Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Aksinit – Ca
2
(Mn,Fe)Al
2
BH[SiO
4
]4
Nomi grekcha «aksine» - bolta degan ma’noni bildiradi. ko‘pincha uning 
kristallari juda yassi, ikki yoni orasidagi burchagi juda o‘tkir, ponasimon shaklga 
ega bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibi: juda o‘zgaruvchan, Shuning uchun uni taxminiy 
miqdorlarini keltiramiz. Sa – 12,82%; Mn – 8,79%; Fe – 8,93%; Al – 8,63%; B – 
1,73%; H – 0,16%; Si – 17,98%; O – 40,96%.
Singoniyasi triklin, simmetriya ko‘rinishi pinakoidal. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=7,15; b
0
=9,16; c
0
=8,96; α=88°04´; β=81°36´; γ=77°42´; a
0
:b
0
:c
0
=0,779:1:0,978.
Aksinit bo‘shliqlarda 
druzalar 
holida, 
agregatlari 
varaqcha 
yoki 
plastinkalardan iborat bo‘lgan tomirchalar hamda yaxlit massalar holida uchraydi.
Aksinitning rangi jigarrang-qo‘ng‘ir, binafsha-qo‘ng‘ir va kulrang-binafsha-
qo‘ng‘ir, ba’zan yashil va qizg‘ish. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (010) 
bo‘yicha o‘rtacha. Qattiqligi 6,5-7. Solishtirma og‘irligi 3,25-3,30. Optik 
xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy; Ng=1,696-1,688; Nm=1,692-1,685; Np=1,684-
1,678; 2v=74-71°.
Aksinit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarining shakli va qattiqligi 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,45; 3,13; 2,79. Dahandam 
alangasida qavarib-qavarib chiqadi va osonlikcha erib, avval yashil shishaga 
aylanadi, so‘ngra oksidlantiruvchi alangada (marganetsni oksidlanganidan) qorayib 
ketadi. HCl da parchalanmaydi, lekin avval qizdirib olinsa eriydi va elimshak 
kremnezem ajratib chiqaradi.
Aksinit gidrotermal va pnevmatolit jarayonlarida hosil bo‘lib, asosli effuziv 
tog‘ jinslarini tomirlarida va bo‘shliqlarida dala shpatlari, kvars, epidot, granat, 
xlorit va turmalin bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Ba’zan u rudali tomirlarda 
kvars, sfalerit, xal’kopirit va boshqa sul’fidlar bilan bir assotsiatsiyada, hamda 


233 
Al’p tipidagi tomirlarda metamorfik tog‘ jinslari orasida uchraydi. Aksinitning 
konlari Janubiy Uralda, Uzoq Sharqda, Fransiyada, Shveysariyada ma’lum. O‘rta 
Osiyoda – Pomirda, Hisor hamda Oloy tizma tog‘larida ma’lum. O‘zbekistonda 
Chotqol-Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekiston konlarida uchraydi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling