Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi
VI. Akademik mobillik va uni tashkil etish
Download 260.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ilova Baholash tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Tartib intizom qoidalari va komissiyasi
VI. Akademik mobillik va uni tashkil etish
1. Akademik mobillikni taʼminlash va talabaning kreditlari universitet tomonidan tan olinishida Quyidagi xujjatlardan foydalaniladi: • fanlar katalogi; • taʼlim to‘g‘risidagi kelishuv; • akademik maʼlumotnoma; • kreditlarni xisoblash va tan olish jadvali. Mazkur xujjatlar taʼlim olish natijalarini aks ettiradi va Oliy taʼlim muassasasiga kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazish uchun asos xisoblanadi. 2. Talaba tomonidan taʼlim olish natijasiga mos keluvchi boshqa taʼlim muassasasi taʼlim dasturida erishilgan yutuqlari uchun o‘zlashtirilgan kreditlar miqdori universitetda belgilangan taʼlim olish natijalariga o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdoriga 7 teng xisoblanadi. 3. Taʼlim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq universitet tomonidan akademik mobillik doirasida talabaning barcha kreditlari taʼlim dasturini o‘zlashtirishda talabaga qo‘shimcha topshiriqlarsiz xisobga olinadi. 4. Xorijdagi xamkor tashkilotlarning taʼlim dasturlarida belgilangan taʼlim olish natijalari universitetning taʼlim dasturi bo’yicha taʼlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni to‘ldirishi lozim. 5. Taʼlim olish natijalari xorijda taʼlim olish davridan keyin tan olinadi. Agar mobillik davrida umuman kredit to‘planmagan bo‘lsa, talabaning kursdan kursga o‘tishi ushbu tartibning 40 bandida ko‘rsatilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi. VII. Tartib intizom qoidalari va komissiyasi 1. Talabalar universitetda o’rnatilgan Odob-axloq qoidalari va ichki tartib intizomga to’liq rioya qilgan xolda jamoa aʼzolari va boshqa talabalarga xurmat bilan munosabatda bo’lishlari shart. 2. O’quv jarayoni, imtixonlar va universitet faoliyati bilan bog’liq boshqa xolatlarda talabalar belgilangan tartib intizom va odob-axloq chegaralaridan chiqmasliklari kerak. 3. Quyidagi xolatlar talabalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sirasiga kiradi: • jamoa aʼzolari, talabalar va universitet jixozlariga nomuvofiq munosabatda bo’lish; • professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilariga nisbatan agressiv va xurmatsiz muomala qilish; • professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilariga jismoniy va ruxiy bosim o’tkazish; • professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilari yoki vakolatli jamoa aʼzosi tomonidan berilgan ko’rsatmaga ataylab bo‘ysunmaslik; • professor-o’qituvchilar, imtixon nazoratchilari tomonidan ruxsat etilmagan uyali aloqa vositalari, xar xil ko’rinishdagi elektron qurilmalar, kitob yoki daftar- qog’ozlarni imtixonga olib kirishga urinish; • imtixon qog’ozlarini xonadan olib chiqish, o’zaro almashtirish, imtixon davomida o’zaro gaplashish, bir-biridan ko‘chirish, ruxsat etilmagan kitob yoki daftar- qog’ozlardan ko’chirish; • boshqa talaba o’rniga imtixonda ishtirok etish, soxta xujjat taqdim etish (bu bo’yicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan); • plagiat va mualliflik huquqini buzish. 3. Yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash boshqa qoidabuzarliklar sodir etilsa, bu xolat universitetda tashkil etilgan tartib intizom komissiyasida ko’rib chiqilib, talabaga tegishli jazo tayinlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling