32
Карнеги Дейл. Муваффақият калити. (Таржимон Ф.Намозов). Т.: Янги аср авлоди, 2013 йил, 634-бет.
162
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat:
33
Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere –
tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash. Konvergent
(lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan
aniq foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: