Kredit shartnomasi
-§. Kreditning foiz stavkasi va
Download 401.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Kredit-liniyasi-ochilgan-holda-kreditlash-to
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
2-§. Kreditning foiz stavkasi va
ko‘rsatilgan xizmat uchun olinadigan haq 6. Kreditning foiz stavkasi yillik hisob asosida ___% miqdorida belgilandi va Bank tomonidan Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„idan to„lov amalga oshirilgan kundan boshlab har kunga hisoblab boriladi. 7. Kredit shartnomasining tarkibiy qismi hisoblangan kredit liniyasining kamayish grafigida belgilangan muddatda kreditning qaytarilishi amalga oshirilmasa, Bank tomonidan kredit foizi kredit shartnomasida o„rnatilgan foiz stavkasidan 1,5 marta oshirilgan foiz stavkasida undiriladi. 8. Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„idan to„lov amalga oshirilganligi uchun Qarzdor/mijoz Bank tariflariga muvofiq Bankka haq to„laydi. 9. Mazkur Shartnoma shartlariga Qarzdorning/mijozning tashabbusiga ko„ra o„zgartirish kiritilganda, Bank Qarzdordan/mijozdan Bank tariflariga muvofiq vositachilik haqi undiradi. 3-§. Kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi 10. Qarzdor/mijoz tomonidan kredit bo„yicha asosiy qarzni qaytarishga oid to„lov ushbu Shartnomaga ilova qilingan kredit liniyasining kamayish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Bank kredit bo„yicha asosiy qarzga Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„i-dan to„lov amalga oshirilgan kundan boshlab har kunga foiz hisoblab boradi va hisoblangan foizni har oyning 11 sanasida undiradi. Agar kredit bo„yicha foizni to„lash dam olish kunlariga to„g„ri kelsa, to„lov dam olish kunlaridan keyingi birinchi ish kunida, dam olish kunlariga hisoblangan foizni ham qo„shgan holda, amalga oshiriladi. 12. Kredit bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz bo„yicha muddati o„tgan qarzdorlik yuzaga kelsa, foiz bo„yicha qarzdorlik kalendar ketma-ketligida navbat bilan undiriladi. 13. Kredit yoki unga hisoblangan foiz bo„yicha muddati o„tgan qarzdorlik paydo bo„lganda Bank Qarzdorning/mijozning filialdagi yoki boshqa bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag„iga aksepsiz tartibda to„lov talabnomasini qo„yishga haqli hisoblanadi. 14. To„lovni amalga oshirishga asos bo„ladigan barcha hujjat va shartnomalar O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo„lishi lozim. Ushbu talabga rioya etilmaganda Bank kredit hisobvarag„idan to„lovni amalga oshirishdan bosh tortishga haqli hisoblanadi. Bank to„lovni amalga oshirishga asos bo„ladigan shartnomaga O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo„lmagan qo„shimcha va o„zgartirishlar kiritishni talab qilishga ham haqli hisoblanadi. Download 401.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling