Tranzaksiyaga misol Misoldan ko‗rinib turgandek, agar tranzaksiya to‗liq bajarilmasa, u mantiqli bo‗lmaydi. Tranzaksiyani tugatishning ikki varianti bo‗lishi mumkin (4.2.1-rasm). Agar barcha operatorlar muvaffaqiyatli bajarilgan bo‗lsa va tranzaksiyani bajarish jarayonida dasturiy yoki apparat ta‘minotida hech qanday nosozliklar bo‗lmagan bo‗lsa, tranzaksiya qayd etiladi. - Misoldan ko‗rinib turgandek, agar tranzaksiya to‗liq bajarilmasa, u mantiqli bo‗lmaydi. Tranzaksiyani tugatishning ikki varianti bo‗lishi mumkin (4.2.1-rasm). Agar barcha operatorlar muvaffaqiyatli bajarilgan bo‗lsa va tranzaksiyani bajarish jarayonida dasturiy yoki apparat ta‘minotida hech qanday nosozliklar bo‗lmagan bo‗lsa, tranzaksiya qayd etiladi.
Tranzaksiyani qayd etish – - ma‘lumotlar bazasidagi tranzaksiyani bajarish jarayonida qilingan ozgarishlarni diskga yozib olishni ta‘minlovchi harakatdir. Tranzaksiya qayd etilmaganiga qadar, ushbu ozgarishlarni bekor qilish, ma‘lumotlar bazasini tranzaksiya boshlanishidagi holatiga tiklash mumkin. Tranzaksiyani qayd etish tranzaksiyani bajarishning barcha natijalari doimiy bolib qolishini bildiradi. Ular boshqa tranzaksiyalarga faqat joriy tranzaksiya qayd etilgandagina korinadi. Bunga qadar tranzaksiyaga tegishli barcha ma‘lumotlar foydalanuvchiga joriy tranzaksiya boshlanishi holatida ―korinadi‖. Agar tranzaksiyani bajarish jarayonida uning normal tugallanishini imkonsiz qiladigan biron hodisa roy bersa, ma‘lumotlar bazasi dastlabki holatga qaytarilishi lozim (tranzaksiyani orqaga qaytarish).
Tranzaksiyani orqaga qaytarish - bu ma‘lumotlarning joriy tugallanmagan tranzaksiyada qilingan barcha ozgarishlarni bekor qilishni ta‘minlovchi harakatdir. Tranzaksiyani qayta ishlash tizimlari ma‘lumotlar bazasining oraliq holatini uning ozgarilishidan oldin yozib olish yordamida ma‘lumotlar bazasini yaxlitligini ta‘minlab, song ushbu yozuvlardan foydalanib, tranzaksiyani tugatishni iloji bolmaganda, ma‘lumotlar bazasini ma‘lum holatga tiklaydi. Misol uchun, ma‘lumotlar bazasida ma‘lumot nusxasini uning tranzaksiya tomonidan ozgartirilishidan oldin olish tizim orqali har qanday ozgartirish qila oladigan tranzaksiyadan avval qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |