Kreditning iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiy o’sishdagi o’rni


Download 152.76 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi152.76 Kb.
#1010859
1   2   3
Bog'liq
Kreditning iqtisodiy mohiyati

Kredit turlari:

Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.

Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.

Tijorat krediti bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.

Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.

Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.

Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.


Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
  • qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
  • qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
  • qarz beruvchi mamlakatga tulanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat tomonidan yaratilgan milliy daromad xisoblanadi.

  • Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;
  • kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
  • xar xil valyutalarda xalqaro xisob-kitoblarni olib borishda muomila xarajatlarini qisqartiradi .

  • Xalqaro kreditlar:
  • xarakteri bo‘yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
  • shakli bo‘yicha - davlat, bank, tijorat;
  • tashqi savdo tizimida tutgan o‘rni bo‘yicha - eksportni kredit, importni kreditga;
  • muddati bo‘yicha - qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
  • obyekti bo‘yicha - tovar va valyuta;
  • ta’minlanganligi bo‘yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki xujjatlar bilan taminlangan kreditlarga bo‘linadi.

Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‘zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo‘lmasligi mumkin.
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‘iladi. SHunga asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‘shimcha resurslarga muhtojlik o‘z o‘zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri - kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo‘lib faoliyat kursatuvchilar (ishlab chikaruvchilar) xisoblanadilar.
Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo‘lib ular:
- faoliyat ko‘rsatuvchilarning zaxira kapitallari xajmi bilan cheklanganligi, ya’ni unga xozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo‘lmagan kapital bilan cheklanganligi;
- yo‘nalishiga ko‘ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo‘lishi mumkin emas.
Tijorat kreditidan farkli ularoq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat kursatadi, balki yanada kengrok muxitda faoliyat ko‘rsatadi.
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshka kredit institutlari tomonida ishlab chikaruvchilarga, xamda boshka qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.
Bank kreditining obyekti- pul kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chikaruvchi shaxslar (faoliyat kursatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar bo‘lib esa ssuda kapitali egalari xisoblanadilar.
Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg‘armalarini kapitalga aylantirib kapitalni jamg‘arilishiga sababchi bo‘ladi.
Tijorat krediti veksel bilan xujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining foizi, tovarlar pagonasiga va veksel summasiga qo‘shiladi va u bank krediti foizidan past bo‘ladi. Bank kredit foizining maksadi ssudalar xisobiga daromad (foyda) olishdir.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:

Download 152.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling