Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi
Download 260.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ilova Baholash tartibi
UB=DI+JN+ON+YaN
bu yerda: DI - dars mashg’ulotlaridagi ishtirok; JN - joriy nazorat; ON – Oraliq nazorat; YaN - yakuniy nazorat. 11. Yakuniy nazorat turi tegishli fakultet dekani yoki akademik faoliyat va registrator boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanuvchi yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 12. Nazoratlar kuni talabalar yakuniy nazorat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan 5 kamida 15 daqiqa oldin nazorat o‘tkaziladigan joyga kelishlari va nazoratchilarning ko‘rsatmalariga amal qilishlari lozim. 13. Nazoratlarga o‘z vaqtida kelmagan va nazoratchilarning ko‘rsatmalariga javob bermagan talabalar nazoratlarga qo‘yilmaydi va ular uchun qayta nazorat tashkil qilinmaydi. 13. Uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy nazoratlarga kelmagan talabalarga, uzrli sabablarni tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha ravishda yakuniy nazoratga kirishga ruxsat beriladi. 14. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, talaba o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi. 15. Talabalar yakuniy nazoratga kirish uchun o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi xujjat (talabalik guvohnomasi, fuqarolik pasporti, ID karta, harbiy guvoxnoma, haydovchilik guvohnomasi) olib kelishlari va uni yakuniy nazorat o‘tkaziladigan xonaga kirishdan oldin va yakuniy nazorat jarayonida ko‘rsatishlari lozim, shaxsni tasdiqlovchi xujjatlarsiz talaba yakuniy nazoratlarga qo‘yilmaydi. 16. Yakuniy nazorat davomida nazoratchi ruxsati va kuzatuvisiz o‘zaro gaplashish, o‘rnidan turish, auditoriyadan chiqish, telefon ishlatish qatʼiyan man etiladi, aks holda talaba yakuniy nazoratdan chetlashtiriladi. 17. Yakuniy nazorat boshlanishi bilan talaba o‘z ID raqami, ism-familiyasini sharikli ruchkada yakuniy nazorat varaqasining belgilangan joyida yozishi lozim (qalam bilan yozilgan maʼlumotlar qabul qilinmaydi). 18. Yakuniy nazorat o‘tkaziladigan auditoriyaga uyali telefon, har xil ko‘rinishdagi elektron qurilmalar, ruxsat etilmagan kitob, daftar, qog‘ozlar olib kirish qatʼiyan man etiladi. 19. Yakuniy nazorat natijasidan norozi talaba natijalar eʼlon qilinganidan keyin bir haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida o‘z eʼtirozini yozma shaklda bildirishi mumkin. 20. Talabaning fan bo‘yicha yakuniy bahosi barcha nazorat turlari bo‘yicha to’plagan ballari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni taʼlim olish natijasiga erishilganini aks ettirishi shart. 21. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan xisoblanadi. 22. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor xisoblanadi. 23. Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda 6 bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan xolda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Download 260.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling