Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Bura – Na
2
[B
4
O
7
]·10H
2
 
Nomi arabcha «burag» - oq so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi – tinkal (sharq 
davlatlarida tabiiy holda uchragan, qaytadan ishlanmagan burani Shunday nom 
bilan atalgan).
Kimyoviy tarkibi: Na – 12,05%; B – 11,34%; O -71,31%; N – 5,3%.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=11,84; b
0
=10,63; c
0
=12,32; a
0
:b
0
:c
0
=1,114:1:1,159; β=106°35´.
Bura prizmatik kristallar holida, tuproqsimon massa shaklida uchraydi. 
Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi.
Rangi odatda rangsiz yoki kulrang oq, sarg‘ish, ko‘kish va yashilroq bo‘ladi. 
Yaltirashi shishadek va yog‘langandek. Havoda xiralashadi. Qattiqligi 2. 
Solishtirma og‘irligi 1,7. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal emas. Optik 
xususiyatlari: Ng=1,472; Nm=1,470; Np=1,447; Ng-Np=0,025; 2v=39°.
Burani xarakterli diagnostik belgisi kichik qattiqligi va suvda oson erishidir. 
Bu mineral dahandam alangasida juda qavarib-qavarib ketadi, keyin erib shaffof 
sharchaga aylanadi. Suvda yaxshi erib, eritmasi kuchsiz ishqorlik xususiyatiga ega 
bo‘lib, mazasi kuchsiz, shirinroq ishqor maza beradi. Bura havoda osonlikcha 
degidratatsiyalanadi, xiralashadi va oqibat natijasida oq kukun moddaga aylanadi.
Burani sun’iy yo‘l bilan Shunday tarkibli suvli eritmalarni bug‘lantirish yo‘li bilan 
olinadi.
Bura qurib borayotgan borli sho‘r ko‘llarda paydo bo‘ladi. U erlarda bura 
galit, boronatrokal’sit, glauberit, gips, kal’sit va boshqa minerallar bilan bir 


232 
assotsiatsiyada uchraydi. Burani konlari Kashmir, Tibet, Kaliforniya, Taman yarim 
oroli, Kerch yarim oroli ko‘llari qirg‘oqlarida topilgan.
Bura bor olinadigan asosiy minerallardan biri hisoblanadi. Bor emallar 
tayyorlashda, shisha, qog‘oz sanoatida, payvandlashda ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling