Kreditga layoqatlikni baholashda moliyaviy va moliyaviy
bo‘lmagan ko‘rsatkichlar tahlili
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining kreditga layoqatliligini baholashda
moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektni moliyaviy jihatdan o‘rganganda moliyaviy ahvoliga hozirda
bank amaliyotida keng qo‘llanilib kelayotgan moliyaviy koeffitsientlardan
foydalanib baho beriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy jihatdan o‘rganganda asosan
moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarni o‘rganishga va kelgusidagi moliyaviy ahvolini bashoratlashga
e’tibor qaratish zarurdir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy ahvoliga baho berishda banklar
amaliyotida bir qancha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Bulardan eng aniq
natija beradigan metodlardan biri kompleks tahlil metodidir. Kompleks tahlil
metodi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy ahvolini kompleks o‘rganish
asosida aniq xulosa shakllantirish imkonini beradi.
Kreditga layoqatlilikning baholashning kompleks tahlili quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
-korxona likvidlilik ko‘rsatkichlari va balans likvidligi
tahlili; -korxona mablag‘lari aylanishini tahlili;
-korxona faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari
tahlili; -moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlili;
-skoring modeli bo‘yicha kreditga layoqatlilikni baholash usuli.
Balans likvidliligi tahlili korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlilida
muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidliligi korxonaning muddatli
majburiyatlarini tegishli aktivlar bilan qoplay olish qobiliyatini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |