226
Diagnostik belgilari. Apatit kristallarining prizmatik qiyofada bo‘lishi
xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,798; 2,702; 1,838
(ftorapatit uchun). Kislotalarda eriydi. Dahandam alangasida
qiyinchilik bilan
eriydi. O‘ziga o‘xshash berill va akvamarindan qattiqligi kamligi bilan farq qiladi.
Apatit har xil genetik sharoitlarda yuzaga keladi.
Asosiy konlari magmatik
jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, asosan intruziv tog‘ jinslarida uchraydi (ko‘proq
sienitlarda). Ishqorli tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan apatit ko‘proq
qiziqishga
sabab bo‘lib, bu tog‘ jinslarida, Kola yarim orolida dunyodagi eng katta Xibin koni
topilgan. O‘zbekistonda aksessor mineral sifatida apatit Chotqol tog‘larida, Oq
tepadagi gabbroli massivlarda topilgan. Pegmatit tomirlardagi
apatit Markaziy
Qizilqumdagi Oltintov tog‘larida, Qoratepa tog‘larida, Lolabuloq – Ketmonchi,
Sulton – Uizdog‘da topilgan. Apatit greyzen tomirlarida Sargardon va Sariko‘lda
topilgan, apatit skarnlarda Qoramozor va Chokadambuloqda topilgan. Gidrotermal
apatit Qurama tog‘larida ruda yaqinidagi kvars – seritsitli metasomatitlarda tez-tez
uchrab turadi.
Gipergen sharoitda yuzaga kelgan apatit
Qizilqumdagi Kokpotas va
Jargantou oltin konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Pskem tog‘laridagi
fosforit konkretsiyalari konsentrik zonal tuzilishiga ega. Apatit va fosforitning eng
asosiy qo‘llaniladigan joyi sun’iy o‘g‘itlar (superfosfat) tayyorlashdir.
Ximiya
sanoatida apatitdan fosfor kislotasi
va har xil tuzlar, Shuningdek gugurt sanoatida
ishlatiladigan fosfor olinadi.
Vivianit – Fe
Do'stlaringiz bilan baham: