Kredit tizimida talabalarning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirish va tayyorlash” bo‘yicha “kriptografiya 2


Download 1.17 Mb.
bet2/19
Sana16.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1507941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
K2 mustaqil ta'lim metodichka


SO‘Z BOSHI


Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muxim o‘rin egallaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o‘quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko‘nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta’minlanadi.
" Kriptografiya 2" fani Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning qoshidagi filiallarda uzluksiz dastur tizimiga kiradi va Davlat ta’lim standartiga asoslanadi.
Ushbu fanni o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlar bilan ishlashni o‘rganish bilan birga, bevosita xafsizlik masalalarini yechish uchun amaliy dasturlar paketlaridan foydalanishni biladigan bo‘lishadi. Talaba o‘z mutaxasisligi bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini hosil qilishi kerak bo‘ladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabaning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirishda quyidagi mezonlar asos qilib olingan:

  • Mustaqil ta’lim ishi bevosita " Kriptografiya 2" fani bo‘yicha aniq topshiriqlardan iborat bo‘lishi lozim;

  • Mustaqil ta’lim ishi o‘qituvchi tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinishi shart.

Ushbu mezonlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida talabalarni quyidagi shart-sharoitlar bilan ta`minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishning aniq bir uslubda bo‘lishini ta`minlash;

  • Zaruriy axborot ta`minotining mavjudligi, masalan, o‘quv adabiyotlari, elektron darsliklar va boshqalar;

  • Zaruriy uslubiy ta‘minotning mavjudligi;

  • Test materiallarining mavjudligi;

  • Texnik ta`minotning mavjudligi;

  • Talabaga mustaqil ishni bajarishi uchun aniq vaqtlarni belgilash;

  • O‘qituvchilar tomonidan maslahatlarni tashkillashtirish;

  • Mustaqil ishlarni dolzarbligini ta`minlash;

  • Talabalar o‘rtasida olingan natijalar bo‘yicha konferensiyalar tashkillash-tirish;

  • Olingan natijalar bo‘yicha talabalarni rag‘banlashtirish.

Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talabaning bevosita o‘zi tomonidan mobil qurilmasi orqali amalga oshiriladigan mustaqil ish turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling