Kredit Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini yuridik va jismoniy shaxslarga foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish Kredit
Download 1.17 Mb.
|
10-mavzu. Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilishi muddatlariga koʻra kredit quyidagi turlarga bo’linadi
- Bank Krediti
- Xalqaro Kredit
- Ipoteka krediti
Kredit Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini yuridik va jismoniy shaxslarga foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) Kredit yordamida kapitalni bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi Kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur Kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta’minlovchi dastaklardan biri Berilishi muddatlariga koʻra kredit quyidagi turlarga bo’linadi: qisqa muddatli (1 yilga qadar) Uzoq muddatli (6 yildan ortiq) oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha) Kreditning shakllari Tijorat Iste’mol Xalqaro Ipoteka Bank Davlat Tijorat Krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank Krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Isteʼmol Krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro Kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqalar qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Ipoteka krediti - qo‘zg‘almas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan kreditlar. Kreditga zaruriyat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. -asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan eskirish sifatidagi pul mablag‘lari; -tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari; -tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari; -kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar; -shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari. 1.Iqtisodiyotning rivojlanishi; 2.Bank tizimining rivojlanganlik darajasi. 3. Kredit oluvchining to’lovga qobilligi. 4. Iqtisodiy inqirozlarning yuzaga kelishi. 5.Markaziy bank monitar siyosatining o’zgarishi. 6. Siyosiy risk darajasi. Kredit Munosa-batlari rivojla-nishini belgilovchi omillarga quyidagilar kiradi: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling