Kreditning tamoyillari
*muddatlilik tamoyili
*to‘lovlilik tamoyili
*ta’minlanganlik tamoyili
*qaytarishlik tamoyili
*maqsadlilik tamoyili
Kreditning funksiyalari
Kreditning funksiyalari ichida QAYTA TAQSIMLASH FUNKSIYASI
asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali ularni pul aylanmasiga kiritadi.
Kreditning PUL KAPITALINI JAMG‘ARISH VA MARKAZLASHUVINI JADALLASHTIRISH funksiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‘aradi. Jamg‘armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan joylarda yuz beradi.
Kredit qonunlari
1. qaytarilish qonuni;
2. qiymatning saqlanish qonuni;
3. muvozanat qonuni
Kreditlar muddatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
o‘rta muddatli kreditlar;
uzoq muddatli kreditlar.
qisqa muddatli kreditlar;
Kreditlar takror ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
*ishlab chiqarish jarayoniga beriladigan kreditlar;
* ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun beriladigan kreditlar;
* iste’mol maqsadi uchun beriladigan kreditlar.
Kredit bahosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
* bepul (tekin) kreditlar;
* arzon kreditlar;
* qimmat kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |