Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Mirabilit – Na
2
SO
4
·10H
2
 
Nomi lotincha «mirabilis» - ajoyib so‘zidan olingan (nemis ximigi Glauber 
tomonidan taklif qilingan). Sinonimi: Glauber tuzi.
Kimyoviy tarkibi: Na – 14,27%; S – 9,95%; O – 69,51%; H – 6,27%.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC.
Mirabilit odatda tuproqsimon agregatlar, tuzsimon massalar, po‘stloq va 
gardlar ko‘rinishida uchraydi. Kristallari juda kam bo‘lib, ular qisqa ustunsimon va 
prizmatik qiyofada bo‘ladi.
Mirabilit rangsiz va shaffof, ba’zan sarg‘ish, ko‘kimtir, yashilroq tuslarda 
bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (100) bo‘yicha mukammal. 
Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha chig‘anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Qattiqligi 
1,5-2. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 1,48. Optik xusuiyatlari: ikki o‘qli, manfiy. 
Ng=1,398; Nm=1,396; Np=1,394; Ng-Np=0,004.
Mirabilitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kichik solishtirma og‘irligi va 
kichik sindirish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 
5,5; 3,22; 3,10. Suvda yaxshi eriydi. Dahandam alangasida 32,5° dan Yuqori 
temperaturada eriydi. Hosil bo‘lishi jihatidan mirabilit, suvli eritmalardan 
cho‘kkan, tipik kimyoviy cho‘kindi mahsulot hisoblanadi. Toza suvli eritmalardan 


216 
32° dan past temperaturada cho‘kadi, bundan Yuqori temperaturada tenardit hosil 
bo‘ladi. Eritmada xlorli natriy va boshqa tuzlar bo‘lganda, hosil bo‘lishi 
temperaturasi 18°C gacha kamayadi. Mirabilit ajrab chiquvchi eritma, past 
temperaturada to‘yingan hisoblanadi, Shuning uchun qish vaqtida ko‘proq hosil 
bo‘ladi. YOzda esa u yana eriydi va ayrim qismlari tarkibidagi suvni yo‘qotib 
tenarditga aylanadi. Ko‘pincha tenardit, gips va galit bilan birga uchaydi. Asosiy 
konlari Qora-bo‘g‘oz gol qo‘ltig‘i (Kaspiy dengizida), Qumundi cho‘lida (Sharqiy 
Qozog‘iston), Zakavkaz’eda, Qrimda, AQSHda, Meksikada, Argentinada ma’lum.
Mirabilit O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, Qizilqumdagi 
tuzli ko‘llarda, Farg‘ona vodiysini shimolida, Sho‘rkonda, Tyan’-Shan’ tog‘larida 
uchraydi.
Mirabilit soda tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bundan 
tashqari shisha, bo‘yoqchilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi. 
Meditsinada surgi dori sifatida ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling