Kreditga layoqatlilik tahlili


Xo‘jalik ob’ektlarinig o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi


Download 49.23 Kb.
bet5/6
Sana06.05.2023
Hajmi49.23 Kb.
#1434291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KREDITGA LAYOQATLILIK TAHLILI

Xo‘jalik ob’ektlarinig o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganligi 30% dan kam bo‘lmasligi kerak. Aylanma aktivlarining aylanish tezligi va korxona faoliyatidan kelib chiqqan holda bu ko‘rsatkich ozgina past bo‘lishi ham mumkin. Agar bu ko‘rsatkich 60% dan yuqori bo‘lsa, kredit bo‘yicha riskni minimal deb qarash mumkin.
YUqoridagi ko‘rsatkichlarning natijasi me’yoriy talablar bilan taqqoslanadi va korxonaning moliyaviy ahvoli aniqlanib, kredit berish mezonlari belgilanadi. Kredit berish bo‘yicha sinflarga ajratishda quyidagi talablar hisobga olinadi.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‘yicha talablar



Ko‘rsatkichlar

I sinf

II sinf

III sinf

1.

Qoplash

Kq>2,0

2,0>Kq>1,0

1,0>Kq




koeffitsienti (Kq)










2.

Likvidlilik koeffitsienti (Kl)

Kl>1,5

1,5>Kl>1,0

1,0>Kl

3.

Muxtorlik koeffitsienti
(Km)

Km>60%

60%>Km>30%

30%>Km

Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1 - sinfga mansub qarz oluvchilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2 - sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofik, shaklda ta’minlanishi (kafolat, garov, kafillik) sharoitida kredit beriladi., agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qilish, kredit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarin oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
Bank uchun 3 - sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ular kamdan - kam holatlarda va yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffitsienti 0,5dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa va uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4 - sinfga kiritish mumkin va bunday korxonalarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, aylanma mablag‘(aktiv)lari xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining asosi bo‘lib, bank tomonidan beriladigan kreditlarning aksariyat qismi aylanma aktivlarga yo‘naltiriladi. SHu tufayli har bir xo‘jalik sub’ekti aylanma aktivlarini to‘g‘ri tashkil qilmog‘i, ulardan foydalanishda samaradorlikka erishmog‘i lozim.

Download 49.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling