Kreditga layoqatlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Kreditga layoqatlikni baholashdagi xalqaro molellar va ularning
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
7-MAVZU-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning ishonchligini baholash
Kreditga layoqatlikni baholashdagi xalqaro molellar va ularning
tasnifi
Nimani anglatishi
“6 C” usuli C Sharacter Reputatsiya, mijozning xarakteri C Capacity Imkoniyatlar C Cash
Naqdlik C Collateral Kafolatlik C Conditions SHartlar C Control Nazorat
“CAMPARI” usuli C Sharacter Reputatsiya, mijozning xarakteri A Ability
Kreditni qaytarishga qobilligi M Margin
Marja, daromadliligi P Purpose
Kreditlarning maqsadli yo‘nalishlari A Amount
Kredit miqdori R Repayment Kreditni qaytarish shartlari I Insurance Ta’minlanganligi, kreditni qaytmaslik riski
“RARTS” usuli P Purpose Kreditning maqsadligi A Amount
Qarz miqdori R Repayment Kreditni qaytarish shartlari
T Term
Kredit berish muddati S Security Kreditni to‘lashni kaqolatlash
Ushbu modellar ko‘p parametrlarni o‘z ichiga olganligi sababli korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda eng to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi.
Quyida tavsiya etilayotgan uslubiyot korxonalar ishonchligini baholashning, tahlil etishning mavjud nazariy manbalariga tayangan holda tuzib chiqildi va undan barcha tijorat banklari o‘z kredit siyosatini yo‘lga qo‘yishda, faoliyatini maqsadli boshqarishida foydalanishlari mumkin.
Ushbu metodika amaldagi qonunchilik normalariga, tartiblarga va eng muhimi tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini shakllantirishning umum belgilangan talablariga tula mos tushadi.
Bunda asosiy jixatlar korxoaning yaqin yillar oralig‘ida bonkrotli bo‘lmaslik, moliyaviy krizislar qiyinchiliklar, depsinishlar va sinishlar holatiga tushmasligi, majburiyatlarni qoplash yuzasidan ishonchli manbalarga ega va ega emasligini baholashga qaratiladi.
Baholashning ummuiy qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi navbatda korxoaning e’lon chilinadigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida uning keng qamrovli moliyaviy axvolini, uning kutilishlarini baholash lozim. Ayniqsa aksionerlik jamiyati, yoki mulki fond birjasida sotiladigan kompaniyalarning qimmatli qag‘ozlari, aksiyalarining aylanishiga, bozordagi holatiga muhim ahamiyat qaratish zarur.
Korxona ishonchligini baholashda eng muhim xulosalar shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari asosida naiqlanadigan koeffitsentlar natijalariga qarab chiqariladi.
Ekspres tahlil asosida korxonaning faoliyat samaradorligi, moliyaviy sog‘lomligi, ishonchlilik darjasi bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda normasining o‘zgarishi; aksiya bahosining o‘zgarishi; dividend summalarining o‘zgarishiga qarab korxonaning ishonchlilik darajasini dastlabki xulosalarni berish mumkin.
O‘z navbatida kompaniyalarning, aksionerlik jamiyatlarining dividend stavkalarini doimiy o‘rganish nafaqat ushbu korxonalarning kredit munosbatlarini tartibga solish balki bank foiz stavkalariga o‘zgarishlar kiritish, kredit shartlarini belgilash moliyaviy boshqaruv strategiyalarini belgilashda ham muhim masala hisoblanadi.
Tahlilda muhim ahamiyat korxonalar aksiyalariga e’lon qilingan dividendlar va bank depozitlari foizi orasidagi nisbat, aloqadorligiga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda ular orasidagi nisbat bo‘yicha quyidagi qategoriyalar tarkiblanadi.
A. Aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foiz oshganda- kompaniyaning investitsion jozibadorligi eng yuqori deb baholanadi.
275 B. Aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foizdan kam bo‘lgan hollarda- kompaniyaning investitsion jozibadorligi nisbatan past deb baholanadi.
C. Aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan etmagan hollarda hollarda- kompaniyaning investitsion jozibadorligi yo‘q deb baholanadi
D. Aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan kam bo‘lgan va ular orasidagi interval 20 foizdan ortadigan bo‘lsa- kompaniya faoliyat samaradorligi pas deb baholanadi va investitsiya jalb chilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi (bunda uzoq muddatli investitsiyalar mustasno deb qaralishi mumkin);
E. Aksiyalar bo‘yicha divedendlar to‘lanmasa yoki to‘lash imkoniyatlari bo‘lmasa bunday korxonalar krizis, bankrotlik holatida deb deb qaraladi.
Korxonalar ishonchligini baholashda ularning moliyaviy holati, samaradorligining reyting bahosiga ham muhim axamiyat qaratiladi. Reyting baholash amaliyoti yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimini kategoriyalar bo‘yicha ranjirlashni talab etadi.
Xuddishu tarkibilash va ranjirlash moliyaviy koeffitsentlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Moliyaviy koeffitsentlar bo‘yicha quyidagi kategoriyalarni tarikblash mumkin:
K1-kategoriyaga barcha moliyaviy koeffitsentlar (likvidlik, kapital tarkibi, rentabellik va aylanuvchanlik) darajasi o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan korxonalar-ishonchli, moliyaviy barqaror, investitsion jozibador, to‘lovga qobil, sifat menejmentiga ega korxonalar kiritiladi.
K2-kategoriyaga likvidlik va xususiy kapital tarkibi bo‘yicha moliyaviy koeffitsentlari o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan ortadigan biroq, rentabellik va aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan past bo‘lgan korxorxonalar kiritiladi.Bunday korxonalarni to‘lovga qobil, moliyaviy barqaror deyish mumkin lekin investitsion jozibadorligi, samaradorlikning sifati menejmenti past deb qabul qilinadi.
K3-kategoriyaga likvidligkning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori lekin qolgan moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha axvoli o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkiyalaridan past bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar qisqa muddatli to‘lovga qobil, lekin moliyaviy nobarqorlikga ega, investitsion jozibadorligi va samradorlikning sifat menejmenti juda past korxonalar sifatida tarkiblanadi.
K4-kategoriyaga joriy to‘lov layoqatiga ega lekin oralik va tezkor to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, kolgan moliyaviy koeffitsentlar guruhi bo‘yicha o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan juda past bo‘lgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar bonkrotlik ning boshlang‘ich bosqichidagi korxonalar sifatida qaraladi.
K5-kategoriya –korxonaning joriy to‘lov layoqati 2 dan kichik yoki teng bo‘lgan, qolgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalari qoniqarsiz bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar bonkrot, krizis xolatidagi korxonalar deb e’tirof etiladi.
276
|
ma'muriyatiga murojaat qiling