Kreditga layoqatlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Kreditga layoqatlikni baholashda tijorat banklarining kredit siyosatining
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
7-MAVZU-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank Kredit siyosati
Kreditga layoqatlikni baholashda tijorat banklarining kredit siyosatining
o‘ziga xos jihatlari
E’tirof etish joizki, tijorat banklarining kreditlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. SHu sababli tijorat banklariga tarmoq va bo‘g‘inning, iqtisodiyotning lakomotivi siaftida qaralayotganligi ham bejiz emas.
shakllantirish, xususan, kreditlash borasidagi bank faoliyatining Markaziy bankning kredit munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari talablaridan kelib chiqib, kreditlash tamoyillariga mosligini ta’minlash, kredit portfelini samarali boshqarish, kredit berish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni baholash hamda ularni minimallashtirish, kredit monitoringi o‘tkazish va uni so‘ndirish jarayoni bilan bog‘liq amallarni belgilash, kredit portfelini diversifikatsiyalash hamda bank foiz siyosatini yuritish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisidan iboratdir.
Bank kredit siyosatining asosiy maqsadi – mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga yo‘naltirish hisobiga yuqori daromad olinishini ta’minlashga qaratilgan.
Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalda joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslari zmmasiga yuklatiladi.
Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi.
263 Kredit siyosatining yo‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakliga, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbatiga, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoniga, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlariga muhim e’tibor qaratiladi.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan extiyojini qondirish.
Kreditlashning strategik yo‘nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Kredit siyosati hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevori hisoblanadi. Tijorat banki tomonidn ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan kredit siyosati kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat: -Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‘liq masalalar;
-Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summalari va turlari);
-Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlar;
-Kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni; -Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va hokazolar);
-Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
-Kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari;
-Barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;
-Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish (ya’ni kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng yuqori nisbati);
-Bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;
-Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi.
Har bitta bankning kredit siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank
264
faoliyati to‘g‘risida”gi va bank faoliyatiga doir boshqa Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining moliya-bank tizimiga oid Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizom talabalari asosida mustaqil ishlab chiqiladi.
Tijorat banklarining kreditlash imkoniyatini oshirish ularning kredit portfelining sifatiga bog‘liq.
O‘zbekistonda tijorat banklari kreditlarining dinamik o‘zgarishi*
|
ma'muriyatiga murojaat qiling