Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor iqtisodiyotidagi o`rni
Download 138 Kb.
|
kredit
Kreditning shakllari va turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi. Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko`p jihatdan bog`liq. Kreditning asosiy turlari: Bank krediti. Davlat krediti. Iste`mol krediti. Tijorat krediti. Lizing krediti. Xalqaro kredit. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya olgan bo`lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi. Bank kreditlari quyidagi belgilari bo`yicha guruhlanadi: Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit. ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit. To`lash muddatiga ko`ra (qisqa, o`rta va uzoq muddatli) Muddatli Muddati kechiktirilgan Muddati o`tgan. Kreditni to`lash manbalariga ko`ra. Qarz oluvchining o`z mablag`lari hisobiga. Garant mablag`lari hisobidan Ta`minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab. Bevosita to`g`ri ta`minlangan (o`z mulki va mablag`i hisobiga). Bilvosita ta`minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati) Ta`minlangan kreditlar (sug`urta va yuqori tashkilotlar) To`lanadigan foiz darajasiga ko`ra Past foiz stavkali. O`rta foiz stavkali Yuqori foizli Foizsiz (hukumat qaroriga ko`ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun). Bank krediti qaytarish muddatiga ko`ra qisqa, o`rta va uzoq muddatli kreditlarga bo`linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o`z ichiga oladi. Jumladan:
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag`larni moliyalashtirishga, o`rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi. Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o`z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar budjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo`lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag` ajratilishi mumkin. Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo`li bilan yoki to`g`ridan to`g`ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag`lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Davlatning qarzlari ko`paygan hollarda davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo`li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag`larini yig`adi va ularni davlat qarzi va budjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo`lishi mumkin. Iste`mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo`lishi mumkin. Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko`chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi. O`zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o`quv yilidan boshlab talabalarga o`qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda. AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o`qishni tugatib ishlash davomida uzadi. Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo`lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo`lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat. Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud: Veksel usuli Ochiq schyot orqali Chegirma berish. Mavsumiy Konsignatsiya Veksel- bu qarz majburiyati bo`lib, qarz oluvchi o`z zimmasiga qarzni ko`rsatilgan so`mmada, ko`rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to`lash majburiyatini oladi. Amaliyotda vekselni oddiy va o`tkazma turlari mavjud. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash majburiyatini o`z zimmasiga oladi. O`tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar so`mmasi uning topshirig`iga asosan uchinchi shaxsga ёки векселни ko`rsatuvchiga o`tkazilishi lozim va hokazo. Ochiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan yuklab jo`natiladi, to`lov esa o`rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa chegarasida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o`tirmaydi, ya`ni kreditga murojaat qilmaydi. Chegirma berish usulida haridor to`lov hujjatlari yozilgandan so`ng, shartnomada kelishilgan ma`lum davr ichida to`lovni amalga oshirsa to`lov yig`indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to`lay olmasa, unda belgilangan muddatda to`lovni to`liq amalga oshiradi. Mavsumiy kredit odatda o`yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste`mol mollarini sotishda qo`llaniladi. Masalan, o`yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o`tgach yanvar-fevral oyida to`laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o`yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo`ladilar. Konsignatsiya usulida tovarni sotib oluvchilar hech qanday majburiyatsiz sotib oladilar, ya`ni tovarlar sotilganidan keyin puli to`lanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi. Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot, konsignatsiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi. Tijorat kreditining salbiy tomoni bo`lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablag`ga muxtoj bo`lishi, uni o`zi kreditga murojaat qilishga majbur bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi. Yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag`larini xo`jalik faoliyatidan tezroq bo`shashini ta`minlashda katta ahamiyatga ega. Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro valyuta, xisob va kredit munosabatlari» mavzusida batafsil tanishish mumkin. Lizing inglizcha ijara ma`nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to`rtinchi asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing g`oyasiga asos solgan. Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi. Tarix ma`lumotlariga ko`ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo`lgan, Venetsiyada rivojlangan. Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to`g`ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o`zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o`zi ishlab chiqargan telefon apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko`rganligi to`g`risida gap yuritadi. Bunda iste`molchilar nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so`ng uning egasi bo`lish xuquqini ham qulga kiritishgan. Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo`l vagonlarini avval ijaraga olib keyin sotib olishgan. Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni 50 yillarida AQSH da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States leazing corporation» dunyoga keldi. AQShdagi lizing bo`yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo`yicha Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) ish boshladi. Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko`rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi. 1995 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O`zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta`sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi. O`zbekistonda birinchi xalqaro lizing operatsiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O`zbekiston havo yo`llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan. Respublikamizda lizing operatsiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o`zgartirishlar kiritilgan «Lizing to`g`risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog`liq. Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo`lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig`iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo`lgan mulkni o`z mulki qilib sotib olib uni to`lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi. Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo`lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat: Shartnomaning mohiyati va maqsadi Texnikani olib ketish tartibi Texnikaning qiymati U bo`yicha to`lovlar To`lovlar tartibi Texnikani yetkazib berish Bo`nak to`lovlarini to`lash Lizing to`lovlarini to`lash Tomonlar xuquq va majburiyatlari Foydalanish shartlari Tomonlarning javobgarliklari Nizolarni hal qilish Amal qilish muddati Boshqa shartlar Tomonlarning rekvizitlari Lizing obyekti bo`lib iste`mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi. Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo`lib-bo`lib to`lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo`ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to`liq koplashga yetarli bo`lgan va unga foyda keltirishni ta`minlaydigan lizing to`lovlari yig`indisini ko`zda tutadi. Lizing to`lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni sug`urtalash xarajatlariini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o`z ichiga olgan so`mmani tashkil etadi. Respublikamiz qishloq xo`jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30 oktabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qishloq xo`jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to`g`risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo`jalik texnikasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarorlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada rivojlantirish choralari to`g`risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagi Prezident farmoniga ko`ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o`rta biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta`minlash maqsadida 2002 yilning 1 sentabridan boshlab: Lizing to`lovlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to`lovi va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Lizing oluvchi – xo`jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo`yicha lizing shartnomasi davrida mulk solig`idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan lizinga berish uchun olingan mulk bo`yicha kredit to`lovi bo`yicha foizlar va boshqa to`lovlar chiqariladi. Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka ega bo`lish bo`yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling