Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24.3-rasm.
]
4 [OH] 8 4H 2 O Sinonimi: kallait (feruzaning qadimgi nomi). Temirga boy xili (Fe 2 O 3 – 21% gacha) rashleit deyiladi. Kimyoviy tarkibi Su – 7,81%, Al – 19,89%, P – 15,23%, O – 55,08%, H – 1,98%. Singoniyasi triklin. Simmetriya ko‘rinishi pinakoidal, a 0 =7,48; b 0 =9,95; c 0 =7,69; a 0 :b 0 :c 0 =0,752:1:0,773; α=111°39´; β=115°23´; γ=69°26´. Ko‘pincha yashirin kristallangan massa holida, buyraksimon va noto‘g‘ri shaklli uyumlar holida uchraydi (24.2-rasm). Ba’zan po‘stloq va tomirchalar tarzida uchraydi (24.3, 24.4-rasm). Kristallari juda kam uchrab, odatda ular qisqa prizmatik qiyofada bo‘ladi. Kristallardagi asosiy formalari {001}, {010} va {110} bo‘yicha. Feruzaning rangi ko‘kimtir, havo-rang, olmadek yashil va yashilroq kulrang. Yaltirashi mumdek. Ulanish tekisligi {001} bo‘yicha mukammal. Singan yuzasi biroz chig‘anoq sirtiga o‘xshab ketadi. Qattiqligi 5-6, ancha mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,60-2,83. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli musbat; Ng=1,65; Nm=1,62; Np=1,61; 2v=40°. 228 24.2-rasm. Feruza Diagnostik belgilari: rangi va mum kabi yaltirashi xarakterlidir. O‘ziga o‘xshash xrizokolla va misning boshqa minerallaridan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Sun’iy yo‘l bilan feruza 100°C da sodir bo‘ladigan malaxit, gilni suvli oksid iva fosfor kislotasi orasida bo‘ladigan reaksiya natijasida olinadi. 24.3-rasm. Feruzaning ingichka tomirlari 24.4-rasm. Feruzaning tomirlari 229 Feruza nurash sharoitlarida yer yuzasidagi misli eritmalarning glinozem bilan fosforga boy bo‘lgan tog‘ jinslarga ta’sir etishidan, ko‘pincha limonit bilan birga hosil bo‘ladi. Feruzaning hayvonlarning qazilma suyagi va tishi hisobiga paydo bo‘lgan xillari ham ma’lum. O‘zbekistonning quyidagi joylarida feruza juda qadimdan ma’lum bo‘lib keng tarqalgan: Qurama tog‘lari (Ungurlikon, Shougaz, Urgaz, Qalmoqir, Oqturpoq, Feruzakon, Taboshar), Markaziy Qizilqum (Aumintozatou, Muruntou, Tosqozg‘on, Tomditou va boshqalar), Qoratepa tog‘larida (Ibroximota) va Sultonuizdog‘. Feruza juda qadimdan sharqni qimmatbaho toshi hisoblanib, hozirgi paytgacha o‘z kuchini yo‘qotmagan. Olimlarni yozishi bo‘yicha (Fersman, 1925) O‘rta Osiyo butun dunyoni Shunday qimmatbaho tosh bilan ta’minlab turgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling