Kristallanish usullari


Download 44.37 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi44.37 Kb.
#1589941
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KRISTALLANISH USULLARi bekki


KRISTALLANISH USULLARI

Eritmalardan erigan qattiq komponentlarni kristall holda ajratib olish kristallanish jarayoni deb nomlanadi.


Kristallanishga teskari jarayon eritish jarayoni deyiladi.
Kristall deganda har xil shakldagi, tekis qirralar bilan cheklangan bir jinsli qattiq moddalar tushuniladi.
Kristallanish qattiq moddalarni toza holda olishning asosiy usuli, chunki kristallanish jarayonida har doim shunday sharoit yaratish mumkinki, keraksiz moddalar eritmada qolib, faqat toza modda kristallanadi.
Kristallanish jarayoni kimyo, neft kimyosi, metallurgiya, medistina, farmastevtika, oziq–ovqat va boshqa sanoatlarda keng miqyosda qo’llaniladi. Kristallanish jarayonini o’tkazishdan maqsad: eritmalardan kristallik fazani ajratish; bir va ko’p bosqichli kristallash usullarida aralashmalarni ajratish; moddalarni aralashmalardan o’ta tozalash; monokristallar etishtirish.
Kristallanish jarayonida turli o’lchamli kristallar, ya’ni sochiluvchan mahsulot olinadi.
Har bir modda kristallarining o’ziga xos geometrik shakllari bor. Hammasi bo’lib 32 xil kristallar simmetriya o’qlar soni mavjud va ular 7 ta kristallografik guruhga ajratilgan: kubik, trigonal, tetragonal, geksagonal, rombik, monoklin, triklin.
Bir kimyoviy modda bir necha xil kristallar hosil qilishi polimorfizm deb yuritiladi.
O’z tarkibida suv molekulalarini tutgan kristall kristallogidratlar deyiladi.
Kristallanish jarayoni ro’y berishi uchun boshlang`ich eritma o’ta to’yingan holatda bo’lishi kerak. Agar, eritmadagi erigan modda konstentrastiyasi uning eruvchanligidan yuqori bo’lsa, bunday eritmalar o’ta to’yingan deb nomlanadi. Lekin, o’ta to’yinggan eritmalar noturg`un sistema bo’lgani uchun, undan erigan moddaning ortiqcha miqdori ajralib chiqadi, ya’ni kristallanish jarayoni sodir bo’ladi. Kristallar ajrab chiqishi tugagandan keyin to’yingan eritma qoladi.
Sanoat texnologik jarayoni 3 bosqichdan iborat: 1) kristallanish; 2) kristallarni eritmalardan ajratish; 3) kristallarni yuvish va quritish.

Kristallanish statikasi va kinetikasi



Download 44.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling