Kredit tizimi asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibi


II. Kursdan kursga o‘tish tartibi


Download 260.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana25.10.2023
Hajmi260.81 Kb.
#1721135
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ilova Baholash tartibi

II. Kursdan kursga o‘tish tartibi 
1. Talabalarning kursdan kursga o‘tishi xar bir o‘quv yili oxirida talabalar 
o‘zlashtirishining o‘rtacha ko‘rsatkichi(bundan buyon matnda GPA deb yuritiladi)ga 
qarab amalga oshiriladi. 
2. Bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘quv yili yakunida 
talabaning GPAsi 5 ballik shkalada 2,5 ga teng yoki undan yuqori bo‘lishi shart. 
3. Bakalavriat talabasining to‘rtinchi bosqich yakuniga ko‘ra GPA ko‘rsatkichi 
qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar talaba 4 yillik o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar, 
malakaviy amaliyot va diplom ishini muvaffaqiyatli topshirgan holda 240 kreditni 
jamlagan bo‘lishi shart. Shunday keyin talabaga “bakalavr” diplomi beriladi. 
4. Magistratura talabasining ikkinchi bosqich yakuniga ko’ra GPA ko‘rsatkichi 
qancha bo‘lishidan qatʼiy nazar talaba 2 yillik o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar, 
malakaviy amaliyot va dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli topshirgan holda 120 kreditni 
jamlagan bo‘lishi shart. Shundan keyin talabaga “magistr” diplomi beriladi. 
5. Bakalavriat talabasining to‘rtinchi bosqich oxirida (birinchi, ikkinchi
uchinchi va to‘rtinchi bosqich fanlari xisobga olinadi) GPA si 5 ballik shkalada 2,7 
ballga teng yoki undan baland bo‘lsa, ammo kreditlar miqdori 240 kreditdan kam 
bo‘lsa, bu xolda talaba to‘rtinchi bosqichni qayta o‘qiydi. 
6. Magistratura talabasining ikkinchi bosqich oxirida (birinchi va ikkinchi 
bosqich fanlari xisobga olinadi) GPA si 5 ballik shkalada 2,7 ballga teng yoki undan 
baland bo‘lsa, ammo kreditlar miqdori 120 kreditdan kam bo‘lgan holda talaba 
ikkinchi bosqichni qayta o‘qiydi. 
7. Jami taʼlim olish muddati bakalavriat uchun 1-kursga o‘qishga qabul 
qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1-kursga o‘qishga qabul 
qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi. Jami taʼlim olish muddati 
yakunlangandan so‘ng qayta o‘qish va o‘qishni tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 260.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling