Kreativ pedagogika


Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar


Download 19.1 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi19.1 Kb.
#1817394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6jKKGfWvfgS9aJAseBC0OtbY3-oF-dWn

  • Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar.

Bo’lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga o’rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o’qituvchining o’zi kreativ, ijodkor shaxs bo’lishi zarur. Bordi-yu, uning o’zi kreativlik sifatlariga ega bo’lmasa, u holda qanday qilib, bo’lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga rag’batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o’qituvchining o’zi kreativ, ijodkor bo’lsagina, bo’lajak pedagoglar ham shunday bo’la oladi.
O’qituvchining ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishga intilishi zarur. Darslarda o’qituvchi “kreativlik yo’l xaritasi”ga ko’ra quyidagi 4 ta yo’nalish bo’yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: ijodiy fkrlash ko’nikmalarini namoyon etish; bo’lajak pedagoglarni o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishga rag’batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish; kutiladigan natija.

  • Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari.

Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi - krativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega.
Pedagogning krativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar sanaladi

BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.

  • BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.
  • Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.

Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalaming faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalaming kelgusida ijodiy yutuqlami qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalami o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quwatlash;
2) bolalaming mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalaming qiziqishlariga e’tibor qaratish

Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling