Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
25.1-rasm. Turmalin «Quyoshi»
25.2-rasm. Turmalinning radial nursimon tuzilishi Turmalinni rangi juda turli tuman bo‘lib, u asosan kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Turmalinning temirsiz xillari-pushti, qizil, sariq va yashil, magnezial temirli xili esa-qora, qo‘ng‘ir, qoramtir-yashil bo‘ladi. Ayrim paytlarda bir kristallni o‘zi turli xil rangli bo‘ladi, ya’ni bo‘yi yoki eni yo‘nalishi bo‘yicha rangi o‘zgarib borishi mumkin. Bunday turmalinlar polixrom degan nom olgan (25.3- rasm). 236 25.3-rasm. Polixrom turmalin (Kareliya) Turmalinlar uchun eng ko‘p tarqalgan rang qora bo‘lib, u mikroskop ostida yashil, ko‘k yoki qo‘ng‘ir ko‘rinadi. Turmalinni yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yo‘q. Notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi 7-7,5. Solishtirma og‘irligi 2,9-3,25. Optik xususityalari kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib: Nm=1,635-1,698; Np=1,614-1,658; Nm-Np=0,02-0,042. Turmalin kuchli pleoxroizm xususiyatiga ega. Qizdirilganda va bosim ostida piro- va p’ezoelektrik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Tekshirishlar Shuni ko‘rsatdiki, ochiq rangli turmalinlar oson elektrlanadi. Turmalinlar uchun eng xarakterli diagnostik belgi bo‘lib, ko‘ndalang kesimi (sferik uchburchak shaklida), vertikal chiziqchalari va Yuqori darajadagi qattiqligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 6,5; 3,48; 2,59. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida tarkibiga bog‘liq ravishda har xil o‘zgaradi. Rangsiz yoki och rangli, ayniqsa, litiyga boy xillari butunlay erimaydi, lekin xira bo‘lib qoladi, ba’zan biroz yorilib ketadi. Temirga boy xillari qiyinchilik bilan eriydi, temir-magniyli xillari esa osonlikcha erib, ichi kovak-kovak shisha hosil qiladi. Turmalin asosan pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘ladi. U pegmatit va kvars tomirlarida kvars, dala shpatlari, slyudalar, kassiterit, topaz va flyuorit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. A.E.Fersman va P.L.Dravert turmalinni hosil bo‘lishiga qarab o‘zgarishini tekshirib quyidagi xulosaga keldilar: Yuqori temperaturali turmalinlar cho‘ziq prizmatik gabitusga, qora rangga ega bo‘lib, shaffof emas, past temperaturali esa qisqargan prizmalar va ochiq rangga ega 237 bo‘ladi. Pegmatit va kvars tomirlardagi turmalinlar asosan metasomatik yo‘l bilan hosil bo‘lib, tarkibida temiri ko‘p bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Turmalinning konlari Madagaskarda,sseylonda, Braziliyada, Ural tog‘larida, Zabaykal’eda, O‘rta Osiyoda (Turkiston tog‘lari) ma’lum. Turmalinni O‘zbekistonda sherl, dravit, el’bait, vanadiyli va titanli xillari topilgan. Bular asosan Chotqol-Qurama, Sulton-Uizdog‘, Qoratepa, Hisor tog‘larida topilgan. Turmalinning shaffof rangi tiniq-chiroyli xillari zargarlikda maydi bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. P’ezoelektrlanish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik kristallari radiotexnikada peredatchiklarning to‘lqin uzunligini stabillashtiruvchi plastinkalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling