Kristallanish usullari


Download 44.37 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi44.37 Kb.
#1589941
1   2   3   4   5
Bog'liq
KRISTALLANISH USULLARi bekki

Jarayon statikasi. Temperatura ortishi bilan qattiq moddalar eruvchanligi o’zgarishiga qarab "musbat" yoki "manfiy" eruvchanlikka ega bo’lishi mumkin.
Agar, temperatura o’sishi bilan moddalar eruvchanligi ortsa, unda "musbat", aksincha bo’lsa "manfiy" eruvchanlikli bo’ladi.
Ma’lum temperaturada qattiq faza bilan muvozanatda bo’lgan eritma to’yingan eritma deb nomlanadi. Bunday eritmalarda qattiq modda va eritma o’rtasida dinamik muvozanat holati mavjuddir.
Erigan modda konstentrastiyasi uning eruvchanligidan katta bo’lgan aralashmalarga o’ta to’yingan eritmalar deb nomlanadi. O’ta to’yingan eritmalar noturg`un bo’ladi va to’yingan holatga oson o’tadi. Bunday o’tish davrida o’ta to’yingan eritmalardan kristallar ajralib chiqadi.
Temperatura o’zgarishi bilan eritmalarda yuz beradigan o’zgarishlarni holat diagrammasi xarakterlaydi (1-rasm).
Konstentrastiyasi labil (o’zgaruvchan) zonaga to’g`ri keladigan eritmalar juda tez kristallanadi. Metastabil zonaga oid konstentrastiyali eritmalar esa - nisbatan sekin kristallanadi, chunki jarayon tezligi eritma temperaturasi, issiqlikni ajratib olish yoki erituvchini bug`lanish tezligi, aralashtirish va boshqa omillarga bog`liq.
Agar, temperatura t2 dan t1 gacha o’zgarsa, eritmadan juda kam miqdorda kristallar ajrab chiqadi va u eritma konstentrastiyasi u2 - u0 o’zgarishiga to’g`ri proporstionaldir.O’zgarmas t2 temperaturada erituvchining bir qismi yo’qotilgan taqdirda, o’ta to’yingan eritma olishga erishish mumkin. Bunda, konstentrastiyalar farqi ux- u0 ga proporstional miqdorda kristallar hosil bo’ladi. Demak, bunday eritmalar kristallanishi eritma temperaturasini pasaytirish yoki erituvchining bir qismini yo’qotish yo’li bilan o’tkazish mumkin.
Eritma eruvchanligining temperaturaga bog`liqligi juda katta bo’lsa, temperaturani kamaytirib kristallash optimal usulga to’g`ri keladi.
Agar, temperatura ortishi bilan moddalar eruvchanligi o’zgarmasa, unda erituvchining bir qismini yo’qotish usulida kristallash mumkin.

Download 44.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling